Issiqlik almashish jaryonlarini modellashtirish va sintez qilish


Download 0.84 Mb.
bet1/4
Sana13.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1090382
  1   2   3   4
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI


LABORATORIYA ISHI - 3
ISSIQLIK ALMASHISH JARYONLARINI MODELLASHTIRISH VA SINTEZ QILISH
(BUG`QOBIG`LI GIDRAVLIK IDISH)



  1. Kirish.

Odatda ko`p kimyo-texnologiya jarayonlari isitish bilan olib boriladi. Buning uchun har xil konstruksiyali isitgichlardan foydalaniladi. Kimyo-texnologiyasida ishlatiladigan isitgichlardan biri, bug`qobig`i bor gidravlik idishdir.

  1. Ishning maqsadi.

Bug` qobig‘i bor gidravlik idishda ketayotgan jarayonlarni modellashtirish.

  1. Masalaning qo‘yilishi va nazariy asoslari.

4. Berilgan boshlang‘ich shartlar uchun kompyuterda hisoblashni boshlang. Idishdagi modda satxining o‘zgarishiga qarab, keyingi tajribalarda satxning boshlang‘ich qiymati deb tajribadagi satxning oxirgi qiymatini oling va tajribani gidravlik idish statsionar xalatga kelguncha davom ettiring (statsionar xolatda satx vaqt bo‘yicha o‘zgarmay qoladi).
5.Satxning muvozanatlangan qiymatini boshlang‘ich qiymat deb qabul qilib, gidravlik idish kirish parametri G1 ga 20%. Pog‘onali turtki bering. Satx H o‘zgarishini yozib olib, gidravlik idishning dinamik xarakteristikasini quring.

  1. O‘qituvchining topshirig‘i bo‘yicha, G2 q f () grafigini quring va ma’lum bir vaqtga yetarli modda miqdorini ta’minlovchi idish xajmini hisoblang.



VII. hisobotning mazmuni.

  1. Masalaning nazariy asoslari.

  2. Masalaning yechish blok – sxemasi.

  3. Masalaning yechish dasturi.

  4. hisob natijalari va olingan natijalarni tahlili.

Texnologik jarayonlarni modellashtirishda odatda kimyoviy kibernetikaning tizimli tahlil qilish usulidan foydalaniladi. Bug` qobig‘i bor gidravlik idishni modellashtirishda ham tizimli tahlil qilish usulini qo‘llab, avval uning «elementar» jarayonlarini aniqlab olish kerak. Ularni chuqur o‘rganib, oqimlarni gidrodinamik strukturasini hisobga olgan holda, bu «elementar» jarayonlarning matematik ifodalari tuziladi, so‘ngra ularni bir tenglamalar sistemasiga birlashtirib, butun texnologik jarayonning matematik modeli tuziladi. Matematik modeldagi tenglamalarni ko‘rinishiga qarab hisoblash usuli tanlanadi va kompyuterda yechish uchun dastur tayyorlanadi.
Isitgichga (Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idish) modda G1 sarf va T1 temperatura bilan beriladi va G2 sarf va T2 temperatura bilan chiqib ketadi.

3.1 - rasm Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idish


Chiqishdagi temperatura T2 butun apparat xajmidagi temperatura bilan bir xil bo‘ladi, chunki, idishdagi oqimlarning gidrodinamik strukturasini ideal aralashtirish modelidagidek deb qabul qilish mumkin (bunda, modda temperaturasi, idishning har bir nuqtasida bir xil bo‘ladi.)
Bug‘ qobig‘idagi bosim Pp va bug‘ temperaturasi Tp.
Bug‘ qobig‘i bor gidravlik idishda ketayotgan jarayonlarni modellashtirishda, quyidagi “elementar” jarayonlarni ajratish mumkin:
1. Idishda moddaning yig‘ilish jarayoni;
2. Bug‘ning agregat holatini o‘zgarish (isitgich devorida kondensat hosil bo‘lish) jarayoni;
3. Gidravlik idish devorini isish jarayoni;
4. Idishdagi moddaning isish jarayoni.



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling