Ismanov I. N., Davlyatova g. M., Buzrukxonov s. M


Patent bilan himoya qilinganligi


Download 3.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/226
Sana23.08.2023
Hajmi3.71 Mb.
#1669338
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   226
Bog'liq
BIZNESNI REJALASHTIRISH darslik.

Patent bilan himoya qilinganligi. Biznes rejani ishlab chiquvchilar 


138 
zimmasida mualliflik huquqini himoya qilish bo’yicha qanday ishlar amalga 
oshirilganligini ifodalash muhim hisoblanadi. Bunda foydali modellarga va tovar 
belgisiga olingan patentlar tavsiflanadi.Patent hujjatlari ilovada havola etilishi 
mumkin. 
Eksport ko’rsatkichlari va imkoniyatlari.Agar mahsulot tashqi bozorga 
chiqarilsa unda mahsulot eksport qilinadigan mamlakat, ishlab chiqarish hajmi va 
daromad kattaligi kabilar havola etiladi.
Tovarni 
takomillashtirish 
yo’nalishlari.Iste’molchilarning o’zgarib 
turuvchi talabini va ehtiyojini e’tiborga olib yoki bashorat qilgan holda mahsulotni 
takomillashtirish maqsadi va imkoniyatlari hamda yo’nalishlari keltiriladi. 
Muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlari yoki omillari.Yangi bozorlani 
o’zlashtirishga qaratilgan harakatlar tavsiflanadi. 
Mahsulotni 
tavsiflashda taklif qilinayotgan tovarning hayotiylik davrini 
aniqlash ham muhim ahamiya kasb etadi. 
Har qanday tovarning hayotiylik davri ma’lum bir qonuniyatlarga 
bo’ysunadi va bir qator bosqichlardan iborat bo’ladi. Tovarning bu bosqichlardan 
o’tish tezligi bozor kon’yunkturasiga ta’sir ko’rsatuvchi bir qator holatlarga 
bog’liq bo’ladi.
Tovarning hayotiylik davri bosqichlari bo’yicha oldindan hisoblab chiqilgan 
va belgilangan tarzda harakatlanishi narx, tovarni sotish usullari, reklama, ishlab 
chiqarish obyektlari va tovar harakatlanishi bilan manevr qilish kabi vositalardan 
foydalangan holda zarur chora-tadbirlarni o’z vaqtida qabul qilishga imkon beradi. 
Ularning barchasi sotuv hajmi va darajasiga, demak, biznes-rejaning moliyaviy 
natijalariga ham ta’sir ko’rsatadi. 
Tovarning tipik hayotiylik davri/sikli quyidagidan iborat: 

Download 3.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling