Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Sotish bozorlari prognozi
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish rejasi
Sotish bozorlari prognozi
1-chizma Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi Bugungi kunda mahalliy bozorlarimizda Turkiya va Koreyada ishlab chiqarilgan choyshabli matolarning narxi yuqori bo’lishiga qaramay aholi xarid qilib olmoqda. Chunki ularning sifati o’zimizda ishlab chiqarilayotgan choyshabli matolarga qaraganda ancha yuqori. Shuni e’tiborga olgan holda, “_____________” to’qimachilik korxonasi o’zida ishlab chiqarmoqchi bo’lgan choyshabli matolarni sifatli va toza xom – ashyolarni tanlagan holda aholini har qanday qatlamiga to’g’ri keladigan sifatli choyshablar ishlab chiqarishni ko’zda tutgan. Mahsulotlarimiz bozorda o’z xaridorlarini topishi uchun avvalambor narx strategiyasi qo’llanadi. Ishlab chiqarish rejasi Gazlama ishlab chiqarish texnologik zanjiri quyidagilardan iborat: O’rov bosqichi – bu bosqichda kichik g’altaklardagi iplar katta bobinalarga M-150 jihozlarida o’raladi. Tandalash bosqichi – bu bosqichda SP-180 jihozida bobinalardagi iplar kengligi mato kengligiga muvofiq bo’lgan g’altaklarga o’raladi. ____________ korxonasi ____ % ____________ korxonasi _____ % ______________ korxonasi _____ % Mahalliy bozorlar _____ % 318 Shlixtalash bosqichida – tandalangan iplarga MSHB-180 jihozlarida maxsus qorishma yordamida ishlov berib uning sifati va mustahkamligi oshiriladi. To’quv bosqichi – bunda asosiy texnologik jarayon STB-180 to’quv jihozida bajariladi. Ishlab chiqarish rejasini tuzish ko’zda tutilgan ishlab chiqarish hajmi uchun zaruriy xom ashyo sarfini aniqlashdan boshlanadi. Texnologik zanjirdagi tayyorlov bosqichlarida ishlov beriladigan yarim tayyor mahsulotlar shu jarayon uchun tayyor mahsulot hisoblanadi. Shu sababli har bir tayyorlov bosqichida ishlovdan o’tadigan yarim tayyor mahsulot hajmi aniqlanadi. Ma’lumki, jihozlar sonini aniqlash uchun ushbu bosqichlardagi ishlov beriladigan mahsulotlar hajmini aniqlash zarur. To’quv jarayonigacha bo’lgan bosqichlarda ishlov beriladigan mahsulot kalava ip hisoblanadi. Bunda amaliyotda qabul qilingan me’yorlardan foydalaniladi, ya’ni amaliyotda 100 metr mato uchun assortiment turiga bog’liq ravishda o’rtacha 4.5-6.5 kg kalava ip sarflanishi belgilangan. Bu orqali 1 metr mato uchun sarf me’yorlarini aniqlash lozim ( 4.8:100=0.048 kg). Shundan so’ng yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi uchun zaruriy xom – ashyo miqdori aniqlanadi, ya’ni 1 metr mato uchun me’yor sarfi yillik ishlab chiqarish hajmiga ko’paytiriladi (0.048*3400000=163200 kg). Hisoblarni jihozlar sonini aniqlashda davom ettiriladi. Jihozlar sonini aniqlashda quyidagi formuladan foydalanish tavsiya etiladi: КRО Uj Q J s с * (1) bu yerda: Q s - har bir ishlab chiqarish bosqichida ishlov beriladigan mahsulot yoki xom – ashyo hajmi, kg U j - ishlov berish bosqichida ishtirok etuvchi jihozning soatlik unumdorligi (texnik pasportidan olinadi). KRO- jihozning foydali ish bilan band bo’lish koeffitsienti. Bu ko’rsatkich quyidagicha aniqlanadi: KRO=1-A/100 319 bu yerda: A – jihozni ta’mirlash bilan bog’liq tanaffuslari vaqtining normativ miqdori, foizda. To’quv jarayoni bosqichlari uchun A quyidagicha belgilanadi: 1. O’rov jihozi – 3% 2. Tandalash – 4% 3. Shlixtalash – 6% 4. Ip ulash – 2% 5. To’quv – 5% Ushbularga asoslangan holda KRO ni hisoblanadi. 1.KRO =1-3/100=0.97 2.KRO =1-4/100=0.96 3.KRO =1-6/100=0.94 4.KRO =1-2/100=0.98 5.KRO =1-5/100=0.95 Jihozlarning soatli unumdorligi quyidagi jadvalda havola etiladi: Download 3.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling