Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar
- Mavzuga tegishli test savollari
Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa
Korxona va firmalarda ichki rejalashtirishning ob’ekti bo’lib, ishlab chiqarish jarayonini xarakterlovchi iqtisodiy – reja ko’rsatkichlari hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo’lgan talabdan kelib chiqib, mavjud iqtisodiy resurslardan samarali foylashanish, maksimal foyda olish maqsadida mustaqil ravishda o’z faoliyatlarini tashkil etadi, rejalashtiradi. Tanlangan maqsad, qo’llaniladigan usullarga bog’liq holda rejalashtirishning bir qancha turlarini ajratish mumkin. Umumiy holatda rejalashtirishning 2 asosiy turi mavjud: 1. Texnik - iqtisodiy 2. Operativ 53 Chet el rejalashtirish fani va amaliyotida reja tuzishning 4 xil turini ajratish mumkin, ya’ni rejalashtirish reaktiv, induktiv, preaktiv va interaktiv bo’lishi mumkin. Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 1. Rejalashtirishda qanday iqtisodiy maqsadlar ko’zda tutiladi? 2. Ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish nimani o’rgatadi? 3. Rejalashtirishning funksiyasi nima? 4. Rejalashtirish metodologiyasi nima? 5. Bozormunosabatlari sharoitida rejalashtirishningaxamiyatinimada? 6. Rejalashtirishqandaymuammolarnihaletadi? 7. Rejalashtirishning texnologiyasi nima? 8. Rejalashtirishpredmetidegandanimanitushunasiz? 9. Iste’molchivaish’abchiqaruvchilariqtisodiyhulqinio’rganishqandayusullardanfo ydalaniladi? 10. Ichki rejalashtirishning mohiyati nimada? 11. Rejalashtirish ob’ekti nima? Mavzuga tegishli test savollari: 1. Reaktiv rejalashtirish bu–… A. Erishilgan tajriba va ishlab chiqarishni rivojlantirish tarixini taxlil qilishga asoslanadi xamda mavjud tashkiliy shakl va vujudga kelgan odatlarga tayanadi; B. Korxonadagi erishilgan holatga asoslanadi ya’ni orqaga xam qaytmaydi, ilgariga qarab xarakat xam qilmaydi; C. Korxona faoliyatining turli sohalarida uzuluksiz o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bunda preaktivistlar fan va texnikaning ilgor yutuqlariga tayanadilar, prognozlash va eksperimentlardan keng foydalanadilar; D. Istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga erishish yo’llarini axtarishni ko’zda tutadi. Bunday rejalashtirish korxonaning individual, tashkiliy, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishga qaratilib, o’tmishni, hozirgi davrni va kelgusining o’zaro aloqasiga tayanadi. 2. Inaktiv rejalashtirish bu–… 54 A. Istalgan istiqbolni loyixalashtirishni va unga erishish yo’llarini axtarishni ko’zda tutadi. Bunday rejalashtirish korxonaning individual, tashkiliy, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishga qaratilib, o’tmishni, hozirgi davrni va kelgusining o’zaro aloqasiga tayanadi; B. Korxona faoliyatining turli sohalarida uzuluksiz o’zgarishlarni amalga oshirishga qaratiladi. Bunda preaktivistlar fan va texnikaning ilg’or yutuqlariga tayanadilar, prognozlash va eksperimentlardan keng foydalanadilar; C. Erishilgan tajriba va ishlab chiqarishni rivojlantirish tarixini taxlil qilishga asoslanadi xamda mavjud tashkiliy shakl va vujudga kelgan odatlarga tayanadi; D. Korxonadagi erishilgan holatga asoslanadi, ya’ni orqaga xam qaytmaydi, ilgariga qarab harakat ham qilmaydi. 3. Markazlashgan reja bu–… A. Baho va tariflarni, soliq miqdorini, minimal ishhaqi miqdorini davlat tomonidan yo’naltirishni ko’zda tutadi; B. Barcha ko’rsatkichlarni yuqori boshqaruv organlari tomonidan belgilashko’zda tutiladi; C. Ko‘rsatkichlarni korxona imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda rejalashtirish; D. Ko‘rsatkichlarni ish o‘rni, uchastka va sexlar bo‘yicha rejalashtirish. 4. Kalendar rejalashtirish bu–… A. Korxonaning yillik rejasini faqat ish kunlari bo‘yicha aniqlashtirish; B. Korxonaning yilik rejasini bo‘linmalar va bajaruvchilar bo‘yicha aniqlashtirish; C. Korxonaning yillik rejasini o‘n kunlik, hafta, kun va smena bo‘yicha aniqlashtirish; D. Korxonaning yillik rejasini kalendar’ kunlar bo‘yicha aniqlashtirish. 5. Ko’rsatkichlar orasida muvofiqlikni va bog’liklikni ta’minlaydi… A. Iqtisodiy matematik uslub; B. Ekstropolyatsiya uslub; C. Normativ uslub; D. Balans uslub. 6. Maqsad turiga ko’ra rejalashtirishning qanday turlari qo’llaniladi? 55 A. Strategik va normativ; B. Operativ, normativ, taktik, joriy; C. Taktik, strategik, reaktiv, dastlabki, ta’minot-sotuv; D. Operativ, taktik, strategik, normativ. 7. Quyidagi printsiplardan qaysilari rejalashtirishning klassik printsiplaridandir? A. Zaruriylik va samaradorlik; B. Samaradorlik va ilmiylik; C. Uzluksizlik va ilmiylik; D. Aniqlilik va moslashuvchanlik. 8. Quyidagi tartib rejalarni tuzish ishlarini tashkil qilishning qaysi ko’rinishiga tegishli? Bosh maqsadlar bo’yicha dastlabki rejalar tuziladi va quyi bo’g’inlarda ular aniqlashtiriladi. So’ngra quyidan yuqoriga harakat amalga oshiriladi. Bunda xususiy rejalar orasidagi farqlar bartaraf etiladi va yanada samarali yechimlar qo’shiladi. A. Yuqoridan pastga; B. Pastdan yuqoriga; C. Aralash; D. Gorizontal. 9. Interaktiv rejalashtirish–… A. O’tmishga yo’naltiriladi; B. Kelajakka yo’naltiriladi; C. Bugungi kunga moslashish; D. Rejalashtirishning eng yaxshi g’oyalarini o’z aro muvofiqlashuviga yo’naltiriladi. 10. Asoslash usuliga ko’ra rejalarning qanday turlari ajratiladi? A. Indikativ; B. Ma’muriy; C. Bozor; D. Normativ. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling