Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
СБОРНИК ЗАДАЧ ПО ПРЕДМЕТУ: «БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ»
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- ОБЩИЙ ТЕСТЫ ПО ПРЕДМЕТУ «БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ» 349 УКАЗАНИЕ ПО СОСТАВЛЕНИЮ БИЗНЕС ПЛАНА 399 СПИСОК ИСПОЛЬЗОВАННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ
СБОРНИК ЗАДАЧ ПО ПРЕДМЕТУ: «БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ»
288 ТИПОВЫЕ БИЗНЕС ПЛАНЫ, РАЗРАБОТАННЫЕ ПО ПРЕДМЕТУ «БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ» 314 ГЛОССАРИЙ 342 ОБЩИЙ ТЕСТЫ ПО ПРЕДМЕТУ «БИЗНЕС ПЛАНИРОВАНИЕ» 349 УКАЗАНИЕ ПО СОСТАВЛЕНИЮ БИЗНЕС ПЛАНА 399 СПИСОК ИСПОЛЬЗОВАННОЙ ЛИТЕРАТУРЫ 409 12 KIRISH O’zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg’or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish bugungi mehnat bozoriga kadrlarni taqdim etish borasidagi ustivor vazifalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi kunda oliy ta’lim sohasi oldida turgan eng muhim masalalardan biri – bu, ta’lim sifati va baholash tizimini takomillashtirish hamda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. SHuningdek,iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, aholining turmush farovonligini oshirish zaruriyati insonlardan yangicha iqtisodiy fikrlashni talab qiladi. Bu esa ularda iqtisodiy bilimlarni o’zlashtirish zaruriyatini keltirib chiqarali. Xususan, 2019 yil 8 oktyabrda tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PF-5847-sonli farmoniga asosan ilm-fanni yangi bosqichga ko’tarish ustivor vazifa sifatida belgilanganligi malakali kadrlarni tayyorlashga yangi talablarni qo’yadi. Ayniqsa, mamlakatimizda iqtisodiy sohada yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyojni qondirish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. CHunki, O’zbekistonni yuqori darajadagi industrlashgan mamlakatga aylantirish masalasining ilgari surilishi oliy ta’limda tayyorlanayotgan kadrlarning bilimi va ko’nikmalariga yuqori darajadagi talablarni qo’yadi.Tayyorlanayotgan kadrlar mamlakat iqtisodiyotida turgan dolzarb muammo va masalalarni hal qila olish hamda asoslangan qarorlarni qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi zarurdir. Zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish qoidalarini va shakllarini hamda usullarini mukammal o’zlashtirgan,har qanday iqtisodiy jarayonlarga to’g’ri baho beradigan,iqtisodiyot oldida turgan muammolar yechimini hal qila oladigan mutaxassisgina mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishni ta’minlaydi. 13 Ushbu tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan vazifani hal etishda mazkur darslik alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, unda mehnat sarflarini, natijalarni va xarajatlarni rejalashtirish usul va tartibotlari bayon etiladi. Darslikda tadbirkorlik faoliyatini asoslash, tashkil etish, tartibga solish va amalga oshirish quroli hisoblangan biznes rejani tuzish bo’yicha ham nazariy, ham amaliy tushunchalar beriladi. Korxona rejasi va uning bo’limlari qanchalik sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan bo’lsa, uni bajarish shunchalik yengillashadi, resurslar kamroq talab qilinadi hamda ish sifati yuqori darajada bo’ladi. Rejalashtirish nafaqat ishlab chiqarish jarayonini oqilona tashkil etish asosi, balki iqtisodiy resurslardan foydalanish me’yorlarini o’rnatish asosi bo’lib ham hisoblanadi. Rejalashtirish “nimani, qachon va kim uchun ishlab chiqarish kerak” degan savolni hal qilish bilan birga, faoliyatni tartibli ravishda amalga oshirishni ta’minlaydi. Rejalashtirish mazmunini qo’yilgan maqsadni amalga oshirish uchun yo’nalishlarni belgilash hamda vazifalarni aniqlashtirish, harakatlarni va vositalarni tanlash tashkil etadi. Ayniqsa hozirgi sharioitlarda rejalashtirishning ahamiyati tobora oshib bormoqda. U moliyaviy mablag’larning istiqbolligini asoslash, investitsion loyihalar samaradorligini baholash, yangifaoliyat turini ham hisob kitoblar, grafiklar, jadvallar asosida ifodalash quroliga aylanmoqda. Mazkur darslik O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Biznesni rejalashtirish” fan dasturi va o`quv rejasiga mos ravishda tayyorlangan. Darslik “Iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi bo’yicha tahsil oluvchi talabalarga hamda rejalashtirish bilan qiziquvchilar uchun mo`ljallangan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling