Issiq, iliq va sovuq asfalьtbetonlarga bo‘linadi. Issiq asfalьtbeton
Download 78 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Piknometr usuli bilan asfalьtbeton qorishmasining haqiqiy zichligini aniqlash.
- Zaruriy jihozlar
r0 – mineral to‘ldiruvchilarning haqiqiy zichligi, g/sm3;
rv – bog‘lovchi materialning haqiqiy zichligi, g/sm3. Mineral to‘ldiruvchilarning haqiqiy zichligi hisoblash yo‘li bilan hamda chaqiqtosh, qum va mineral kukunlarning taxminiy belgilangan zichliklari hamda qorishma tarkibidagi miqdorlariga asoslangan holda aniqlanadi. Mineral to‘ldiruvchilarning haqiqiy zichlikgi 10 kg/m3 aniqlikda quyidagi formula yordamida aniqlanadi. ρ0 = 100 / (q1/ρ1 + q2/ρ2 + q3/ρ3 + ….. + qn/ρn) bu yerda: q1; q2, ... qn – qorishmadagi alohida mineral to‘ldiruvchilarning hajmiy miqdori, %; ρ1, ρ2, ... ρp - qorishmadagi alohida mineral to‘ldiruvchilarning haqiqiy zichligi, g/sm3. Piknometr usuli bilan asfalьtbeton qorishmasining haqiqiy zichligini aniqlash. Bunda maxsus ivituvchi moddalar qo‘shilgan distillangan suv ishlatiladi (ivituvchi moddalarni yumshatish uchun ishlatiladi, yumshatuvchi moddalar distillangan suv bilan 1:1 nisbatda 50% li aralashma holida ishlatiladi).
Ish tartibi. Piknometr usulida asfalьtbeton qorishmasining o‘rtacha namunasi yoki yo‘l qoplamasidan o‘yib olingan namunalar 10 mm.dan katta bo‘lmagan holda maydalanadi va 0,01 g aniqlikda 50-200 gr miqdorda ikki bo‘lak namuna tortib olinadi. Hajmi 250 yoki 500 ml bo‘lgan toza va quruq kolba taroziga tortiladi, keyin kolba belgisigacha 1 litr suvga 15 g 50% li aralashma qo‘shilgan 20±2 0C haroratli distillangan suv bilan to‘ldirib, ushbu haroratda 30 minut saqlanadi va tortiladi. Tortishdan avval suvning belgidan kamaymaganligi tekshiriladi, zarur bo‘lsa qo‘shimcha suv quyiladi. Keyin suvni to‘kib tashlanadi va kolba quritiladi. Har bir tortib olingan namunani quruq kolbaga solinadi va ustiga 0,4 g (30 tomchi) 40%li aralashma qo‘shiladi, so‘ngra kolbaning 1/3 qismigacha 1 litr suvga 15 g 50% li aralashma qo‘shilgan 20±2 0C haroratli distillangan suv quyiladi va aralashtiriladi. Kolbani 1 soatga vakuumga qo‘yiladi, bunda vakuum priborning bosimi 20*102 Pa.dan oshmasligi lozim. Keyin kolbani belgisigacha 1 litr suvga 15 g 50% li aralashma qo‘shilgan 20±2 0C haroratli distillangan suv bilan to‘ldiriladi va ushbu haroratda 30 minut saqlangach o‘lchanadi. Tortishdan avval suvning belgidan kamaymaganligi tekshiriladi, zarur bo‘lsa qo‘shimcha suv quyiladi. Asfalьtbeton qorishmasining yoki yo‘l qoplamasidan o‘yib olingan namunaning haqiqiy zichligi 10 kg/m3 aniqlikda quyidagi formula bilan aniqlanadi: gp/sm3 Bu yerda: m0 - namunaning og‘irligi, gr; m1 - suvli kolbaning og‘irligi, gr; Download 78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling