Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Mahsulot tannarxini rejalashtirish


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

 
Mahsulot tannarxini rejalashtirish 
1-Masala 
Hisobot davrida tovar mahsuloti hajmi 823.25 ming so’m bo’lib, 1 so’mlik 
tovar mahsuloti uchun xarajatlar 0.88 so’mni tashkil etadi. 1 so’mlik mahsulot 
uchun xarajatlarni 0.89 so’mga oshirish rejalashtiriladi. Shuningdek, tovar 
mahsuloti hajmi 1 foizga oshirish rejalashtiriladi. Reja davri uchun tovar mahsuloti 
tannarxini aniqlang. 
Masala quyidagi tartibda echiladi: 
1. Rejalashtirilgan tovar mahsulot hajmini aniqlaymiz. 
Q

=823,25*1,01=831,4 ming so’m 
2.Tovar tannarxi quyidagicha aniqlanadi: 
T
r
=831,4*0,89=740 ming so’m 
2– Masala 
Bazis davridagi ish haqi fondi 250000 ming so’mni tashkil etadi.Reja yilida 
uni 10 foizga oshirish ko’zda tutiladi. Ishchilarning o’rtacha ro’yxatdagi soni 220 
kishi bo’lib, rejada uni ular sonini 230 kishiga yetkazish ko’zda tutiladi. Mahsulot 
ishlab chiqarish hajmini 15 foizga oshirib bajarish rejalashtiriladi. Mehnat 
unumdorligini ish haqidan ustun o’sishi hisobiga mahsulot tannarxining pasayish 
foizini aniqlang. 
3 – Masala 


313 
Rejalashtirilgan yildagi quyidagi ko’rsatkichlar asosida mahsulot 
tannarxining kamayishini aniqlang. 
Ko’rsatkichlar 
Bazis 
Reja 
Mahsulot hajmi,ming so’m 
568300 
600000 
Ishchilar soni, kishi 
92 
92 
Ish haqi fondi, ming so’m 
128000 
129400 
Ish haqining tannarxdagi ulushi-22,5 foizni tashkil etadi. 
4-Masala 
Hisobot davrida mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 450200 ming so’mni 
tashkil etdi. Bir so’mlik tovar mahsuloti uchun sarflarni 2 foizga kamaytirish, tovar 
mahsuloti hajmini esa 3 foizga oshirish ko’zda tutilgan. Rejalashtirilgan mahsulot 
tannarxini aniqlang. 
5- Masala 
Korxona jihozlar ishlab chiqaradi. Bir jihoz narxi 18000 ming so’m. 
O’zgaruvchan xarajatlar ulushi 12000 ming so’m. Zararsizlik nuqtasini toping. 
6- Masala 
Quyidagi omillar hisobiga mahsulot tannarxining kamayishini aniqlang 
(“indeks” uslubini qo’llagan holda). 
Hisobot davrida material bahosi o’zgarmagan holda sarf me’yori 5 foizga 
kamaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’sishi 10 foizga, mehnat 
unumdorligi 7.5 foizga, o’rtacha ish haqi 3.5 foizga oshishi ko’zda tutiladi. Ishlab 
chiqarish xarajatlari tarkibida materiallar ulushi - 60 foiz, ish haqi xarajatlari – 20 
foiz, boshqaruv -12 foizni tashkil etadi. 


314 
BIZNESNI REJALASHTIRISH” 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling