Issiqlik almashinish jarayonlarining nazariy asoslari


Download 9.63 Kb.
bet1/3
Sana31.10.2023
Hajmi9.63 Kb.
#1735482
  1   2   3
Bog'liq
Issiqlik almashinish jarayonlarining nazariy asoslari-fayllar.org


Issiqlik almashinish jarayonlarining nazariy asoslari

Issiqlik almashinish jarayonlarining nazariy asoslari


Har xil haroratga ega bo'lgan jismlarda issiqlik energiyasining biridan ikkinchisiga о 'tishi issiqlik almashinish jarayoni deb ataladi. Nisbatan issiq va sovuq jismlarning harorati o'rtasidagi farq issiqlik almashinishining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Haroratlar farqi bo'lganda. tennodinamikaning ikkinchi qonuniga ko'ra. issiqlik energiyasi harorati yuqori bo'lgan jismdan harorati past bo'lgan jismga o'z-o'zidan o'tadi. Jismlar o'rtasidagi issiqlik ahnashinishi erkin elektron. atom va molekiilalarning o'zaro energiya ahnashinishi hisobiga sodir bo'ladi. Issiqlik ahnashinishida qatnashadigan jismlar issiqlik tashmrhilar deb ataladi. Issiqlik almashinish jarayonlari (isitish. sovitish. bug'latish. kondensatsiyalash va hokazo) sanoatning ko'pchilik tarmoqlarida keng tarqalgan. Issiqliq tarqalishining uchta asosiy tun bor: issiqlik o'tkazuvchanlik. konveksiya va issiqlikning nurlanishi. Bir-biriga tegib tnrgan kichik zarrachalarning tartibsiz xarakati natijasida yuz beradigan issiqlikning o'tish jarayoni issiqlik о 'tkazuvchanlik deyiladi. Gaz va tomchili simiqliklarda molekiilalarning harakati natijasida yoki qattiq jismlarda kristall panjaradagi atomlarning tebranishi ta'sirida yoxud metallarda erkin elektronlarning difftiziyasi oqibatida issiqlik o'tkazuvchanlik jarayoni sodir bo'ladi. Qattiq jismlarda. gaz yoki suyuqliklarning yupqa qatlamlarida issiqlik asosan issiqlik o'tkazuvchanlik orqali tarqaladi.
Gaz yoki simiqliklarda makroskopik hajmlarning harakati va ularni aralashtirish natijasida >nz beradigan issiqlikning tarqalishi konveksiya deb ataladi. Konveksiya ikki xil (erkin va majburiy) bo'ladi. Gaz yoki smaiqlik а>тип qismlaridagi zichliklarning farqi natijasida hosil bo'ladigan issiqlikning ahnashinishi tabiiy yoki erkin konveksiya deyiladi. Tashqi kuchlar ta'sirida (masalan. simiqliklarni nasoslar yordamida uzatish yoki ulami mexanik aralashtirgichlar bilan aralashtirish pallida) majburiy konveksiya paydo bo'ladi.
Issiqlik energiyasining elektromagnit to'lqinlar yordamida tarqalishi issiqlikning nurlanishi deb yuritiladi. Наг qanday jism o'zidan energiyani nurlatish qobiliyatiga ega. Nurlangan energiya boshqa jismga yutiladi va qaytadan issiqlikka aylanadi. Natijada nur bilan issiqlik almashinish jarayoni sodir bo'lib. u o'z navbatida nur chiqarish va nur yutish jarayonlaridan tashkil topadi. Haqiqiy sharoitlarda issiqlik almashinish alohida olingan biror usul bilan emas. balki bir necha usullar yordamida yuzaga keladi. ya'ni murakkab issiqlik o'tkazish jarayonlari amalga oshiriladi.
Issiqlik almashinish jarayonlari tegishli qurilmalarda olib boriladi. Issiqlik almashinish qurilmalarining ishlash rejimiga ko'ra jarayonlar ikki xil (turg'un va noturg'un) bo'ladi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalaraing turli nuqtalaridagi harorat vaqt davomida o'zgarniaydi. bunday qurilmalarda ketayotgan jarayon turg'un bo'ladi. Noturg'un jarayonlarda (da\Tiy ishlaydigan issiqlik almashinish qurilmalarida) harorat vaqt davomida o'zgarib turadi (masalan. isitish yoki sovitish paytida).
Fizik mohiyatiga ko’ra, quritish jarayoni murakkab diffuzion jarayondir. Uning tezligi, quritilayotgan material ichidan namlikning atrof muhitga tarqalishi, diffuziya tezligi bilan belgilanadi. Ma’lumki, quritish jarayoni bu issiqlik va modda (namlik) ning material ichida harakati va material yuzasidan atrof muhitga uzatilishidir. Shunday qilib, quritish bu issiqlik va massa almashinish jarayonlarining bir-biri bilan uzviy bog’langan majmuasidir.
Qattiq, nam materialga issiqlik ta’sir etish usuliga qarab quritish quyidagi turlarga bo’linadi:
1) konvektiv quritish - bunda nam material bilan qurituvchi eltkich bevosita o’zaro ta’sirda bo’ladi. Odatda, qurituvchi eltkich sifatida qizdirilgan havo yoki tutun gazlari ishlatiladi;
2) kontaktli quritish - issiqlik tashuvchi eltkich va nam material orasida ajratuvchi devor bo’ladi. Materialga issiqlik shu devor orqali izatiladi;
3) radiatsion quritish - nam materialga issiqlik infraqizil nurlar orqali uzatiladi;
4) dielektrik quritish - nam material yuqori chastotali tok maydonida uzatiladi;
5) sublimatsion quritish - nam material muzlagan holatda, yuqori vakuum ostida quritiladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, istalgan quritish usulida quritilayotgan nam material ko’pchilik hollarda issiq havo bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi. Konvektiv quritish sanoat texnologiyalarida juda ko’p ishlatiladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun nam materialga issiq havo ta’sirining ahamiyati katta. Shuning uchun, nam havoning asosiy xossalarini bilish quritish jarayonini o’rganish va hisoblash uchun zarur.

Download 9.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling