Issiqlik almashinish


Termik ajralish va murakkab birikmalarni paydo bo’lishi


Download 33.46 Kb.
bet2/5
Sana23.12.2022
Hajmi33.46 Kb.
#1048876
1   2   3   4   5
Bog'liq
1- ma’ruza kirish. Metallurgik jarayonlarda issiqlik vа mаssa al

Termik ajralish va murakkab birikmalarni paydo bo’lishi.
Metallurgik pechlarda qayta ishlanayotgan ruda, boyitma yarim mahsulot, flyus va reagentlar moddiy tarkibi jihatdan murakkab bo’lib, har xil kimyoviy birikmalardan iboratdir. Xom ashyo tarkibida ko’p uchraydigan birikmalarga, quyidagilar kiradi.

Karbonat – MeCO3

Gidrat – Me(OH)

Sulfid – MeS

Silikat – MeO·SiO2

Sulfat – MeSO4

Xlorid – MeCl

Oksid – MeO




Pechning ishchi hajmga ұerilgan shixta yuqori harorat ta’sirida bu murakkab birikmalardan oddiy birikmalar yoki elamentlarha parchalanadi – buni termik ajralish (parchalanish) deb ataladi. O’z navbatida pechda hosil bo’lgan erkin elementlar kislorod va oltingugurt bilan birikib oҺsidlar hamda sulfidlarni hosil qiladi.
Termik parchalanishga kerak bo’lgan issiqlikning miqdori kҸmyoviy reakstiyalarni issiqlik effektidan olinadi. Metallurgiyada tez-tez uchraydigan reakstiyalarni issiqlik effekti maxsus adabiyotlarda jadval va diagrammalar shaklida berilgan.
Bu jadavallarda standart sharoitda (250S, 1 at) karbonat, sulfid, sulfat, oksid, gidrat va xloridlar paydo bo’lish reakstiyalarini issiqlik effektlari keltirilgan. Ma’lumotlardan foydalanib har qanday reakstiyalarni issiqlik effektini hisoblash mumkin. Gess qonuniga asosan, reakstiyaning issiqlik effekti. Reakstiyaga kirishayotgan moddalarni kimyoviy formulaga asosan stixometrik koeffistientlarini hisobga olgan xolda oxirgi mahsulotni paydo bo’lishning issiqlik effekti yig’indisini dastlabki moddalarni hosil bo’lishdagi issiqlik effekti yig’indisi farqi aniqlanadi.
Masalan: 1kg 1mol CaCO3 parchalanishiga kerak bo’lgan issiqlik miqdorini aniqlash kerak bo’ladi. Dastlab jarayon reakstiyasini yozib olamiz.
CaCO3 = CaO + CO2
So’ngra jadvalda birikmalarni hosil bo’lishdagi issiqlik miqdorini topamiz:
CaO uchun – 633,3 kDj/mol;
CO2 – 392,9 kDj/mol;
CaCO3 - 1205,5 kDj/mol.
va kerak bo’lgan umumiy issiqlik Q miqdordan hisoblab topamiz:
Q = (633,3 + 392,9) - 1205,5 = - 179,3 kDj/mol.
Misoldan ko’rinib turibdiki 1mol CaCO3 termik parchalanish uchun Q =179,3 kDj/mol issiqlik talab etilar ekan.



Download 33.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling