Ispring dasturida testlar yaratish
II.I iSpring Kinetics dasturi yordamida elektron kitob, glosariy hamda kataloglar yaratish
Download 54.79 Kb.
|
gfgfgfgfgf
- Bu sahifa navigatsiya:
- CRT proektorlari
- Qaytarilayotgan yorug’lik (nur) oqimini modulyatsiyalaydigan proektorlar (Light Vale yorug’lik klapanli proektorlari va ILA – Image Light Amplifier proektorlari)dir.
II.I iSpring Kinetics dasturi yordamida elektron kitob, glosariy hamda kataloglar yaratish
Maxsus funksiya ko‘zda tutilgan bo‘lib, rang muvozanatlantiruvchi ham avtomatik ravishda xam qo‘lda amalga oshiriladi, tasvir masshtabini o‘zgartiruvchi almashinuvchi fokus oraliqli obyektivlar, negativ rejim, masalan negativnoy fotoplenkani pozitivnom tasvirda ko‘rishda avtomatik yoki qulda ishlatish mumkin. Bevosita Murakab tuzilgan hujjat – kameralar asosida shaffof yoki oddiy plenkalarni asl nusxasi tasvirni ko‘rishda qo‘shimcha yoritish anjomi o‘rnatiladi. Video manbalarga operativ ulovchi kirish hamda komponent signaldan chiqish pereklyuchateli mavjud. Bazi modellar xotira bloki bo‘lib, bir va bir qancha tasvirni saqlab qolib, siz tanlagan televizor yoki proyektorga uzatib berish imkoni yaratib beruvchi jixozlar bilan ta’minlangan. . Guruhlashgan tizim (Goom sistem) – ko‘pincha kabinetga mo‘ljallangan. Ular xar tomondan bir qancha kishi qatnashadigan uchrashuvlar uchun yaratilgan. To‘plamga televizion monitor tovush yorituvchi tizim, asosiy va qo‘shimcha videokameralar, mikrofonlar, videokodek modul, hamda 1 ta invers multipleksor va lokal tarmoqga ulanuvchi interfeys modul mavjud. Bazan videokodek va tarmoqlarga ulanuvchi jixozlar bitta qurilmaga ulanadi. Televizion monitor o‘rnida sifatli televizor bo‘lishi mumkin. To‘plam bir qancha zarur qo‘shimcha jixozlar kiradi. Kengash o‘tkazilayotgan vaqtda biror-bir videolahza yoki shu kengashni yozib olish uchun ko‘pincha videomagnitofon ishlatiladi. Hujjat kameralari rasmlar, chizmalar, hujjatlar tasvirini yoritishda ishlatiladi. Bu majmuaga ma’lumotlarni almashish va matnli, grafikli hujjatlarni birgalikda ishlab chiqish uchun kompyuter vositasini ulab berish mumkin. Barcha ishlab chiqaruvchilar kamerani notiqlarga qaratib (yuzlatib) qo‘yishni ma’qqul ko‘radilar. Bunday xolat ko‘pchilik ishtirok etadigan kengashlarda juda foydalidir. Stol tizimi (Desktop) – abonentlarning shaxsan o‘zi ishlatishi uchun mo‘ljallangan. U asosan maxsus platali shaxsiy kompyuterni tasavvur etadi. Xususan bu to‘plam tarkibida videokamera,va audiomodul (ikkinchisini o‘rnida mikrofon va kolonkadan iborat to‘plamni ishlatish mumkin) bundan tashqari stol tizimiga qo‘shimcha masalan: videomagnitofon ikiknchi videokamera qurilmalarini ulash mumkin. Hujjatli videokamerlar Stol tizimidagi videokonferens-aloqaning dasturiy ta’minotga asoslangan birgalikda ishlash vositasi. Sanoqli daqiqalar ichida turli xonalardagi abonent nuqtalarini videokonferensiya utkazish uchun mos qurilmalar bilan jihozlab beruvchi ixcham tizimlar. Asosan bunday qurilmalar televizion monitor tepasiga o‘rnatiladi. Shuning uchun uni televizion pristavka deb yuritiladi. (Set-top-box). Co‘nggi vaqtda bunday tizimlar, xar ikki tomondan bir necha kishi ishtirok etayotgan aloqa seansida alternativ xulosa chiqarish sifatida ko‘p qo‘llanilmoqda. Buning eng muhim tarafi guruxlashgan tizimlardan juda arzon va funksionallik sifatlarini mos keladi. Bir qancha eng ixcham modellar keyslarda joylashgan. Ularda kamera, monitor, audio tizim va xar xil tarmoqga ulanish interfeysi mavjud. Shaxsiy tizim o‘zida ixtisoslashgan telefon apparatlarini tassavur etadi. Ular miniatyurali kamerachalardan suyuq kristalli ekran bilan jixozlangan va birinchi galda abonentlarning vizual muloqotiga mo‘ljallanagan. Bu apparatlar birgalikda shaxsiy kompyuterlarda ishlash uchun interfeyslarga ulanadi. Axborot texnologiyasi vositalari muayyan amallarni ongli va rejali amalga oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi: kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi, skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti; uskunaviy dasturiy ta’minot; virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik haritalar, ekran protsessorlari va x.k.; axborotlar majmui — ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va x.k.; texnik ko‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmuidan tugmachalarga qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o‘zlashtirish va x.k.). Axborot texnologiyalari vositalarining markazida turuvchisi kompyuterdir. Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to‘rt yo‘nalishda: o‘rganish obyekti sifatida; o‘qitishning texnik vositalari sifatida; ta’limni boshqarishda; ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda. O‘quv-tarbiya jarayonida kompyuterlar asosan to‘rt tartibda: passiv qo‘llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi; reaktiv muloqat – kompyuter imtihon oluvchi sifatida; faol muloqat – kompyuter talabaga yo‘l – yo‘riq berish va imtihon olishda; interfaol muloqat – kompyuter sun’iy intellekt sifatida, ya’ni talaba bilan muloqat qilishda foydalaniladi. Multimedia – kompyuterda axborotning turli xil ko‘rinishlari: rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, annimatsiya, shuningdek to‘laqonli videokliplar, xatto videofilmlar bilan ishlashdir. Multimedia vositalari asosida o‘qitish jarayonida aniq predmetni kompyuter asosida to‘liq o‘qitish, ma’ruza matnlarini taxrirlash, talabalar topshirgan nazorat natijaparining taxlili asosida ma’ruza matnlarini bayon qilish uslubini yaxshilash, o‘quvchi-talabalar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida animatsiya elementlarini dars jarayonida ko‘rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Multimedia vositalari bilan ishlaydigan o‘qituvchilar qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishlari kerak: - ma’ruza matnlari, amaliyot bilan bog‘lik topshiriqlarni tayyorlash; - uslubiy ko‘rsatmalarni, nazorat savollarini, to‘g‘ri javoblar varantini tuzish; - ishchi dastur va texnologik xaritani tuzish; - bilimni nazorat qilish natijasini tahlil qilish; - ma’ruza matnlarini tahrirlash; - xar bir mavzu bo‘yicha dinamik ko‘rinishda aks etuvchi jarayonlarning animatsiyalarini tasavvur qilish; - mustaqil ishlar bo‘yicha o‘quvchilarga nazariy va amaliy savollar yuzasidan maslahatlar berishni tashkil qilish; - o‘zlashtirilishi murakkab bo‘lgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazish kabi talablar qo‘yiladi. Qo‘yilgan ushbu talablar buyicha multimedia vositalari asosida dars jarayonini tashkil qilish pedagog-o‘qituvchilarning yumushini osonlashtirib, uquv jarayonini boshqarish, uning samaradorligini yanada ko‘tarishga erishiladi, IIIy bilan bir qatorda ta’lim muassasasi raxbariyatiga o‘kuvchilarning olgan bilimlarini test natijalarini ko‘rib borish va ularning o‘zlashtirish darajasiga baho berish, o‘qituvchilarning ma’ruza matnlari va boshqa mustaqil ishlarga muljallangan materiallarining tayyorlash sifatiga baho berish, multimedia vositalari asosida laboratoriya ishlarini bajarish uchun kompyuterda modellashtirilgan virtual stendlar joroy etish, kursni o‘zlashtirish buyicha uslubiy materiallarni tayyorlash uchun takliflar ishlab chiqish kabilarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Kompyuter-axborot texnologiyalari modelidan foydalanish masalasi o‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda dars jarayonida namoyish qilinishi kerak bo‘lgan obyektning ichki, tashqi hossalarini ko‘rsata olishdek muhim vazifani amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o‘z navbatida axborot-pedagogik texnologiyalar asosida multimediali elektron darsliklar (MED) yaratish mumkin ekanligini ko‘rsatadi. Multimedia vositalari o‘quv jarayonida quyidagi eng muhim jixatlari bilan alohida ahamiyatga egadir: differensial va individual o‘qitish jarayonini tashkil qilishi; o‘qish jarayonini baholash, teskari aloqa bog‘lashi; o‘zini-o‘zi nazorat qilish va tuzatib borishi; o‘rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini ko‘rsatishi. fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompter va axborot texnologiyalardan foydalanishi; o‘quvchi-talabalarga fanni o‘zlashtirish uchun strategik ko‘nikmalar hosil qilishi va hokazo. Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni ulardan o‘quv jarayonida foydalanish va kelgusida ta’lim tizimida o‘quv jarayoni uchun ma’lumotlar bazasini va virtual stendlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamni hozirlaydi. Men birinchi marta kinoga borib, “Eramizdaen million yil ilgari” deb nomlangan filmni tomosha qilganman, unda dinozavrlarni ko’rib, qo’rqqanimdan o’rindiqlar tagiga berkinib olib, butun film davomida yashirinib o’tirganman. O’shanda men besh yoshda edim va shu sababli bo’lsa kerak, film juda qo’rqinshli tuyulgan edi. Bu vaqtda men televizorda ko’plab filmlarni ko’rgan bo’lsamda, katta ekrandagi qahramonlardan qattiq qo’rqqandim. Faqatgina kinoteatrda haqiqiylik hissi yuqoriroq bo’lgan. Bir necha yil o’tgach, men kinomatografiya tarixida aka – uka Lyumerlar tomonidan “Poezdning yetib kelishi” kinoroligini ommaviy rayishda namoyish etganlarida xatto katta yoshdagi kishilar ham o’rinlaridan turib, qochib ketganlarini bilib oldim. Ular ekranda ko’rganlaridan juda qattiq ta`sirlanganlar. O’sha kunlardan boshlab, insoniyat kino dunyosini maksimal darajada haqiqatga yaqinlashtirish maqsadida turli apparatlar yordamida haqiqiy dunyoning proektsiyasini yaratishga intilganlar. Professional kinoda bularning hammasi tushunarli bo’lsa ham juda sifatli havoskorlik filtmlarini suratga tushirishni biz xatto orzu ham qilmagandik. O’n besh yil ilgari savdoda faqatgina 8 mm kinoplyonkali, ovozsiz portativ kinoproektorlari (“Rus” turidagi) va to’g’risini aytish kerak, sifati kinoteatrdagidan ancha yomon bo’lgan kinoni suratga olish uchun to’rt minutlik rolikni plyonkaga yozib olish, uni chiqarish, elim bilan yopishtirish, 15 minutlik qilib ulash kerak bo’lar edi. Rangli televizor va videokamera (aytaylik videomagnitofon ham) paydo bo’lishi bilan shaxsiy “portativ” video muammosi qisman hal etildi. Nima uchun qisman? Chunki katta ekranga oddiy foydalanuvchining hali ham chiqishining iloji yo’q edi, faqatgina kinoteatrlarda va gap tamom. Ammo o’tgan asrning to’qsoninchi yillarining boshlarida multimedia proektor nomi bilan ataluvchi apparatning paydo bo’lishi bilan hamma narsa o’zgardi. “Multi” so’zi ko’pchilik deganini, media esa, video va audio bilan bog’liq jihatlarning hammasi, proektorning ma’nosi tushunarli, albatta, proektor – tasvirni proektsiya qilish (ko’rsatish) uchun qurilmani bildiradi. Zamonaviy videoproektor boshidan raqamli qurilma hisoblanadi, shuning uchun unga videomagnitofonni ham, DVD – pleer, videokamerani, televizor xamda kompyuterni ulash mumkin. Tasvirni oddiy ekranda ham ko’rsatish mumkin, yorug’lik o’tkazuvchi ekranga ham (proektor ekran orqasida turgan holat) tushirish, proektorni ekranga burchak ostida (gorizontal ham, vertikal ham) qo’yish mumkin, shipga «oyog’ini osmondan» qilib osib qo’yish mumkin. Multimediaproektor bir aniq belgilangan fokus masofasiga emas, shuning uchun proektorni turli joylarda va har xil masofada qo’yish mumkin. Zamonaviy proektorlardan xonani qorong’u qilmasdan uni kun bo’yi ishlatish mumkin. Eng portativ proektor tasvirni diagonalli 8 metrgacha o’lchamda ko’rsatishi, eng kuchlisi esa – 36 metr diagonalgacha ko’rsatishi mumkin. Uning ana shu har tomonlama «imkoniyatlariga» qaramay, bu qurilma foydalanishda maxsus bilimlarni talab etmaydi, og’irligi 1,5-5 kg. va kitob hajmidan to diplomat hajmigacha kattalikka ega. Eng kuchli professional proektorlar 38 kg og’ir bo’lmaydi. CRT proektorlari – ular uchta nurlanish kineskopidan iborat bo’lib, R, G va B boshlang’ich ranglarda rangli plyuminofora Bilan katta bo’lmagan yorqin tasvirlar yaratadi. Bu tasvirlar uchta ob`ektiv bilan optik mustaqil (alohida) kanallarda ekranga tushiriladi, bu erda optik aniq moslashadilar va umumiy rangli tasvirni tashkil etadilar. Proektorlarning bu turi 60 yildan ortiq vaqt mavjud bo’lib, hamma proektorlar orasida eng yuqori sifatli kartinkaga egadir. Ammo CRT proektorlarining hamma ustunliklarni to’la ko’rish, yuqori sifatli, professional video yozuvli,yaxshilab qorong’ilatilgan xonada, diogonali 2 metrdan boshlab, ekranda tomosha qilingandagina mumkin bo’ladi. CRT proektorlari juda ham katta bo’ladi (hammasi ham odatda 60 kg dan og’ir) va malaka, ehtiyotkorlik bilan aniq ishlashni talab etadi. Har qanday joyini o’zgartirilgandan keyin ekranda uchta boshlang’ich tasvirlarni birlashtirish, moslashtirish uchun mutaxassis tomonidan sozlashni talab etadi. Ulardan boy klublar va katta tashkilotlarda foydalaniladi, chunki bu tashkilotlar eng yaxshi sharoit va rang uzatish imkoniyatlariga egadir. Kichik zallarda faqatgina statsionar qurilma sifatida foydalaniladi. - Qaytarilayotgan yorug’lik (nur) oqimini modulyatsiyalaydigan proektorlar (Light Vale yorug’lik klapanli proektorlari va ILA – Image Light Amplifier proektorlari)dir. Bu turdagi proektorlar yorug’lik oqimini qaytarish va uni modulyatsiya qilish asosida ishlaydilar. Bu turdagi ko’plab proektorlardan CRT proektsion kineskopi asosidagi (Cathode – Ray Tube – el. Nurli trubka) Light Vale yorug’lik klapanli proektorlar va u ham CRT-kineskoplari va mikroko’zgulimodulyatorlar asosidagi ancha yangi ILA proektorlari eng ko’p foydalaniladiganlari hisoblanadi. Light Vale yorug’lik klapanli proektorlarida quyuq rangsiz suyuqlik (moy)ning yupqa yuzasining unga elektronning tushishi ostida deformatsiyalanishi fizik xossasidan foydalaniladi. Televizion tasvirning elektr maydoni ta`siri ostida suyuqlikning yupqa qatlamida yorug’lik oqimini modulyatsiya qiluvchi difraktsion to’siq vazifasini bajaruvchi relefli rastr paydo bo’ladi. ILA texnologiyasi Hughes-IVE qo’shma korxonasining mahsuloti bo’lib, 1992 yildayoq bu tenxnologiyaning imkoniyatlari tajribalar bilan isbotlangan edi 3000 TVL (televizion tarmoq uchun, misol uchun televizorda tasvir zichligi 280-400 TVL) tasvir zichligida yorug’lik oqimi 12000 lyumengacha va kontrastligi 1000:1 gacha bo’ldi. 1996 yil Yaponiyada ILA savdo markasida birinchi namunalari ishlab chiqarildi. Ammo bu turdagi proektorlardan keng foydalanib bo’lmaydi, narxi ham qimmat, hajmi ham to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun bu maqolamizda uning ishlash printsiplarini tushuntirib o’tmaymiz, lekin ular bunga loyiqdirlar Interaktiv doska – bu kompyuterdagi tasvirlarni proektor orqali namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta’minot matn, rasm, video va audio ma’lumotlar va ob’ektlar, hamda Internet-resurslar bilan ishlash va ular ustiga yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi. Interaktiv doska nafaqat taqdimot ko‘rinishidagi ma’lumotlarni, balki barcha turdagi ma’lumotlarni berish bilan birga odatiy matn yozish (konspekt qilish)ni bartaraf etib, vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini beradi. Tinglovchilar dars yakunida dars jarayonida keltirilgan barcha ma’lumotlar va yozuvlarni fayl ko‘rinishida yozib olish va undan keyinchalik ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Interaktiv doskalar ma’lumot olish samaradorligini oshiradi. Barqarorlashib ulgurgan interaktiv texnologiyalarning dunyobozori mavjud bo‘lib, uning o‘z etakchilari va o‘rtamiyonalari mavjud. Ularning hammasi ham biznes, ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalar uchun texnologiyalar ishlab chiqadi. To‘lig‘icha buyurtmachiga yo‘nalgan kompaniyalarning paydo bo‘lishi soha rivojiga qo‘shimcha impuls bag‘ishladi. Endilikda bu kabi kompaniyalar ishi mijozlar fantaziyasi va mablag‘lari byudjetiga bog‘liq bo‘lib qoldi. Interaktiv jihozlar ishlab chiqarishda dunyoda etakchilik qilayotgan Prometheam (Buyuk Britaniya, Activboard interfaol sinf doskalari), Interwrite Learning (AQSH, Interwrite tm Board), Smart Technologies Inc (Kanada, SMART Board), Hitachi (YAponiya, Hitachi Starboard IT)), Polyvision (Koreya, Poly Vision IT), Panasonic (YAponiya, Panasonic Panaboard nusxa ko‘chiruvchi va interfaol doskalar) va boshqalar nafaqat interaktiv qurilmalarni boshqarishni, mashg‘ulotlar davomida ilovalar yaratish va boshqa funksiyalarni, balki anchagina samarador ishlashni ham tutib turadigan ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minotni taklif qilishadi. Ta’lim oluvchilar kabi o‘qituvchi ham ma’ruza konspektining yoki boshqa mashg‘ulotning istalgan o‘rniga, muhim jihatlarni yodga olish, xotirada tiklash uchun qatnashishi mumkin, konspektning o‘zi esa harakatlar ketma-ketligi va real mashg‘ulotning umumiy muhitini qayta yaratadi. Bunday o‘quv materialining jiddiy farqi ularning samaradorligidan iborat: o‘qituvchi materialning (matn, grafik, interfaol) sharhlab berish va mustahkamlash zarur bo‘lgan o‘rinlariga e’tiborini jamlaydi, materialni passiv taqdim qilish bilan taqqoslaganda yaxshiroq tushunish va o‘zlashtirishga erisha boradi. Interfaol doskalarda qo‘llanadigan texnologiyalar to‘rt asosiy tipga bo‘linadi: Interfaol elektron doskalardan o’qitishda foydalanish Hozirgi kunda Respublikamiz ta’lim muassasalari o‘quv jarayonida asosiy talablardan biri zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib talabalarning o‘zlashtirish darajasini oshirish, ularni mustaqil ta’limga o‘rgatish, berilayotgan bilimlarni tushunishlarini ta’minlash yo‘llarini yaxshilashdan iborat. O‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnik vositalaridan biri - interfaol elektron doskalari hisoblanadi. Ular oddiy markerli doskalar kabi ko‘rinishga ega bo‘lib, ularda yozilayotgan har bir matn, grafik ko‘rinish, chizma, jadval kabilar daqiqalarda tez doska displeyida paydo bo‘ladi. Elektron doskalarning ta’limda asosiy afzalliklari quyidagilar: Auditoriya talabalarni diqqat-e’tiborlarini bir obyektga yo‘naltirish; Dars mavzusiga oid natijalardan nusxa olish, elektron pochta orqali jo‘natish, saqlash imkoniyatlarining mavjudligi; Dars jarayonida matn, tovush, animatsiya, grafikalardan birgalikda foydalanish imkoniyatining kengligi; Mavzuni tushuntirish jarayonida ma’lumotlarni tahrirlash uchun elektron qalamdan foydalanishning mavjudligi; Hozirgi kunda Respublikamizdagi ta’lim muassasalari o‘quv auditoriyalarida Prometneon LTD firmasi ishlab chiqargan Activboard interfaol elektron doskalaridan keng foydalanib kelinmoqda. Activboard interfaol elektron doskalari konferensiya prezentatsiyalarini namoyish etish uchun mo‘ljallangan qulay texnika vositasi hisoblanadi. Interfaol elektron doska ACTIVboard dasturiy ta’minotlarda ishlash imkoniyatini beradi va bu orqali sizni tinglab turuvchi auditoriya a’zolariga ma’lumotlarni yetkazish sifatini oshiradi. Activboard interfaol elektron doskalaridan foydalanish auditoriyadagi har bir qatnashuvchining faol ishtirokiga imkon yaratadi. Elektron qalam orqali kompyuterni sichqoncha kabi boshqarish mumkin. ACTIVboard - interfaol elektron doska 1,25 m, 1,62 m, 1,99 m yoki 2,45 m diagonalli bo‘lib, kompyuter va proyektor bilan birgalikda ishlaydi. elektron qalam faol ekran orqali kompyuterni boshqarib, qalam kontekst menyu va bajaruvchi ikkita tugmachadan iborat. ACTIVboard - interfaol elektron doskaning Windows tizimining istalgan ilovasida ishlay oladi . Infraqizil portli panel yordamida faol ekranni auditoriyaning istalgan joyidan turib boshqarish mumkin. Bu kabi yangi texnika vositalari va texnologiyalari yordamida ta’limda dars samaradorligini oshirish hozirgi kunda oldimizga qo‘yilgan maqsad bo‘lishi lozim. Oliy ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan informatika va axborot texnologiyalari fanidan “Kompyuterning dasturiy ta’minoti” mavzusini zamonaviy texnika vositalari va texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan dars jarayonini ko‘rib chiqamiz. 2.2 “Kompyuterning dasturiy ta’minoti” mavzusini zamonaviy texnika vositalari va texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan dars ishlanmasi. Download 54.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling