Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
V=(2+0.14)/1.07
Matritsadagi ko’rsatkichlar asosida korxona har bir kvadratda joylashgan mahsulotlar uchun quyidagi strategik qarorlarni qabul qilishi mumkin: 1. “Yovvoyi mushuklar” bo’lmish III va VI mahsulotlar ustida tadqiqotlarni chuqurlashtirish. III masulot turi G’arbiy Evropa uchun fotoapparatlar bo’lib, G’arbiy Evropa elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha etakchi o’rinlarni egallaydi. Shuni hisobga olgan holda ushbu mintaqa bozoriga eksklyuziv, sifat darajasi yuqori, nisbatan arzon narxdagi raqobatbardosh mahsulotni taklif etish zarur. Buning uchun o’z navbatida investitsiyalarni tadqiqot ishlariga yo’naltirish lozim, marketing tadqiqotlariga, reklamaga e’tibor qaratish zarur. VI - mahsulot yangi bozorga kirib kelgan va hali o’z iste’molchilariga ega emas. Asosiy vazifa unga bo’lgan talab darajasini oshirish, “yulduzlar” ga ko’tarishdir. Bunda chuqur marketing tadqiqotlari olib borish ko’zda tutiladi. Videokameralar asosan oilaviy marosimlarni, tadbirlarni tasvirga tushirishda qo’llaniladi. Shuni e’tiborga olib aholi soni, turmush darajasi o’rganilib, reklama 291 va narx siyosatiga e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Xaridorlarni jalb qilish maqsadida qo’shimcha xizmatlar yoki sovg’alarni taklif etish maqsadga muvofiq. 2. “Yulduzlar” ga kiruvchi II, IV, V - mahsulotlarni ushbu darajada yanada ko’proq ushlash chora-tadbirlarini qo’llash. Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqarilayotgan fotoapparatlarning ustida tadqiqotlar olib borish, dizayn va funksiyalariga ishlov berish, marketing tadqiqotlari olib borgan holda yangi bozorlarni izlab topish. 3. Bozordagi ulushini hisobga olgan xolda “itlar” ga kiruvchi mudofaa sanoati korxonalari uchun optik priborlar ishlab chiqarishni to’xtatish, ularga sarflanayotgan investitsiyalarni “yovvoyi mushuklar” va “yulduzlar” ga yo’naltirish. Meditsina uchun optik priborlar ishlab chiqarishni bozordagi raqobatdosh korxona bilan bir xilligini hisobga olgan holda takomillashtirib, tadqiqotlar olib borish yo’li bilan yana “yulduzlar” ga aylantirish. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling