Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Sifat ko’rsatkichlar. Tovarning sifatini quyidagi xususiyatlar belgilab 


137 
beradi, ya’ni uzoq muddat xizmat ko’rsatish, ishonchlilik, qulaylik, xafsizlik, 
ekspluatatsiya va ta’mirlash jarayonining oddiyligi va boshqalar uning sifatini 
belgilovchi omillar bo’lib hisoblanadi. Ayrim sifat ko’rsatkichlari miqdoriy 
jihatdan baholanib, mos keluvchi ma’lumotlar biznes-rejada keltirilishi 
mumkin
.Yuqorida qayd etilgan xususiyatlar jadval shaklida ham ifodalanishi 
mumkin. 
Iqtisodiy ko’rsatkichlar. Bunda iste’mol qilish qiymati,ya’ni tovarni sotib 
olish va uni ekspluatatsiya qilish xarajatlari,uning tannarxi va mahsulot birligidan 
olinadigan foyda kattaligi keltiriladi. Bu ko’rsatkichlarni jadval shaklida ifodalash 
mumkin. 
8.2-jadval 
Iqtisodiy ko’rsatkichlar 
 
Mahsulot 
turi 
Iste’mol qiymati 
Mahsulot 
birligi 
ko’rsatkichlari 
Sotish 
bahosi 
ta’minot o’rnatish jami 
Mahsulot 
birligi 
tannarxi 
Mahsulot 
birligi 
foydasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mahsulotning tashqi fasoxati. Mahsulotning tashqi ko’rinishi yoki dizayni 
zamonaviy talablarga javob berishi lozim.SHuningdek,uning tashqi ko’rinishi 
mahsulot bajaradigan vazifalarga muvofiq bo’lishi talab etiladi.Biznes rejada uning 
tashqi ko’rinishining rasmi yoki fotolavhasi havola etilsa bu biznes rejaning 
yutug’ini ta’minlaydi. 
Tovarni boshqa o’xshash tovarlar bilan solishtirish. Tovarni boshqa 
o’xshash tovarlardan farq qiluvchi jihatlari aniq ifoda etilishi zarur.Agar farq 
qiluvchi jihatlar bo’lmasa xaridorni nimalar hisobiga jalb qilinishi biznes rejada 
ta’kidlanadi. 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling