305
12 – Masala
Sutkadagi ishchilarning haqiqiy zaruriy soni 170 kishi bo’lib, imtiyozli ishga
chiqmaslik kunlarining nominal ish vaqti fondiga nisbatan foizi – 10 foiz ni tashkil
etadi. Ro’yxat bo’yicha ishchilar sonini aniqlang.
13 – Masala
Ishchilarning ro’yxat bo’yicha sonini aniqlang. Ishchilarning haqiqiy soni 23
kishi bo’lib, ish vaqtining nominal fondi 251 kun, samarali ish vaqti fondi 230
kunni tashkil etadi.
14 – Masala
Haqiqiy va ro’yxatdagi ishchilar sonini aniqlang. Uchastkada 3
ta apparat
bo’lib, ulardan har biriga bir smena davomida 4
kishi tomonidan xizmat
ko’rsatiladi. Uchastka 3 smena ishlaydi. Ikkinchi smenaning ish bilan band bo’lish
darajasi birinchisiga nisbatan 70 foiz bo’lib, uchinchi smenada esa bandlik darajasi
45 foizga teng. Nominal ish vaqti fondi 260 kun, samarali ish vaqti fondi 236
kunga teng.
15 – Masala
Korxonada kadrlar harakatini aniqlang. Yil boshidagi ro’yxat bo’yicha
ishchilar soni 2550 kishi bo’lib, yil davomida 326
kishi ishga qabul qilinib, 484
kishi ishdan ketgan. Jumladan, o’z xohishi bo’yicha 73 kishi nafaqaga chiqishi va
shtatlarni qisqarishi hisobiga 50 kishi, pragul sababli 6 kishi ishdan bo’shagan.
Do'stlaringiz bilan baham: