Reja: Katalitik kreking


Download 105.5 Kb.
bet1/4
Sana09.10.2023
Hajmi105.5 Kb.
#1695931
  1   2   3   4

Neft uglevodorodlari va tabiiy gazning termokatalitik o`zgarishlari

Reja:


Katalitik kreking
Sanoatda katalitik kreking
Katalitik riforming
Sanoatda katalitik riforming
Izomerizatsiya
Yoqilg`i yuqori oktanli komponentlarining sintezi
Benzolni alkillash
Degidrirlash
Polimerizatsiya

Katalitik kreking

Katalitik krekingda uglevodorod reaksiyalari zanjirli karbkation mexanizmi bo`yicha ketadi. Kreking bilan birga uglevodorodlar jarayon sharoitlarida alkillash, izomerizatsiya, polimerizatsiya, gidrirlash va dealkillash reaksiyalariga kirishadi.


Yuqori oktanli benzinlar va yuqori konsentratsiyali propan - propilen hamda butan - butilen fraksiyalari olish maqsadida turli tipdagi distillat va qoldiq xomashyolar katalitik kreking qilinadi.


Sanoatda katalitik kreking

Jarayonning maqsadli vazifasi – 300-5000C oraliqda haydaladigan xom ashyodan yuqori oktanli benzin olishdan iborat. Benzin bilan birga o`rtacha distillat fraksiyalar – gazoyllar va butan – butilenni yuqori miqdorda saqlovchi gaz hosil bo`ladi.


Katalitik kreking 450-5250C atmosfera bosimiga yaqin (0,06-0,14 MPa) bosimda alyumosilikat katalizatori ishtirokida olib boriladi.
Katalitik kreking mahsulotlarining miqdori va sifati qayta ishlanayotgan xomashyo va katalizatorning tavsifiga hamda jarayonning rejimiga bog`liqdir. Katalitik kreking qurilmalarida yog`liq gaz, nostabil benzin, yengil va og`ir katalitik gazoyl olinadi. Ayrim hollarda ligroin ajratib olish ham ko`zda tutiladi.
Uglevodorod gazi 80-90% C3-C4 fraksiyadan iborat bo`lib, ajratib olingandan so`ng alkillash, polimerlash jarayonlarida, etilen, propilen, butadien, izopren, poliizobutilen, sirt – aktiv moddalar va boshqa neftkimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Benzin fraksiyasi (qaynashning boshlanishi – 1950C) – avtomobil va aviatsiya benzini komponenti sifatida qo`llaniladi. Uning tarkibiga arenlar – 20-30% (mass.), sikloalkanlar – 8-15% (mass.) va alkanlar – 45-50% (mass.) kiradi. Fraksiyaning oktan soni 78-85 (motor usuli bo`yicha) ni tashkil etadi.
Yengil gazoyl (Q.B. 1752000C – Q.О. 3203500C) – dizel yoqilg`isining komponenti sifatida, qurum ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida hamda mazut olishda suyultiruvchi sifatida ham qo`llaniladi. Parafin xomashyosidan olingan yengil katalitik gazoylning setan soni 45-56, naften – aromatikniki esa 25-35.
Og`ir gazoyl – katalitik kreking qoldiq mahsuloti. Mazut tayyorlashda va qurum ishlab chiqarishda, termik krekingda va kokslashda xomashyo sifatida ishlatiladi.
Katalitik krekingning termikdan asosiy afzalliklari – katalizator ishtirokida reaksiya tezligining yuqoriroq bo`lishi va olinadigan mahsulotlarning qadrliligi.
Quyida katalitik va termik kreking jarayonlarini nisbiy baholash natijalari berilgan.
31-jadval

Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling