Rеja: Faksimil aloqa xizmatlari Telekonferehtsiya xizmatlari
Download 13.71 Kb.
|
MUA-Ma\'aruza-7(22)uzb
Ma’ruza-7 Faksimil aloqa xizmatlari: telefaks, komfaks, byurofaks. Telekonferehtsiya xizmatlari Rеja: 1. Faksimil aloqa xizmatlari 2. Telekonferehtsiya xizmatlari KALIT SO‘ZLAR abonent qurilmalari, sinxronlash, fazalash, markerli sikl, diskret signalga aylantirish FAKSIMIL ALOQA, fototelegraf — yassi qoʻzgʻalmas tasvirlar (jadvallar, rasmlar va harfliraqamli matnlar) ni uzoq masofaga uzatish va qabul punktida paydo qilish; elektr aloqaning bir turi. Telefaf aloqa tarkibiga kiritiladi. Simlar orqali yuboriladigan elektr signallar va radiosignallar yordamida amalga oshiriladi. Fototelegrammalarni joylarga uzatishda, meteorologik styalar orasida gidrometeorologiya xaritalarini almashinishda va b. hollarda Faksimil aloqa vositalaridan foydalaniladi. Qoʻzgʻalmas tasvirni uzok, masofaga uzatish gʻoyasini italyan fizigi J. Kazelli 1855-y. da amalga oshirdi. 20-a. 20-y. larida fotoeffekt hodisasi, elektron lampalar, elektr tebranishlari kuchaytirgichlari paydo boʻlganidan soʻng Faksimil aloqa rivojlana boshladi. Dastlab Faksimil aloqa orqali faqat fototelegrammalar uzatilgan va fototelegraf aloqa deb atalgan. 50—60-y. lardan boshlab xaritagrafiya materiallari va gaz. saxifalari ham uzatila boshladi. Telefoniya va telegrafiya boʻyicha xalqaro maslahatlashuv qoʻmitasi (MKKTT) ning tavsiyasiga koʻra, 1953-y. da umumiyroq nom bn, yaʼni Faksimil aloqa deb atala boshladi. Faksimil aloqa faksimil apparat yordamida amalga oshiriladi. Bu apparat mexanik, yorugʻlikoptika va elektron qurilmalar majmuidan iborat. U uzatuvchi, qabul qiluvchi va qabul qiluvchiuzatuvchi turlarga boʻlinadi. Uning yordamida yassi qoʻzgʻalmas obyektlar (originallar) elektr aloqa liniyalari orqali uzatiladi va obyektning nusxasi (faksimil) tarzida qabul qilinadi. Faksimil aloqada bajariladigan amallar: faksimil apparat uzatkichida uzatish obyekti (original) sirtini muayyan alomatlari (mas, optik zichligi) boʻyicha bir xil boʻlgan kichikkichik yuzachalarga boʻlib chiqish; shu yuzachalar tasvirini elektr impuls lariga aylantirish; shu impulyelarni aloqa liniyasi boʻyicha uzatish; qabul qilgichda bu impulyelarni tasvirga aylantirish va qayd qilish. Uzatiladigan obyekt (rayem, matn va b.) ning nusxasi (faksimil) shu tariqa hosil qilinadi. Tasvir nusxasi fotoqogʻoz, fotoplyonka, elektrografik, elektrokimyoviy, elektrotermik qogʻoz yoki oddiy yozuv qogʻoziga, ferromagnit material va b. ga qayd qilinadi. Download 13.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling