Isroilova gulnozaxonning botanika fanidan kasallik qo
Download 192,78 Kb.
|
Gulnoza
- Bu sahifa navigatsiya:
- «KASALLIK QO’ZG’ATUVCHI BIR HUJAYRALILAR » Mavzusida tayyorlagan KURS ISHI Ilmiy rahbar: D.Toshpo’latova
- 1. Sporazoa tipining(yoki sinfining) umumiy tavsifi va tasnifi. 2. Kasallik qozgatuvchi bir hujayralilar vakillarining tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA KAFEDRASI 5110400-Biologiya bakalavr ta’lim yo’nalishi II kurs 203-guruh talabasi ISROILOVA GULNOZAXONNING BOTANIKA FANIDAN «KASALLIK QO’ZG’ATUVCHI BIR HUJAYRALILAR » Mavzusida tayyorlagan KURS ISHI Ilmiy rahbar: D.Toshpo’latova Qo’qon – 2023 MAVZU: KASALLIK QO’ZG’ATUVCHI BIR HUJAYRALILAR REJA: KIRISH. ASOSIY QISM. 1. Sporazoa tipining(yoki sinfining) umumiy tavsifi va tasnifi. 2. Kasallik qo'zg'atuvchi bir hujayralilar vakillarining tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. 3. Kasallik qo'zg'atuvchi bir hujayralilar vakillarining qo’zg’atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. XULOSA. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH. Botanika - tiriklikning bir qismi bo‘lgan o‘simliklarni o‘rganuvchi fan hisoblanadi. «Botanika» so‘zi yunoncha «botane» so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘kat, o’t degan ma’noni bildiradi. Hozirgi kunda planetamizda 500 millionga yaqin o‘simlik turlari bo‘lib, planetamizning hamma joyida: 149 mln km2 iborat quruqlikda hamda 361 mln km2 maydonni egallagan okean va dengizlardan tashkil topgan suvliklarda keng tarqalgandir. Mana shu o‘simliklaming morfologik va anatomik tuzilishini, ularni tashqi muhit bilan hamda o'zaro munosabatlarini, ularda yuz beradigan barcha hayotiy jarayonlar: oziqlanish, fotosintez, nafas olish, ko’rpayish, transpiratsiya, moslashish kabi tiriklik xususiyatiarini, ulami evolutsion taraqqiyot jarayonidagi rivojlanishi hamda yer yuzi bo‘ylab tarqalish qonuniyatlarini, bu o‘simliklarni yaqin va uzoq belgilariga asoslanib filogenetik sistemaga solishni, o‘simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish yo‘llarini botanika fani o‘rganadi. Kurs ishi maqsadi: Parazitologiya parazitlar morfologiyasi, anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi, embriologiyasi, ekologiyasi, geografiyasi, tasnifi, filogeniyasi hamda parazit va xo’jayin orasidagi munosabatlarni tekshiradi. Kurs ishi vazifasi: Parazitologiya (yunoncha ikkita so’zdan kelib chiqqan bo’lib, parasitos - tekinxo’r, parazit va logos - ta’limot, fan demakdir) -- kompleks biologiya fanining bir tarmog’i xisoblanib, parazitizm, hodisalari, ya’ni parazit bilan xo’jayin o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, ularning tashqi muhit omillariga bog’liqligi, odam, hayvon va o’simliklarda uchrovchi parazitlar va ular qo’zg’atadigan kasalliklar hamda bu kasalliklarga qarshi kurash usullarini o’rganadigan fan. Mavzuni dolzarbligi: Umuman, parazitlarni o’rganish ob’ektlariga ko’ra tibbiyot parazitologiyasi, veterinariya parazitologiyasi, agronomiya (o’simliklar) parazitologiyasi va umumiy parazitologiyaga bo’linadi. Parazitologiya ko’pgina biologik, tibbiyot va veterinariya soxasidagi maxsus fanlar bilan chambarchas bog’langan. Parazitlarning tavsifi, morfologiyasi, biologiyasi va tasnifini o’rganish bilan zoologiya fani shug’ullansa, ular qo’zg’atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini o’rganish bilan esa patologik anatomiya, patalogik fiziologiya, immunologiya, virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya, bioximiya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, zoogigiena va boshqa fanlar shug’ullanadi hamda ulardagi tadqiq etish usullaridan keng foydalaniladi. Kurs ishi predmeti: Parazitlar xaqidagi ma’lumotlar qadim zamonlardan beri fanga ma’lum. Eramizdan ancha ilgari yassi chuvalchanglarning vakillari hamda askarida xaqida qo’lyozmalar saqlangan. Eramizdan oldingi 460-375 yillarda yashagan atoqli olim va shifokor Gippokrat birinchi bo’lib fanga ‘askaridoz’ degan tushunchani kiritgan. Kurs ishi obyekti: U odamlarda uchraydigan askarida, ostrisa, yassi chuvalchanglarning ayrim turlari bilan birga hayvonlar parazitini (exinokokkni) ham aniqlagan. Gippokrat gel’mintlarni invazion kasalliklarning qo’zg’atuvchisi emas, balki o’z-o’zidan vujudga keladigan biror kasallikning oqibati deb noto’g’ri tushuncha bergan. Kurs ishi muammosi: Parazitlarning tavsifi, morfologiyasi, biologiyasi va tasnifini o’rganish bilan zoologiya fani shug’ullansa, ular qo’zg’atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini o’rganish bilan esa patologik anatomiya, patalogik fiziologiya, immunologiya, virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya, bioximiya, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, zoogigiena va boshqa fanlar shug’ullanadi hamda ulardagi tadqiq etish usullaridan keng foydalaniladi. Download 192,78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling