Lingvistika: oʽzbek tili mutaxassisligi
Download 16.67 Kb.
|
bola tug\'ilishiga bog\'liq to\'y-marosimlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarin shashiw
Oʽzbek va qoraqalpoq xalqlarida bola tugʽilishiga bogʽliq toʽy-marosimlar Almambetova Uldaulet Berdimuratovna Lingvistika: oʽzbek tili mutaxassisligi 1-bosqich magistranti Oʽzbek va qoraqalpoq xalqlari qadim oʽtmishdan bugungi kungacha oʽzining boy tarixi, ma’naviy qadriyatlari, milliy urf-odatlariga ega boʽlib, zamonlar osha uni oʽz ma’naviyati va qalbida saqlab kelib, avloddan-avlodga meros qilib qoldirib kelmoqda. Bu ikki millatning ham tilini uning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlaridan аjratgan holda tassavvur etib bo‘lmaydi. Etnografik leksika nomi ostida birlashgan etnografizmlarni o‘rganish milliy urf-odat va qadriyatlar leksikasini tadqiq etishda ahamiyatli hisoblanadi. Etnologiya fani shakllangan davrdan boshlab milliy an’analar, rasm-rusumlar va urf-odatlarni xalq madaniyatining fenomeni sifatida o‘rganish fanning dolzarb muammolaridan biri hisoblanib kelgan. Ayniqsa, respublikamizda milliy qadriyatlarimizga va ma’naviy merosimizga davlat miqyosida e’tibor berilayotgan tarixiy bir jarayonda mutaxassis olimlar tomonidan an’anaviy marosimlarimizni tadqiq qilishda ularning yozma tavsifini berish bilangina cheklanib qolmaslik darkor. Bu borada qadimiy tarixga ega bo'lgan milliy marosimlarning xalq turmushi va an’anaviy madaniyatida tutgan o'rni, ular genezisi va o‘ziga xos xususiyatlari hamda saqlanish omillari borasidagi tadqiqotlar muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etib bormoqda.1 Etnografizmlarga oilaviy toʽy-marosimlar ham kiritiladi. Biz oilaviy toʽy-marosimlarni bir necha turlarga boʽlib oʽrganishimiz mumkin. Masalan, bola tugʽilishiga bogʽliq toʽy-marosimlar, yoshga oid toʽy-marosimlar, nikoh toʽyiga bogʽliq toʽy-marosimlar. Bola tugʽilishiga bogʽliq toʽy-marosimlarga beshik toʽyi, aqiqa, oʽgil toʽyi, soch toʽyi, muchal toʽyi singarilar kiritiladi. Qarin shashiw – bu bolaga ikkiqat boʽlgan vaqtda beriladigan marosim. Bu, asosan, qoraqalpoq xalqida otkaziladi. Bu kichik toʽy ancha vaqt farzand kutgan oilalarda, quvonchini ulashish va oman-eson bagriga bosib olish maqsadida sadaqa tarqatish uchun nishonlanadi. Download 16.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling