Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Mavzu bo’yicha qisqacha xulosa 
Korxonada jami ishlovchilar ikki guruhga bo’linadi, ya’ni birinchi guruhga 
ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar va ikkinchi guruhga noishlab 
chiqarishdagi xodimlar kiradi. Ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlar ham o’z 
navbatida 7 toifaga bo’linadi: rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar, ishchilar, 
kichik xizmat ko’rsatuvchilar, qoravullar va o’quvchilar. 
Korxonada ishlovchi ishchilar sonini rejalashtirishda boshlang’ich ma’lumot 
bo’lib natura ifodadagi ishlab chiqarish hajmi, mehnat me’yorlari, ish vaqti 
byudjeti hisoblanadi. 
Ish vaqti balansi har yil hisoblanib, ishchilar sonini, ularga to’lanadigan ish 
haqi miqdorini aniqlashda asos bo’lib xizmat qiladi. 
Korxonada ishlovchilar sonini rejalashtirishda ishlovchilar toifalarining 
ratsional asosligiga erishish, ishchilar ulushining oshishi va boshqaruv, xizmat 
ko’rsatuvchi xodimlar miqdorini kamaytirishga erishish zarur. 
Ishchilar sonini hisoblash – korxonaning turli uchastkalarida ishchilarni 
taqsimlanishi va bu taqsimotning o’zgarishini ko’rsatib berishga yordam beradi. 
Smenalik koeffitsienti – ishchilarning smenada bandligi maromiyligini 
ko’rsatadi. Shuning uchun bu ko’rsatkich mehnatdan foydalanish, mehnat 
unumdorligini o’sishi va ishlab chiqarish hajmi bilan uzviy bog’liqdir. Koeffitsient 
har bir sex, korxona va birlashmalar uchun alohida-alohida hisoblanadi. 
Vaqtbay ishlovchi ishchilar soni mazkur tarmoq yoki korxona uchun 
belgilangan xizmat ko’rsatish normalari yoki ish joylari soni asosida aniqlanadi. 
Muhandis-texnik xodimlar va xizmatchilarga ehtiyojni hisoblash korxona 


226 
faoliyati maqsadlari, uni boshqarish tuzilmasi va sxemasi, xodimlar va ularning 
guruhlari bo’yicha lavozim yo’riqnomalari, korxonaning o’zida ishlab chiqilgan 
tarmoq bo’yicha norma va normativlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.  

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling