1-Amaliy mashgʻulot: Neft. Neftni qayta ishlash va yarimfabrikatlarni tozalashning zamonaviy texnologiyalari
Neft mahsulotlarini destruktiv (ikkilamchi) qayta ishlash texnologiyasi
Download 34.57 Kb.
|
Экс.М. 1-амал.
Neft mahsulotlarini destruktiv (ikkilamchi) qayta ishlash texnologiyasiNeftni birlamchi qayta ishlash jarayonlari (toʻgʻri haydash va h.k.) xalq xoʻjaligining yorugʻ neft mahsulotlarining miqdori va sifatiga boʻlgan talabini qondira olmaydi. Masalan, benzinning chiqishi birlamchi ashyoning 25% idan ortmaydi. Yorugʻ neft mahsulotlari chiqishining miqdorini koʻpaytirishga va ularning sifatini yaxshilashga faqatgina ikkilamchi jarayonlarni keng qoʻllab erishish mumkin. Ularga yuqori harorat (termik jarayonlar), yuqori harorat va katalizator (termokreking jarayonlar) yoki faqat katalizator ta’sirida (past haroratli katalitik jarayonlar) neftni qayta oʻzgartirish jarayonlari kiradi. Termik jarayonlar termik kreking, kokslash va pirolizga boʻlinadi. Termokatalitik jarayonlarga katalitik kreking, katalitik riforming, katalitik izomerlash va gidrogenizatsiyalash jarayonlari (gidrotozalash, gidrooltingugurtdan tozalash, gidrokreking) kiradi. Neftdan olinadigan yonilgʻi fraksiyalarini koʻpaytirish uchun yuqori haroratda qaynaydigan neft mahsulotlarini parchalash (destruksiyalash) yoʻli bilan qayta ishlashadi; bunda ogʻir uglerod molekulalari yengil molekulalarga parchalanadi. Uglevodorodlarni oʻzgartiradigan ushbu jarayon – kreking-jarayoni (kreking) deyiladi. Kreking ishlov berilayotgan ashyoni havosiz ma’lum haroratgacha qizdirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Jarayon katalizator ishtirokida (katalitik kreking) yoki katalizatorsiz (termik kreking) borishi mumkin. Termik kreking 470–540 0S haroratda va 2…4 MPa bosimda oʻtadi. Ashyo vazifasini neftning turli fraksiyalari – ligroin, kerosin, gazoyl va boshqalar oʻtashi mumkin. Termik krekingda benzinning chiqishi 25…30% ni tashkil qiladi. Termik krekingda ogʻir uglevodorodlar parchalanishi bilan bir qatorda sintez jarayoni boradi; bunda yuqori molekulali mahsulotlar hosil boʻladi. Kokslash. Ogʻir qoldiqlarni yoki yuqoriaromatlashgan distillyatlarni kokslash past bosimda oʻtkaziladi. Jarayon taxminan 0,5 MPa bosimda va 510…550 0S haroratda amalga oshiriladi, soʻngra koks 620 0S gacha qizdiriladi. Agar ogʻir ashyo (gudron va boshqalar)ning termik krekingi koʻp miqdorda koks olish yoʻnalishida olib borilsa yorugʻ neft mahsulotlari (benzin, kerosin, gazoyl va boshqalar)ning chiqishi sezilarli koʻpayadi. Piroliz. Sanoat ehtiyoji uchun gaz olish maqsadida neft va gaz ashyosining pirolizi (yuqori haroratli kreking) past bosimda (0,2…0,3 MPa) va 700…900 0S haroratda oʻtkaziladi. Katalitik kreking oʻtadigan harorat termik kreking haroratiga teng (470…540 0S), lekin atmosfera bosimiga yaqin bosimda va katalizator ishtirokida oʻtadi; bunda sintetik alyumosilikatli katalizatordan foydalaniladi. Ishlanayotgan ashyoning katalizator bilan kontakti 2…4 s davom etadi. Odatda vakuum-solyar ashyo vazifasini oʻtaydi. Alyumosilikatli katalitik kreking – neftni chuqur qayta ishlashning eng keng tarqalgan jarayonidir. Katalitik kreking maqsadi – yuqori sifatli bazaviy benzin olishdir. Katalitik riforming – naften va parafin uglevodorodlarining aromatik uglevodorodlarga oʻzgartirish davomida oʻtadigan past oktanli ogʻirlashgan benzin fraksiyalarini aromatlashtirish jarayonidir. Jarayon mahsuloti – yuqori oktanli aromatlashgan benzin hamda individual aromatik uglevodorodlar – benzol, toluol, ksiloldir. Gidrogenizatsiyalash jarayonlari – katalizatorlar ta’sirida uglevodorodlarga vodorod qoʻshish va tarkibi yaxshilangan neft mahsulotlari olish maqsadida oʻtkaziladi. Gidrokreking (destruktiv gidrogenlash) – katalitik krekingning bir turi boʻlib vodorod atmosferasida oʻtkaziladi. Reaksiya 20…30 MPa bosimda va 480…500 0S haroratda boradi. Bu jarayonda hosil boʻladigan toʻyinmagan uglevodorodlar gidrasiyalanadi va toʻyingan uglevodorodlarga aylanadi. Yuqori molekulali smolali moddalar hosil boʻlishining ham oldi olinadi. Gidrokrekingning yana bir afzalligi shundaki, xom-ashyodagi oltingugurt va kislorod birikmalari parchalanib vodorod bilan reaksiyaga kirishadi va oltingugurt sulfidi bilan suv hosil qiladi. Past haroratli katalitik jarayon past harorat (0…30 0S)da va 0,4…0,5 MPa bosimda boradi. Bu jarayon natijasida alkilat – avtomobil benzinlarining yuqori oktanli komponenti olinadi. Download 34.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling