Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M
Download 3.71 Mb. Pdf ko'rish
|
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.
Unitar korxona- o’ziga biriktirib qo’yilgan mol-mulkka nisbatan mulkdor
tomonidan mulk huquqi berilmagan tijoratchi tashkilot unitar korxona hisoblanadi. Unitar korxonaning mol-mulki bo’linmasdir va u qo’shilgan hissalar (ulushlar, paylar) bo’yicha, shu jumladan korxona xodimlari o’rtasida ham, taqsimlanishi mumkin emas. 75 Unitar korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Unitar korxona o’z mol-mulki egasining majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydi. Unitar korxona mol-mulkining egasi korxona majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi. Har bir ishlab chiqarish korxonasi yagona ishlab chiqarish texnik organizm hisoblanadi, ya’ni korxonaning ishlab chiqariladigan mahsulot maqsadining hamda uni ishlab chiqarish jarayonlarining umumiyligi bilan belgilanadi. Korxonalar texnologik jihatdan bir turdagi sex yoki uchastkalardan (yigiruvchi fabrikalaridan yigiruv sexi) yoki texnologik jihatdan turli xildagi sex yoki uchastkalardan tashkil topishi mumkin (to’qimachilik korxonalarining yigiruv, to’quv va pardozlash sexlari). Korxonalarning yagona organizmga birlashtiruvchi muhim belgilardan biri yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi bo’limlarning barcha asosiy bo’linmalar uchun umumiyligi, joylashgan maydonning yagonaligi hisoblanadi. Ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish texnikaviy va tashkiliy-iqtisodiy birlik bilan xarakterlanadi: Korxonani xarakterlovchi asosiy belgilardan biri uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarining ishlab chiqarish texnikaviy birligidir. Korxonalarning ishlab chiqarish texnikaviy birligi uning barcha tarkibiy qismlarining bir- biri bilan ishlab hiqarish jarayonining ma’lum ketma-ketlikda bajarilishiga qarab bo’linganligi va bir-birini o’zaro ta’minlashini ifodalaydi. Har bir korxona bir qator tarkibiy qismlardan (sex, uchastkalar) dan iboratdir. Ularning har biri xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirish jarayonining ma’lum funksiyalarini bajaradi va ular bir- biri bilan texnologik jarayonning bajarilish tartibiga va bir-birini ta’minlash usullariga bog’liq bo’lib, ularning maqsadi ishlab chiqarish dasturini bajarishga qaratilgan. Tashkiliy-iqtisodiy birlik yagona boshqaruv organining, yagona ishlab chiqarish jamoasining mavjudligi, ma’muriy jixatdan ajratilganlik, ishlab chiqarish rejasining uning bajarilishini ta’minlovchi material, texnik, moliyaviy resurslar bilan o’zaro bog’liqligi bilan xarakterlanadi. 76 Har bir korxona tashqi muhit ya’ni iqtisodiyotning boshqa tizimlari bilan muntazam aloqadorlikda faoliyat yuritadi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning samarali shakllarini joriy etish uchun korxonalar shartnomalar asosida konsortsium, kontsern, tarmoqlararo davlat birlashmalari, assotsiatsiya va boshqa yirik tashkiliy tuzilmalar tuzishlari mumkin. Konsorsium – korxona va tashkilotlarning yagona yirik ho’jalik ob’ektini tashkil etish va moliyalashtirish maqsadini ko’zlab resurslarni birlashtirish yoki ishlab chiqarish – ta’minot kooperatsiyasi borasida kelishuv asosida vaqtinchalik birlashuvidir. Konsorsiumlar faoliyati bevosita banklar ishtrokini ko’zda tutadi. Jahon amaliyotida “konsorsium” bir nechta banklar yoki sanoat monopoliyalarining yirik ko’lamdagi tijorat operatsiyalarini amalga oshirish uchun vaqtinchalik kelishuvini ifodalaydi. Konsorsium yuridik shaxs hisoblanmaydi. Uni boshqarish to’liq iqtisodiy va yuridik mustaqillikni saqlab qolgan ishtrokchilarning o’zaro kelishuviga ko’ra amalga oshiriladi. Umumiy maqsadga erishish uchun ular umumiy rahbarga bo’ysunadilar va konsortsium majburiyatlari bo’yicha o’z ulushlari doirasida javobgar bo’ladilar. Maqsadga erishilgandan so’ng konsortsium o’z faoliyatini to’xtatadi. Bir korxona bir vaqtda bir nechta turli konsortsium ishtrokchisi bo’lishi mumkin. Assosiasiya – korxonalarning tarmoq, xududiy yoki boshqa belgilar bo’yicha ixtiyoriy birlashuvi. Konsorsiumdan farqli ravishda assotsiatsiya doimiy xarakterga ega. Korxonalar bir vaqtda bir nechta assotsiatsiyaga birlashishi mumkin. Assotsiatsiyalar yuridik shaxs huquqi bilan yoki yuridik shaxs huquqisiz tashkil etilishi mumkin. Ular alohida ishlab chiqarish xo’jalik funktsiyalarini markazlashgan tarzda bajarishni o’z zimmasiga oladi (ta’minot – sotuv xarakteridagi maqsadlarni ko’zlab). Har qanday turdagi korxonalar faoliyatini tashkil etish ular faoliyatini yo’naltirish harakatlarini belgilab beruvchi rejalarni ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Rejalarda yaqin va uzoq muddatdagi maqsadlar va ularga erishish yo‘nalishlari hamda vazifalar ifodalanadi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling