Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Bilimlarni tekshirish va mustahkamlash uchun savollar: 
1. Moliyaviy reja qanday vazifalarni bajaradi? 
2. Moliyaviy reja qanday maqsadda tuziladi? 
3. Moliyaviy rejaning qanday turlari mavjud? 
4. Moliyaviy reja qanday bo‘limlardan iborat? 
5. Ushbu hisobot qanday muddatga tuziladi? 
6. Kassa rejasi nima uchun va qanday shaklda tuziladi? 
7. Kassa rejasi qanday muddatga tuziladi? 
8. Moliyalashtirish strategiyasi. 
9. Korxona daromad va sarflar balansi nimani ifodalaydi? 
10. Korxona aktivi va passivi deganda nimani tushunasiz? 
11. Aksiyaning balans qiymati qanday belgilanadi? 
12. Korxonaning ichki va tashqi buxgalteriya balansi nima uchun xizmat qiladi? 
13. Korxonaning balans siyosati nimani ifodalaydi? 
14. Byudjetlash nima? 
15. Pul oqimi harakat sxemasi tarkibi qanday? 
Mavzuga tegishli test savollari: 
1. Moliyaviy rejaning maksadi bu – ... 
A. Dastlabki bir va keyingi yil uchun sotish natijasida olinadigan daromad va 
foyda miqdorini aniklashdan iborat; 
B. Korxonaning moliyaviy ko’rsatkichlarini va natijalarini aniqlashdan iborat; 
C. Korxonaning daromadlari va xarajatlari balansini shakllantirishdan iborat; 
D. Korxonaning moliyaviy strategiyasi va taktikasini shakllantirishdan iborat. 
2. Moliyaviy reja qanday asosiy bo’limlardan tashkil topadi? 
A. Asosiy kapital tarkibi, amortizatsiya normasi, qarzlar bo’yicha hisobot; 
B. Foyda va zararlar to’g’risida prognoz reja, pul oqimlari rejasi, aktiv va passivlar 
prognoz balansi; 
C. Ishlab chiqarishni tayyorlash xarajatlari, foyda va zararlar, joriy xarajatlar; 
D. Foyda va zararlar, aktiv va passivlar prognoz balansi, pul oqimlari rejasi, asosiy 
kapital tarkibi, qarzlar bo’yicha hisobot. 


273 
3. Agar mahsulot tannarxi 12 mln. so’mni tashkil etib, rentabellik darajasi 25% 
bo’lsa, foyda summasini toping? 
A. 5 mln. so’m; 
B. 2,5 mln. so’m; 
C. 3 mln. so’m; 
D. 3,5 mln. so’m. 
4. Yalpi foyda miqdori 100 000 so’m, davr xarajatlari 40 000 so’m, asosiy 
faoliyatning boshqa daromadlari 10 000 so’m va xarajatlari 5000 so’m bo’lsa, 
asosiy faoliyat foydasini aniqlang? 
A. 55 000; 
B. 75 000; 
C. 65 000; 
D. 60 000. 
5. Foyda va zararlar bo’yicha standart hisobot quyidagilardan tarkib topadi … 
A. Sotilgan mahsulot kiymati; 
B. Umumiy xarajatlar; 
C. Ishlab chiqarish xarajatlari, sof daromad yoki zararlar; 
D. Barcha javoblar to’g’ri. 
6. Daromadlar va xarajatlar balansi bu – ... 
A. Sotilgan mahsulot qiymati, umumiy xarajatlar, ishlab chiqarish xarajatlari, sof 
daromad yoki zararlarni ifodalovchi ma’lumotnoma; 
B. Dastlabki bir va keyingi yil uchun sotish natijasida olinadigan daromad va 
foyda miqdorini ifodalovchi ma’lumotnoma; 
C. Korxonaning kapitalini va sarf xarajatlarini ifodalovchi hamda kapitaldan 
foydalanishni aniqlashtiruvchi ma’lumotnoma; 
D. Korxona kapitalini rejalashtirish manbalari va uni joylashtirish vositalari hamda 
joriy yoki reja davrida foydalanishni yoritib beruvchi ma’lumotnoma. 
7. Zararsizlik nuqtasi quyidagicha aniqlanadi? 
A. Shartli doimiy xarajatlarni mahsulot birligining narxiga bo‘lish yo‘li bilan; 
B. Shartli doimiy xarajatlarni oraliq foydaga bo‘lish bilan; 


274 
C. Umumiy xarajatlarni birlik mahsulotning bahosiga bo‘lish yo‘li bilan; 
D. O’zgarvchan xarajatlarni birlik mahsulotning bahosiga bo‘lish yo‘li bilan. 
8. Marjinal foyda bu – ... 
A. Mahsulot birligining narxi va bir mahsulotga sarflangan o‘zgaruvchan xarajatlar 
o‘rtasidagi farq; 
B. Mahsulot birligining o‘zgaruvchan xarajatlari va doimiy xarajatlari orasidagi 
farq; 
C. Mahsulot birligidan olinadigan foyda va mahsulot birligi uchun belgilangan 
davr xarajatlari orasidagi farq; 
D. Mahsulot birligidan olinadigan foyda. 
9. Sotuv hajmi 678000 ming so‘m ishlab chiqarish xarajatlari 372860 ming so‘mni 
tashkil etgan bo‘lsa, zararsizlik nuqtasini aniqlang. Doimiy xarajatlar 160600 ming 
co‘m? 
A. 258720 ming so‘m; 
B. 356889 ming so‘m; 
C. 526775 ming so‘m; 
D. 234567 ming so‘m. 
10. Mahsulotni sotishdan olinadigan yalpi foyda quyidagicha aniqlanadi: 
A. 
B. 
C. 
D. 
f
m
x
x
um
ya
F
D
F
F
.
.



bu yerda: 
F
um.x
– umumxo’jalik faoliyatidan olingan foyda; 
D
x
– davr xarajatlari; 
St – mahsulotni sotishdan sof tushum; 
T
i.ch
– ishlab chiqarish tannarxi; 
F
m.f
– moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling