Issiqlik almashinish jarayonlari qurilmalari konstruksiyalari


Download 55.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana02.06.2024
Hajmi55.33 Kb.
#1835053
  1   2   3   4
Bog'liq
1- tema. Kirish.Issiqlik almashtir



Tema-1. ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONLARI QURILMALARI 
KONSTRUKSIYALARI 
 
Reja: 
1.1. «Kimyo sanoati mashina va jihozlari» fanini o‘qitishdan maqsad 
1.2. «Kimyo sanoati mashina va jihozlari» fanining kelib chiqishi va kimyo 
sanoatining rivojlanishidagi mohiyati 
1.3 Umumiy ma’lumotlar 
1.4.Issiqlik almashinish qurilmalarini klassifikatsiyalanishi 
«Kimyo sanoati mashina va jihozlari» fanini o‘qitishda bakalavrlarni kimyo 
texnologiyasining qurilmalarini hisobida gidromexanik, issiqlik va modda 
almashinish va kimyoning reaksiyalarining makrokinetikasining qonuniyatlarini 
kimyoviy usunalarini hisobida to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatish. Undan tashqari, bu 
fanda bakalavrlarni mashina va apparatlarni, ularda o‘tib boradigan jarayonning 
o‘ziga xosligini hisobga olgan holda, konstruktiv tuzilishi bilan tanishtirish. 
Fanni o‘zlashtirgan talaba: 
- kimyo, neft va neft-gazni qayta ishlash va boshqa sanoatlar texnologiyasida 
asosiy qurilma va mashinalarning konstruktiv, mustahkamlik va mexanik 
hisoblarini bilib oladi, hamda loyihalashning asosiy prinsiplari va qoidalarini yorita 
oladi; 
- kimyo, neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasidagi jarayonlarni 
qurilmalar bilan jihozlashni biladi; 
- texnologik jarayonlar uchun samarador qurilma va mashina tanlay oladi; 
qurilma va mashinalarni tahlil qilib asosiy detallarini hisoblay oladi;
- nasos, kompressor, cho‘ktigich, filtr, siklon, aralashtirgich, isitkich, 
bug‘latkich, absorber, adsorber, rektifikatsiya kolonnalari, sovutgichlar, 
ekstraktorlarni asosiy o‘lchamlarini hisoblab aniqlaydi;
- nostandart va namunaviy texnologik qurilma, uskuna, jihozlarni loyihalay 
oladi. 
Kimyo, neft va gazni qayta ishlash, metallurgiya, oziq-ovqat va boshqa sanoat 
korxonalarida hamma sohalar uchun umumiy bo‘lgan apparat va qurilmalarni, 
kimyo, neft va neft-gazni qayta ishlash va boshqa sanoatlar texnologiyasida asosiy 
qurilma va mashinalarning konstruktiv, mustahkamlik va mexanik hisoblarini 
bilib oladi, hamda loyihalashning asosiy prinsiplari va qoidalarini yorita oladi, 
kimyo, neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasidagi jarayonlarni qurilmalar 
bilan jixozlashni . texnologik jarayonlar uchun samarador qurilma va mashina 
tanlay oladi; qurilma va mashinalarni tahlil qilib asosiy detallarini hisoblay oladi, 


nostandart va namunaviy texnologik qurilma, uskuna, jihozlarni loyihalay oladi, 
nasos, kompressor, cho‘ktirgich, filtr, siklon, aralashtirgich, isitkich, bug‘latkich, 
absorber, adsorber, rektifikatsiya kolonnalari, sovutgichlar, ekstraktorlarni asosiy 
o‘lchamlarini hisoblab aniqlaydi. 
1.2« Kimyo sanoati mashina va jihozlari» fanining kelib chiqishi va kimyo 
sanoatining rivojlanishidagi mohiyati 
«Jarayon va qurilmalar» fanining kelib chiqishi kimyo sanoatining rivojlanishi 
bilan bogliq bo‘lib, XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi va 
juda qisqa vaqt ichida ko‘pchilik mamlakatlar xalq xo‘jaligining muhim 
tarmoqlaridan biriga aylandi. Kimyo sanoatining rivojlanishi bilan turli sanoatdagi 
jarayonlarni umumlashtiruvchi, mashina va qurilmalarning hisobini ratsional hal 
etuvchi fanga eµtiyoj kuchaydi. 
Ushbu fanni kelib chiqishida Rossiya, AQSH olim va muxandislarining 
xissalari katta. Birinchi bo ‘lib, 1828 yilda kimyo sanoatining turli sohalarida 
qo‘llaniladigan asosiy jarayon va qurilmalarning umumiy qatori to‘g‘risidagi 
g‘oyani prof. F.A.Denisov bildirdi. So‘ng esa, D.I.Mendeleev kimyoviy 
texnologiya asosiy jarayonlarining klassifikatsiyasini tuzib chiqdi. XIX asrning 
oxirida Sankt-Peterburg texnologiya institutining professori A.K.Krupskiy «Asosiy 
jarayonlar va qurilmalarni hisoblash va loyihalash» fani bo‘yicha ma’ruza o‘qiy 
boshladi.
Undan keyin, Moskva oliy texnika universitetida prof.I.A.Tishenko ushbu fan 
bo ‘yicha ma’ruza o ‘qiydi. Shuning uchun, professorlar A.K.Krupskiy va I.A 
Tishenkolar «Jarayonlar va qurilmalar» fanining asoschilari hisoblanadi. 1923 yili 
AQSH olimlari Uoker, Lyuis va Mak-Adamslarning «Jarayon va qurilmalarning 
prinsiplari» nomli kitobi chop etiladi. 
«Jarayon va qurilmalar» to‘g‘risidagi fanning ayrim bo ‘limlarini ishlab 
chiqishda prof.I.A.Tishenko (bug‘latish qurilmalarini µisoblash nazariyasi), 
prof.D.P.Konovalov (suyuq aralashmalarni haydashning nazariy asoslari), 
prof.L.F.Fokin va prof.K.F Pavlov (original
va chuqur mazmunli monografiyalari) 
katta xissa qo‘shishdi.
Prof.D.P.Konovalov kimyoviy texnologiya fanining asosiy vazifasini 
quyidagicha «Kimyoviy texnologiyaning eng asosiy vazifasi shundakim, u 
jarayonlar o‘tishi uchun eng qulay shart-sharoitlarni topish va ularga mos sanoat 
asboblari va mexanik uskunalar loyiµalashtirish» - deb belgilagan. 
Rossiyada jarayon va qurilmalar fani D.I.Mendeleev nomli kimyo-
texnologiya institutida alohida rivoj topdi. Bu institutdagi ilmiy maktablarga A.G. 


Kasatkin, V.V Kafarovlar rahbarlik qilishgan; MIXMda - A.N. Planovskiy; 
M.V.Lomonosov nomli MITXTda - N.I. Gelperin. 
Ilmiy maktablar Lensovet nomli LTI da (P.G.Romankov), KTIPP da 
(V.N.Stabnikov, V.M.Lisyanskiy) ham tashkil etilgan. 
O‘tgan asrning 70-80 yillarida shu darslik mualliflaridan tashqari Z.Salimov, 
O.K.Ubaydullaev, V.I.Levsh va boshqalar jarayon va qurilmalar fani bo‘yicha 
yangi yo‘nalishlarga ilmiy raµbarlik qilishdi, katta yutuqlarga erishishdi, o‘z ilmiy 
maktablarini tashkil etishdi va shu kungacha faol ishlab kelishmoqda.
90-yillarda M.M.Yusipov (ion almashinish jarayonining nazariy asoslari), 
B.E.Muxamedov (paxta chigiti shrotidan erituvchini ajratish), SH.N.Nuritdinov 
(qattiq 
faza 
ishtirokidagi 
massa 
almashinish 
jarayonlarini 
modellash),
U.V.Mannanov (murakkab reaksion-ajratish jarayonlarida issiqlik va massa 
almashinish) lar doktorlik dissertatsiyalarini yoqlashdi va shu kungacha o‘z 
izlanishlari bilan jarayon va qurilmalar fanining rivojlanishiga o‘z xissalarini 
qo‘shib kelishmoqda.
Xalq xo‘jaligining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot sifatiga yuqori talablar qo‘yadi. Bu esa, o‘z navbatida zamonaviy, yuqori 
unumdorlikka ega va samarador qurilma va mashinalar yaratishni va qo‘llashni
taqozo etadi. Kimyo mashinasozligi tomonidan chiqarilayotgan kam unumdorli, 
texnologik parametrlari kichik oraliqda o‘zgaruvchi, ko‘p metal sarflovchi va 
qo‘pol qurilmalar o‘rniga yirik va murakkab, past va yuqori temperatura (<3000º
C) larda, vakuum va 300 MPa bosimlarda, o‘ta agressiv muhitlarda samarali 
ishlovchi mashina va qurilmalar texnologik tizimlarda qo‘llanilmoqda. Albatta, 
mashinasozlik va qurilmasozlikda texnik taraqqiyot, montaj va payvandlash 
texnikasida samarali uskunalarni tadbiq etish, hamda nazoratning puxta va 
ishonchli usullari yaratilishi tufayli bunday imkoniyatlar paydo bo‘ldi.
Kimyo sanoati mahsulotlari, chunonchi mineral o‘g‘itlar, kimyoviy tola va 
iplar, sintetik ammiak, lak-bo‘yoqlar va boshqalar eksport qilinadi. 

Download 55.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling