1-Amaliy mashgʻulot: Neft. Neftni qayta ishlash va yarimfabrikatlarni tozalashning zamonaviy texnologiyalari
Download 34.57 Kb.
|
Экс.М. 1-амал.
1-Amaliy mashgʻulot:Neft. Neftni qayta ishlash va yarimfabrikatlarni tozalashning zamonaviy texnologiyalari.Neftni birlamchi qayta ishlashNeftdan yonilgʻi va moylash materiallarini olish uchun turli fizikaviy va kimyoviy usullarni qoʻllashadi. Koʻp hollarda neft dastlab fizikaviy usulda tor fraksiyalarga ajratiladi, soʻngra bu fraksiyalar kimyoviy usullar bilan tayyor mahsulotlarga aylantiriladi. Neftni qayta ishlash zavodlarida bu jarayonlar oʻzaro bogʻlangan; qayta ishlanayotgan materiallar ishlov berishning bir bosqichida boshqasiga oʻtkaziladi. Bunda elektr energiyasi, issiqlik va suvdan kompleks foydalaniladi. Yer qa’ridan olingan neft suvsizlantiriladi va tuzsizlantiriladi hamda stabillashtiriladi, ya’ni unda erigan gaz chetlashtiriladi. Neftni toʻgʻri haydash – bu neft uglevodorodlarini ularning qaynash haroratlari boʻyicha birlamchi ajratish jarayonidir. Neftni fraksiyalarga ajratishning birlamchi jarayoni toʻgʻri haydash yoki distillyasiya deb ataladi. Haydash natijasida olingan neftning alohida fraksiyalari distillyatlar deb ataladi. Neftni toʻgʻri haydaydigan zamonaviy qurilma uzluksiz sikl boʻyicha ishlaydi. Qurilma atmosfera va vakuum rektifikatsion kolonnalaridan iborat boʻlib, bu kolonnalarda ularga kiritiladigan xom-ashyoning yetarli darajada toʻliq bugʻlanishini ta’minlaydigan sharoit (harorat, bosim) yaratiladi. 30-180 0S harorat oraligʻida qaynab ajraladigan neft fraksiyalari benzin; va mos ravishda 120-240 0S – ligroin; 150-280 0S – kerosin va reaktiv yonilgʻilar; 150-360 0S – dizel yonilgʻisi; 230-360 0S gazoyl; 280-380 0S – solyar yonilgʻisi distillyatlari deyiladi (1.3-rasm). Atmosfera rektifikatsion kolonnasigacha 350 0S gacha qizdirilgan neft kiritiladi. Neftni bundan yuqori haroratga qizdirish mumkin emas, chunki neft tarkibidagi ba’zi uglevodorodlarning termokimyoviy parchalanishi boshlanishi mumkin. Bu kolonnada neftdan yonilgʻi fraksiyalari haydalgandan soʻng ogʻir qoldiq (50 foizgacha) – mazut qoladi. Bugʻlanmagan qoldiq – mazut tarkibiga qarab moylovchi moylar ishlab chiqarish uchun xizmat qiladi yoki qozon va pech yonilgʻisi sifatida foydalaniladi. Mazut tarkibidagi neft fraksiyalarining atmosfera bosimida qaynash harorati atmosfera rektifikatsion kolonnasidagi haroratdan yuqori boʻladi. Mazutni fraksiyalarga ajratish uchun bosimni pasaytirish (vakuum hosil qilish) kerak. Shu sababli mazut alohida fraksiyalarga vakuum rektifikatsion kolonnasida (bosim 6…13 kPa) haydaladi. Vakuum kolonnasiga kiritilguncha mazut 430 0S gacha qizitiladi. Vakuum ostida mazut haydalganda moy distillyatlari deb nomlanuvchi moy olish uchun foydalaniladigan fraksiyalar qaynab ajraladi. Qaynash harorati boʻyicha yengil, oʻrta va ogʻir moy distillyatlarini ajratishadi. Moy distillyatlaridan olinadigan moylar distillyatlar deb ataladi. Download 34.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling