Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat − bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis 
etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi ulushlarga 
bo’lingan korxona.
3
O’zbekiston
Respublikasi hududlarining yillik statistik to’plami. T.:2019 


74 
Uning ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo’yicha o’z mol-mulklari bilan 
qo’shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo’lgan, jamiyatning 
ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar 
bo’ladilar. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo’lib qolganida uning jamiyat 
majburiyatlari bo’yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida 
javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo’lmasa, boshqa 
ishtirokchilar o’rtasida ularning qo’shgan hissalariga mutanosib ravishda 
taqsimlanadi. 
Jamiyat o’z majburiyatlari yuzasidan o’ziga qarashli barcha mol-mulk bilan 
javobgar bo’ladi. Jamiyat o’z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob 
bermaydi. Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar 
bo’lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari 
yuzasidan javobgar bo’lmaydi. 
Xo’jalik shirkati − muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga 
(hissalariga) bo’lingan ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo’lgan tijorat 
tashkiloti. 
Bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari shirkat 
nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar. 
Xo’jalik shirkati to’liq shirkat yoki kommandit shirkat turlariga bo’linadi. 
Aktsiyadorlik jamiyati − ustav fondi jamiyatning aktsiyadorlarga nisbatan 
majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aktsiyalarga taqsimlangan 
xo’jalik yurituvchi sub’ekt.
Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning har qanday turlarini 
amalga oshirish chog’ida huquqlarga ega bo’ladi va majburiyatlarni o’z zimmasiga 
oladi.

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling