Issiqlik energetikasi kafedrasi arshi muxandislikiqtisodiyot instituti


rasm Issiqlik V=const(a) va P=const(b) bo’lganda uzatiladigan GTK siklidagi termodinamika jarayonlarning PV diagrammalari


Download 280.39 Kb.
bet6/7
Sana20.01.2023
Hajmi280.39 Kb.
#1104892
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
bug0-gaz-turbinalarini-o0rganish

rasm Issiqlik V=const(a) va P=const(b) bo’lganda uzatiladigan GTK siklidagi termodinamika jarayonlarning PV diagrammalari

Svecha yordamida ish yoqilg’isi yondiriladi. Bunda bosim oshadi (2-3 chiziq) Ish yoqilg’ini to’la (kamida 95%) yongandan so’ng, uning temperaturasi 23000K ga ko’tariladi, shunda yonish kamerasidagi bosim eng yuqori qiymatga yetadi. Ana shundagina yonish mahsuloti gaz turbinasi kuraklariga yo’naltiruvchi kanalda joylashgan chiqarish klapani ochiladi. Shunda yonish mahsuloti temperaturasini 1000-14000K gacha pasaytirish maqsadida unga maxsus yo’llar orqali sovuq havo uzatiladi (chunki gaz turbinasi o’ta yuqori temperaturalarg

a
chidamaydi). Hosil bo’lgan aralashma katta bosim ostida turbina kuraklariga ta‘sir ko’rsatib, uning rotorini aylantiradi, ya‘ni issiqlik energiyasi mexanik energiyaga aylanadi. Yonish mahsuloti adiabatik kengayib ish bajaradi (3-4 chiziq) Gaz turbinasida ish bajarib chiqqan yonish mahsuloti soplo orqali atmosferaga chiqariladi va soviydi (4-1 chiziq)
D emak, GTK da o’tadigan siklga V=const bo’lganda issiqlik berilganda, u ikkita adiabatik, bitta izoxoradan hamda bitta izobaradan iborat bo’lgan termodinamik jarayonlardan tashkil topar ekan. Siklning bajargan foydali ishi 1-2-3-4-1 nuqtalar bilan chegaralangan yuzaga son qiymati jihatidan teng bo’ladi. Siklning f.i.k. termodinamikasining ikkinchi qonuni ifodasidan aniqlanadi:
(1.11)
ISSIQLIK P=CONSTDA UZATILADIGAN GAZ TURBINASI QURILMASI.
Gaz turbinasi qurilmasi siklida ish yoqilg’isi o’zgarmas bosim ostida yoqilganda yonish kamerasidagi yuqori temperaturali siqilgan havoga yoqilg’i forsunka yordamida purkaladi. Yonish P=const bo’lganda kechadigan GTK siklidagi termodinamik jarayonlarning PV diagrammasi ikkita adiabatik va izobarik jarayonlardan iborat. Buni amalga oshirish uchun birinchidan, kompressordan uzatiladigan surilgan havoning termodinamik parametrlari va miqdori bir xil saqlanadi; ikkinchidan, yoqilg’i nasosi uzatadigan yoqilg’i miqdori ham havo miqdoriga mos ravishda rostlanadi.

Download 280.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling