297
10-Masala
Quyidagi ma’lumotlardan foydalangan holda
mahsulot ishlab chiqarish
hajmini reja va assortiment bo’yicha bajarilishini aniqlang.
Mahsulot
turlari
Ishlab chiqarish,
ming so’m
Reja
Haqiqat
A
81.45
80.23
B
92.73
93.5
C
44.8
44.8
D
-
20.32
E
31.6
-
F
26.85
47.34
Ishlab chiqarish quvvatini rejalashtirish
1-Masala
To’quvchilik fabrikasi 2 smenada ishlaydi. Yil boshiga jihozlar soni 500
birlik. Birinchi apreldan 60 ta stanok o’rnatiladi, birinchi avgustdan 50 ta stanok
ishlab chiqarishdan chiqariladi. Ish kunlari soni 260 kun,
reglamentlashtirilgan
tanaffuslar – 5 foiz, bir stanokning unumdorligi 4 m/soat,
mahsulot ishlab
chiqarish rejasi 7500 ming metr. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati hisoblansin.
Yechish: Jihozlarning o’rtacha yillik soni aniqlanadi:
N=500+60*9/12-50*6/12=520 birlik.
Rejali ish vaqti fondi aniqlanadi:
F
r
=D
n.k
*T
sm
S(100 – a/100)=260*2*8*0,95=3952 soat.
Korxonaning quvvati hisoblanadi:
W=4*3952*520=8220,16 ming metr.
Quvvatdan foydalanish koeffitsienti:
K=Q/W=7500/8220,16=0,91
2-Masala
Korxonada ish kuni davomiyligi 8 soat bo’lib, bundan 1
soat rejali
ta’mirlash tanaffuslariga ajratilgan. Jihozning pasporti bo’yicha
uning soatlik
298
unumdorligi 50 ta mahsulot. Jihozning haqiqiy ish vaqti davomiyligi 6 soatga teng
bo’lib, bu vaqt davomida 234 ta mahsulot tayyorlangan.
Jihozdan ekstensiv va
intensiv hamda integral foydalanish koeffitsientini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: