Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

 
4 – Masala 
To’quvchilik korxonasida vaqtbay ishchilarning rejalashtirilgan soni 1458 
kishini tashkil etadi. Bir ishchini rejaalshtirilgan ish vaqti byudjeti 1820 soat ish
mukofotning o’rtacha miqdori 15 foizni, vaqtbay ishchining odatdagi mehnat 
sharoitidagi o’rtacha soatlik tarif stavkasi - 60 so’mni, soatlik, kunlik, oylik ish 
haqi fondiga qo’shimcha to’lovlar miqdori 1608 ming so’mni tashkil etadi. 
Vaqtbay ishchilarning rejaviy ish haqi fondini hisoblang. 
 
5 – Masala 
Korxonaning tayyorlov sexida vaqtbay ishchilarning rejalashtirilgan soni 
120 kishini, 1-razryadli ishchining tarif stavkasi 418 so’m, bir ishchining rejadagi 
ish vaqti fondi 1820 soat, ishchilarning o’rtacha razryadga to’g’ri keladigan 
o’rtacha tarif koeffitsienti - 2,3 ga teng bo’lsa, vaqtbay ishchilarning 
rejalashtirilgan tarif ish haqi fondini aniqlang. 


309 
6 – Masala 
Agar reja bo’yicha yillik ishlab chiqarish dasturining mehnat sig’imi 289358 
ming soatni, o’rtacha soatlik tarif stavkasi 565 so’mni, qo’shimcha ish haqi 
koeffitsienti 0,0985 (9,85 foiz)ni tashkil etsa, asosiy ishchilarning yillik ish haqi 
fondini aniqlang. 
7 – Masala 
Agar amaldagi ish haqining minimal miqdori 130240 so’mni, sanoat ishlab 
chiqarish xodimlariniig umumiy soni 459 kishini, o’rtacha malakaviy koeffitsient 
6,27, qo’shimcha ish haqi fondi koeffitsienti 0,0952ni tashkil etsa, barcha toifadagi 
xodimlarning mehnatiga haq to’lash fondini aniqlang. 
 
8 – Masala 
Mehnatga haq to’lashning tarifsiz shakli bo’yicha yillik rejaviy ish haqi 
fondini aniqlang. Korxonaning foydasi 120000 ming so’m, mehnatga haq to’lash 
uchun foydaning 20foizi sarflandi, foydadan soliq ajratmalar miqdori 60000 ming 
so’mni tashkil etadi. 
9 – Masala 
Ishchilarning asosiy ish haqi fondi 66550 ming so’mni tashkil etadi. Ishlab 
chiqarish normalarini bajarish koeffitsienti 1.13 ga teng. Korxonada 3 smenali ish 
rejimi. Tungi smena ish soatining 1 soatga qisqartirish bo’yicha ishlaydi. Demak, 
bunda tungi soatlarda ishlash ulushi sutkaning 0.34 (8/23) ga teng. Ishbay ishchiga 
turli soatda ishlaganligi uchun uning tarif stavkasini 1/7 qismi asosida ish haqi 
to’lash belgilangan. Tungi soatlar uchun to’lov miqdorini aniqlang. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling