Lingvistika: oʽzbek tili mutaxassisligi


Download 16.67 Kb.
bet2/4
Sana22.12.2022
Hajmi16.67 Kb.
#1042361
1   2   3   4
Bog'liq
bola tug\'ilishiga bog\'liq to\'y-marosimlar

Beshik toʽyi – chaqaloqni birinchi marta beshikka solish bilan bogʽliq boʽlgan marosimli toʽy hisoblanadi. Bu toʽy qoraqalpoq xalqida “besik toy” nomi bilan ataladi. Beshik toʽyi har ikkala xalqda ham birinchi farzand dunyoga kelganda oʽtkaziladigan, eng qadimgi va keng tarqalgan marosimlardan biri. Odatda bu toʽy oʽzbek xalqida chaqaloq tugʽilishining 7-,9-,11-kunlari, qoraqalpoq xalqida esa 40 kunlik chillasi tugagandan soʽng oʽtkaziladi. Toʽy kuni belgilangandan keyin, chaqaloqning buvisi va yaqin qarindoshlari(ona tarafdan) chaqaloqga atab beshik, oʽyinchoqlar, kiyimlar va boshqa kerakli anjomlarini olib tayyorlab qoʽyishadi. Oʽzbek xalqida toʽy kuni kelganda oʽsha tayyorlab qoʽyilgan narsalar yoniga dasturxon tugilib, chaqaloqning ota-onasiga, bobo-buvilariga sovgʽalar qoʽshiladi va karnay-surnay sadolari ostida toʽy boʽlayotgan xonadonga boriladi. An’anaga koʽra olib kelingan beshikni avval chaqaloqning bobosi oʽng yelkasiga qoʽyadi, keyin dadasining oʽng yelkasiga uzatadi, u esa beshikni chaqaloqning onasiga beradi. Soʽng qoʽshnilar ishtirokida bolani beshikka solish marosimi boʽlib oʽtadi. Marosim oxirida mehmonlar bolani koʽrish uchun kelishadi, chaqaloqga atalgan sovgʽalarni berib, beshikning ustiga qand sepadilar. Shu bilan beshik toʽyi marosimlari oʽz yakuniga yetadi. Qoraqalpoq xalqida ham sovgʽalar olinib, chaqaloq tugʽilgan uyga boriladi. Mehmonlar dasturxon yozilgan xonaga kiritiladi va mehmon qilinadi. Shundan soʽng “besik shaptiriw” marosimi boʽlib oʽtadi. Bunda chaqaloqga atab olib kelingan beshikni olib, qoʽshiq aytiladi va yaqin qarindoshlarni ismi aytilib, oʽsha tarafga qarab beshik bilan chopiladi. Ismi keltirilgan inson atagan qadasini beradi. Keyin chaqaloqni beshikga solishadi. Shu bilan marosim tugaydi. Beshik toʽyi har bir xalq va viloyatlarda oʽzgacha xususiyatlarga ega boʽlib, oʽziga toʽq oilalar odatda bu toʽyni katta koʽlamda oʽtkazsa, qoʽli kaltaroq oilalar uni kamtarona nishonlaydilar.
Aqiqa – Allohga shukr qilish ma’nosida dunyoga kelgan chaqaloq uchun qurbonlik qilish va yangi tugʽilgan chaqaloqning “qorin sochi”. Bu marosimni, asosan, oʽzbek xalqida koʽp oʽtkazishadi. Qoraqalpoq xalqida esa bunday marosimni uchratmaymiz. Aqiqa marosimi chaqaloq dunyoga kelgandan keyin chillasidan chiqgunga qadar oʽtkaziladi. Oʽsha kuni bolaning tugʽilgandagi sochi olinadi va oʽsha soch ogʽirligi bilan teng oltin yoki kumush sadaqa qilinadi. Aqiqa qurboni esa bola dunyoga kelgandan boshlab voyaga yetgunga qadar qilinishi mumkin. Qurbonlik sifatida bitta qoʽy soʽyish yetarli. Aqiqaning asl ismi “Nasiqa” boʽlib, bu musulmon oilalarda oʽtkaziladigan marosim hisoblanadi.

Download 16.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling