Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


 Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini hisoblash


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

17.2. Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini hisoblash 
Korxonaning rejali faoliyati samaradorligining asosiy baholash mezonlari 
sifatida quyidagi iqtisodiy ko’rsatkichlar xizmat qilishi mumkin. 
1. Sof diskontlangan daromad (SDD) – tovar ishlab chiqarish loyihasining 
rejalashtirilgan samaraning umumiy miqdorini ko’rsatadi. Loyihalarning 
iqtisodiy samaradorligi mezonlari bo’lib barcha teng sharoitlardagi sof 
diskont daromadi yoki integral samaraning maksimal kattaligi hisoblanadi. 
Variantlarni tanlashda xarajat miqdori, qoplanish muddati kabi mezonlar 
bo’yicha eng yaxshilariga e’tibor berish lozim. 




t
t
g
t
t
E
X
N
SDD
0
1
1
)
(
bu yerda: 
t
g
E
– diskont normasi; 
t – loyihaning hisoblangan muddati; 
N
t
– umumiy natija; 
X
t
– umumiy xarajat. 
2. Daromadlilik indeksi (DI). 


279 
Ushbu ko’rsatkich keltirilgan samara summasini kapital qo’yilmalari 
umumiy kattaligiga nisbatini ifodalaydi. Daromad indeksi quyidagi 
formuladan hisoblanadi. 













n
t
g
t
t
t
E
K
X
N
DI
1
1
1
)
(
bu yerda: 
K
t
– kapital qo’yilmalar ummuiy miqdori. 
Daromadllik indeksi sof diskont daromadi bilan bevosita bog’langan. 
Daromadlilik indeksi 1 dan kichik bo’lgan holatda investitsiya loyihalari samarasiz 
bo’lib hisoblanadi. 
3. Ichki daromadlilik normasi (IDN), diskontning shunday normasini 
belgilaydiki, bunda keltirilgan samara kattaligi keltirilgan kapital qo’yilmalar 
kattaligiga teng bo’ladi. ushbu ko’rsatkichlar orasidagi bog’liqlikni quyidagi 
tenglama orqali ifodalash mumkin. 






t
t
g
t
t
g
t
t
E
K
E
X
N
IDN
0
)
1
(
)
1
(
)
(
bu yerda: 
E
g
– diskont normasi. 
Loyihaning daromadlilik ichki normasi kattaligi investor tomonidan talab 
etilayotgan moliyalashtirish foiz stavkasi bilan solishtiriladi. Ichki daromadlilik 
normasi bank tomonidan belgilangan kredit uchun hisob stavkasiga teng yoki 
undan ortiq bo’lgan holatdagina investitsiyalar o’zini oqlaydi. 
4. 
Loyihaning qoplanish muddati loyihani amalga oshirilgan kundan 
boshlab hisoblangan minimal vaqt intervalini belgilaydiki. Undan tashqarida 
integral samara ijobiy mazmunga ega bo’ladi. Umumiy holatda qo’yilmalarning 
qiymatini shu davrda olingan umumiy samara miqdoriga nisbati orqali hisoblanadi. 
t
t
qоt
S
K
Т

bu yerda: 


280 
T
qot
– loyihaning qoplanish muddati; 
K
t
– hisobot yili uchun kapital qo’yilmalarning umumiy kattaligi; 
S
t
– shu davr uchun umumiy samara. 
Qoplanish muddatini aniqlash uchun zarur bo’lgan xarajatlar hamda natijalar 
mohiyatini diskontlash orqali hisoblash maqsadga muvofiqdir. Hisoblangan 
qoplanish muddati umumiy holatda solishtirilayotgan loyihalar samaradorligi 
mezoni bo’lib xizmat qiladi. Lekin amaliy faoliyatda hisoblangan qoplanish 
muddatini me’yoriy ko’rsatkichlar bilan solishtirish qabul qilingan. Me’yoriy 
qoplanish muddati loyihaning daromadlilik yoki foydalilik me’yorini ko’rsatadi: 
T
m
= 1/E
m
bu yerda: 
T
m
– loyihaning me’yoriy qoplanish muddati; 
E
m
– samaradorlik me’yori. 
Ichki rejalashtirish jarayonida rejalashtirilayotgan ko’rsatkichlarning optimal 
qiymatlarini tanlash uchun tannarx material sig’imi, mehnat sig’imi, rentabellik, 
zararsizlik, sotuv hajmi, xissadorlar daromadi, bozor bahosi kabi xususiy 
mezonlardan foydalanish mumkin. Samaradorlikni baholash mezonlari sifatida u 
yoki bu iqtisodiy ko’rsatkichlarni tanlash aniq ishlab chiqarish sharoitlariga bog’liq 
bo’ladi. Lekin, har qanday sharoitda ham iqtisodchi menejerlar mavjud 
cheklanishlarga qaramay o’z maqsadlariga erisha olishlari lozim. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling