Isroil davlat o'qitish tizimi Reja
Download 22.95 Kb.
|
Isroil davlat o\'qitish tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nobel mukofoti sovrindorlari
O‘qituvchilar masalasi
Isroil oliygohlarida professor o‘qituvchilarni hatto talabalar ham ismi bilan chaqirishadi. Bu yerda professorlarga rasmiy ohangda murojaat qilish kerak, degan stereotip yo‘q. Buni o‘qituvchi va talaba o‘rtasida yaqin munosabat yo‘lga qo‘yilishida foydali, deb hisoblash mumkin. Bugungi kunda, umuman ta'lim sohasi vakillari o‘rtacha 4500 AQSh dollari miqdorida maosh olishadi va bu mamlakatdagi o‘rtacha oylik ish haqidan 3 barobar ko‘p demakdir. Nobel mukofoti sovrindorlari Isroilliklar nobel mukofotini qo‘lga kiritish borasida yetakchi hisoblanishi yangilik emas. Umumiy hisobda 200ga yaqin yahudiy millatiga mansub olimlar, 10dan ortiq isroilliklar bu mukofotga loyiq deb topilgan. Mening fikrim Tahlil natijasini aytadigan bo‘lsak, Isroil va O‘zbekiston ta'lim tizimlari o‘rtasida bir qarashda yaqqol ko‘zga tashlanadigan katta farq yo‘qdek. Chunki ularda ham o‘sha qat'iy intizom mavjud, oliygohda 3 marta ma'ruzani qoldirgan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi, talabalar yetakchilik mahoratini oshirish maqsadida o‘zimizdagi Yoshlar ittifoqiga o‘xshash harakatlarga a'zo bo‘ladilar. Lekin savol tug‘iladi: Natija qanday? Bizdan ham «Nobelchilar» chiqadimi? O‘zbekistondagi aksariyat talabalar universitetdagi o‘quv jadvaliga kiritilgan ba'zi fanlardan shikoyat qilishadi: «Men huquqshunos bo‘lmoqchiman, oliy matematikani o‘zim xohlamasdan o‘rganishimdan nima naf?» Balki Isroildagi kabi mutaxasislik fanlariga ko‘proq kuch berib, «ortiqcha» fanlarni kesish hisobiga mustaqil ta'lim va qo‘shimcha mashg‘ulotlar uchun vaqt ajratgan ma'quldir? Turli sohalarda qisman va yuzaki bilim olish o‘rniga, bor diqqatni avvalboshdan muayyan yo‘nalishga qaratgan nechog‘lik foyda keltirar ekan? Axir resurslar (e'tibor, vaqt, kuch) qayerga eng ko‘p yo‘naltirilsa, shu yerda natija salmoqliroq bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyoti: Moti Bassok (2014 yil 8 oktyabr). "Vazirlar Mahkamasi 2015 yilgi 88 milliard dollarlik byudjetni tasdiqladi". Haaretz. Olingan 4 iyul 2015. Download 22.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling