Issiqlik almashinishi


Download 113.4 Kb.
bet3/3
Sana14.04.2023
Hajmi113.4 Kb.
#1356625
1   2   3
Bog'liq
Issiqlik almashinishi

Nurlanish
Avvalgi ikki xil usuldagi issiqlik uzatilishidan tubdan farqli ravishda, nurlanish jarayonida issiqlik uzatilishida, moddaning o‘zi xoh u qattiq modda, xoh u suyuqlik yoki gaz bo‘lsin, issiqlik uzatish ishiga mutlaqo aralashmaydi. Bu holatda, issiqlik almashinuvi borishiga bosh sabab - Stefan-Botsman qonuniga ko‘ra, tabiatda, harorati mutlaq nol haroratdan yuqori bo‘lgan har qanday jismning atrof-muhitga o‘zidan energiya taratishi bo‘ladi. Bunda nurlanish turi jismning haroratiga bog‘liq bo‘ladi. Buni kundalik turmushda ham oddiy misollar orqali kuzatish mumkin. Masalan, temirchi ishlov berayotgan metall qizish jarayonida avvaliga qizaradi, harorat ortgan sari u sarg‘ayib, zarg‘aldoq tusga kiradi va oxiri deyarli oq ranggacha o‘zgaradi. Bu jismning harorati ortib borayotganidan dalolat beradi. Chunki, jism harorati qanchalik baland bo‘lsa, u chiqarayotgan nurlanishlarning to‘lqin uzunligi shunchalik qisqa bo‘ladi. Nisbatan sovuq jismlar infraqizil nurlar diapazonida nurlanish taratadi va biz bu nurlarni ko‘ra olmaymiz, lekin, ularning issiqligini, harorat taftini his qilamiz. Eng qaynoq jismlarning ham rangini biz ko‘ra olmaymiz. Chunki, ular ko‘zga ko‘rinmaydigan mikroto‘lqinlar diapazonida nurlanish taratadi.
Ehtimol, ko‘zga ko‘rinmas nurlarning kashf etilishi borasida eng mashhur holatlardan biri bu - kosmik nurlanishlardagi Relikt mikroto‘lqinli fonning kashf etilishi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Ushbu kashfiyot Ulkan Portlash haqidagi gipotezaning haqiqat ekanini tasdiqlovchi dalillardan biriga aylandi. Mohiyatan, ushbu fon Butun Koinot bo‘ylab uning har bir qismida, ya'ni, Koinotning o‘zi tomonidan nurlantirilmoqda, chunki, Koinotning o‘zi to‘xtovsiz kengayib, borgan sari sovib boryapti va o‘zining avvalboshdagi favqulodda ulkan haroratini yo‘qotmoqda.
Download 113.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling