1. Mehnat unumdorligi
Download 319.08 Kb.
|
8-variant
1. Mehnat unumdorligi - ishlab chiqarish jarayonida kishilar mehnatining foydaliligi, samaradorligi va mahsuldorligi; Mehnat unumdorligi ishlovchining maʼlum vaqt birligi (soat, smena, oy, yil) ichida tayyorlagan mahsulot hajmi bilan oʻlchanadi. Mehnat unumdorligi tarmoqlari va korxonalarda mehnat unumdorligi yalpi yoki sof mahsulot asosida hisoblanadi. Yillik mahsulot hajmini oʻrtacha ishlovchilar soniga boʻlish orqali bir ishlovchi hisobiga yaratilgan mahsulot aniqlanadi. Mehnat unumdorligining oʻsishi mahsulot birligini ishlab chiqarishda mehnat sarfining kamayishi demakdir. Mehnat unumdorligi yuqori boʻlsa, jami-yat har bir xodim hisobiga koʻproq mahsulot tayyorlash, binobarin, oʻzining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini toʻlaroq qondirish imkoniyatiga ega boʻladi. Mehnatning asosiy kapital bilan taʼminlanishini yaxshilash, fantexnika taraqqiyoti yutuqlari va yangi texnologiyani joriy etish, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, xodimlarning malakasini va texnik tayyorgarlik darajasini, madaniyatini, maʼlumotini oshirish Mehnat unumdorligi oʻsishining eng muhim omillaridandir. Mehnat va ish haqi hisobi - hisob ishlarining aniq va operativ ma'lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonining o'zgarishi, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, to'lov turlari va hodimlar kategoriyasi bo'yicha hamda ish haqi fondidan tashqari amalga oshiriladigan boshqa to'lovlar, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu ma'lumotlar asosida mehnat unumdorligi va mehnat resurslaridan foydalanish, xodimlar soni, ish haqi fondining sarflanishi va boshqalar bo'yicha reja topshiriqlarining bajarilishi ustidan nazorat ana shu ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi. 2. Davr xarajatlari deganda – bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilanbog‘liq bo‘lmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi. Davr xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi: 1. Sotish xarajatlari; 2. Ma’muriy xarajatlar; 3. Boshqa operatsion xarajatlar. Sotish xarajatlari – savdo faoliyati jarayonlari davomida yuzaga keladigan sarflarni ifodalab, bevosita sotish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Ularning tarkibiga tovarlarni tashib keltirishdan boshlab, transport, reklama, savdo xodimlari ish haqlari, ijtimoiy sug‘urta, tovarlarning norma va undan ortiqcha yo‘qolishlari, gaz-yoqilg‘i va energiya, tovarlar sifatini saqlash, savdo xodimlari faoliyati davomiyligini ta’minlash va ularni maxsus shakl bilan ta’minlash, marketing xarajatlari kiradi. Ma’muriy xarajatlar – faoliyat uzluksizligini ta’minlashda zarur soha bo‘lgan, boshqarish bilan bog‘liq sarflarni ifodalaydi. Bu xarajat elementi tarkibiga ma’muriy xodimlar ish haqi, ijtimoiy sug‘urtasi, xizmat avtomobillari bilan bog‘liq, aloqa vositalari xizmatlari, xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ma’muriy binolar amortizatsiyasi kabi xarajatlar kiradi. Boshqa operatsion xarajatlar – korxonalarning operativ faoliyati davomida yuzaga keladigan jarayonlar bilan bog‘liq sarflardan iborat. Bular asosan: kadrlar tayyorlash, loyiha va qurilish-montaj, maslahat va axborot xizmatlari, auditorlik xizmatlari, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar, xodimlar dam olishi, ekskursiya va sayohat bilan bog‘liq tadbirlar, kompensatsiya to‘lovlari, mukofot va taqdirlash, turli xil haq to‘lash va moddiy yordam sarflari, sud jarayonlari sarflari, soliq bo‘yicha jarimalar kabilardan iborat. Yuqoridagilardan tashqari korxona xarajatlarining moliyaviy faoliyati bo‘yicha xarajatlar, favqulodda zararlar qatori ham tarkiblanadi. 3,masala . Download 319.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling