Issiqlik almashinish jarayonlari qurilmalari konstruksiyalari


Download 55.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.06.2024
Hajmi55.33 Kb.
#1835053
1   2   3   4
Bog'liq
1- tema. Kirish.Issiqlik almashtir

Mехаnik jаrаyonlаr - bu jismlаrning o‘zаrо mехаnik tа’siridir. Bulаrgа 
mаydаlаsh, frаksiyalаrgа аjrаtish, prеsslаsh vа bоshqаlаr misоl bŏlаdi.
Jаrаyonning tаshkil qilinishigа qаrаb, ulаr uzluksiz, dаvriy vа 
kоmbinаsiyalаshgаn turlаrgа bo‘linаdi. 
Аgаr jаrаyonning hаmmа bоsqichlаri bir qurilmаdа birin-kеtin bаjаrilsа, u 
dаvriy jаrаyon dеyilаdi. Bundа dаstlаb kurilmа хоm аshyo bilаn tŏldirilаdi, kеyin 
ishlоv bеrish bоshlаnаdi vа ushbu оpеrаsiya tugаgаch qurilmаdаn tаyyor mаhsulоt 
bŏshаtib оlinib, jаrаyonning bоsqichlаri bоshqаdаn tаkrоrlаnаdi. 
Аgаr jаrаyonning хаmmа bоsqichlаri bir vаqtning o‘zidа qurilmаning turli 
qismlаridа yoki bir-biri bilаn bоg‘lik bo‘lgаn bir nеchа qurilmаdа bаjаrilsа, u 
uzluksiz jаrаyon dеyilаdi. Mаsаlаn mаhsulоtni kоnvеyеr qurilmаdа quritish 
jаrаyoni. 
Kondensator – bug‘ sovituvchi yordamida kondensatga aylanadigan qurilma. 
Mavhum qaynash - kolonna ichiga mayda donador material solib, uning 
pastki qismidan gaz va suyuqlik berilganda zarrachalarning intensiv harakatlanishi. 
Rektifikatsiya - ikkita suyuqlik aralashmasini bir necha marta bug‘latib, 
bug‘ va kondensatini aralashtirib engil uchuvchan komponentini ajratib olish. 


Ekstraktsiya - bironta suyuqlikdagi qattiq jismlardagi komponentni 
erituvchidan eritib ajratib olish. 
Fil'trlash - fil'tr to‘siqlaridan gaz va suyuqlik aralashmalaridagi qattiq va 
mayda zarrachalarni ushlaб qolish. 
 

1.4. Issiqlik almashinish jarayonlari qurilmalarini klassifikatsiyalanishi


Ma’lumki, sanoatning turli sohalarida xilma-xil xom - ashyo va mahsulotlarni 
qayta ishlashda issiqlik almashinish jarayonlari va ularni amalga oshiruvchi 
qurilmalar juda keng miqyosda qo‘llaniladi. Jarayonlarni o‘tkazish shartlari va 
qurilmalarni qo‘llash sohasiga qarab, issiqlik almashinish qurilmalarning tuzilishi 
turlicha bo‘ladi. 
Ishlash prinsipiga qarab issiqlik almashinish qurilmalari: 
-sirtiy (rekuperativ), 
- regenerativ,
-aralashtiruvchi (gradirnya, skrubber, aralashtiruvchi kondensator va h.) 
qurilmalarga bo‘linadi. 
Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik eltkichlar devor bilan 
ajratilgan bo‘lib, ularda bir muhitdan ikkinchisiga issiqlik ushbu devor orqali 
uzatiladi. Konstruksiyasiga ko‘ra sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari qobiq - 
trubali, zmeevikli, plastinali, spiralsimon, qirrali, g‘ilofli, blok-grafitli va maxsus 
issiqlik almashinish qurilmalariga bo‘linadi. 
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida bir issiqlik almashinish yuzasi 
galma-gal issiq va sovuq eltkichlar bilan yuvilib turadi. Agar, issiqlik almashinish 
yuzasi issiq eltkich bilan yuvilib tursa, muhitning issiqligi hisobiga isiydi, sovuq 
eltkich bilan yuvilganda esa - o‘z issiqligini beradi. Shunday qilib, issiqlik 
almashinish yuzasi issiqlik eltkichning issiqligini yig‘ib oladi, so‘ng esa sovuq 
eltkichga beradi. 
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikkala eltkich bevosita 
o‘zaro aralashuvi paytida issiqlik almashadi. 
Issiqlik almashinish turiga qarab qurilmalar isitkich, bug‘latkich, sovutkich va 
kondensatorlarga ajratiladi. 

Download 55.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling