Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
Ishlab chiqarish dasturi 1-Masala Xo’jalik yurituvchi sub’ekt 325.6 ming so’mga teng bo’lgan asosiy mahsulotni ishlab chiqardi. Sanoat xarakteridagi ishlar 41.15 ming so’m bo’lib, o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar hajmi 23.7 mln so’m bo’lib, ulardan 80 foiz korxona maqsadi uchun foydalanilgan. Yil oxiriga borib tugallanmagan ishlab chiqarish 5 ming so’mga oshadi. Tovar va yalpi mahsulotni aniqlang. Masala quyidagi tartibda yechiladi: Dastlab tovar mahsuloti aniqlanadi. Tovar mahsuloti = 325.6+41.15+23.7*0.2 = 371.49 ming so’m Yalpi mahsulot = 371.49+5.0 = 376.49 ming so’m 2-Masala Sex 1 soat davomida 45 kg mahsulotni ishlab chiqaradi. U hisobot davomida bir maromda ishlamadi. 1-yarim yillikda bir smena, 2-yarim yillikda esa ikki 295 smena ishladi, 1-yarim yillikda 120 kun, 2-yarim yillikda 180 kun ishladi. Sexning yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlang. 3-Masala Ikki smenali ish sharoitida ishlovchi agregatning ish vaqti fondi 5120 soat bo’lib, ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun 20 soat vaqt ketadi. Ishlab chiqarish topshirig’ini bajarish foizi 117 foiz bo’lib, mahsulotning yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlang. 4-Masala Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda zaruriy jihozlar sonini aniqlang. Yillik mahsulot hajmi 3500 million metr mato bo’lib, jihozning soatlik unumdorligi 3,8 metrga teng. Yildagi nominal ish kunlari 256 kunga teng bo’lib, 2 smenali ish tartibi o’rnatilgan. Ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Ta’mirlash tanaffuslari vaqti 5 foizni, chiqindilar chiqish me’yori 0,4 foizni tashkil etadi. 5-Masala Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda zaruriy jihozlar sonini aniqlang. Yillik mahsulot hajmi 4200 metr mato bo’lib, jihozning soatlik unumdorligi 4,2 metrga teng. Yildagi nominal ish kunlari 255 kunga teng bo’lib, 2 smenali ish tartibi o’rnatilgan. Ish kuni davomiyligi 8 soatga teng. Ta’mirlash tanaffuslari vaqti 6 foizni, chiqindilar chiqish me’yori 0,35 foizni tashkil etadi. Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling