Issiqlik energiyasi va uning turlari va issiqlik elektr stansiyalari


Download 21.33 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi21.33 Kb.
#1482408
  1   2   3
Bog'liq
energiya tejamkorlik

ISSIQLIK ENERGIYASI VA UNING TURLARI VA ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI


Reja

  1. Issiqlik energetikasi ...................................................

  2. Oʻzbekiston energetikasi rivoji ..................................

  3. Issiqlik elektr stansiyalari...........................................

Xulosa
Foydalanilgan adabiyot

Issiqlik energetikasi - issiklik texnikasi tarmogʻi; issiklikni, asosan, mexanik va elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan energetika. Issiqlikni mexanik energiyaga aylantirishda asosiy qismi issiklik dvigatelitsan iborat boʻlgan issiklik qurilmalari qoʻllaniladi. Bu qurilmalarda hosil qilingan mexanik energiya turli xil ish mashinalari (metall kesish stanoklari, konveyerlar va b.) ni yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr mexanik ge-neratorlarni ishga tushiradi. Issiqlikni elektr-mexanik generatorlarsiz ham, yaʼni energiyani toʻgʻridantoʻgʻri aylantirish kurilmalarida, mas, mag-nitoelektrodinamik generatorlar, ter-moelektr generatorlar va b. da ham elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Zamonaviy I. e. ning asosi umumiy elektr energiyasi miqdorining koʻp qismini ishlab chiqaruvchi muqim (statsionar) bugʻ turbinali issiklik elektr stansiyasi hisoblanadi. Magis-tral gaz kuvurlarini energiya bilan taʼminlash va tigʻiz payt (pik) nagruzkalarni qoplash uchun gaz turbinali elektr stansiyalari ishlatiladi. Asosiy elektr bilan taʼminlanish manbalari, yaʼni kondensatsion elektr stansiyalarilan tashkari issiklik elektr markazi, atom elektr stansiyasi ham bor. Elektr energiyasini ishlab chiqarishda issiklikning solishtirma sarfini taxminan 5% ga kamaytirishga imkon beradigan bugʻ-gaz turbinali kurilmalar keng ishlatilmoqda. Quvvatli elektr stansiyalar uchun tarkibida magnitogidrodinamik generatorlar boʻlgan va odatdagi bugʻ-gaz turbinali stansiyalar bilan birgalikda ishlatiladigan kuril-malar ishlab chiqilmoqda. Elektr uzatish liniyasidan uzoqda joylashgan xududlarda dizel elektr stansiyalaridan foydalaniladi. Muqim qurilmalardan tashqari transport mashinalari (teplovoz, avtomobil va b.) ga oʻrnatiladigan issiklik kurilmalari — mas, porshenli ichki yonuv dvigateli bor. Uchish apparatlariga porshenli aviatsiya dvigatellari, reaktiv dviga-tellar va b. oʻrnatiladi.


I. e., asosan, 17-asr boshlarida paydo boʻlgan. Bugʻ dvigatellari, issiqlik dvigatellari va dizellarning paydo boʻlishi I. e. ning jadal rivojlanishiga asos boʻldi. Hozirgi vaqtda dunyo energetikasida issiqlik elektr stansiyalari ulushiga barcha elektr ishlab chiqaruvchi quvvatlarning 62 foizi toʻgʻri keladi.
Oʻzbekistonda 20-asr boshlarida Toshkentda ikkita elektr stansiya kurildi: biri (besh dizelli, kuvvati 1450 kVt) tramvayni elektr energiya bilan taʼminlash uchun, ikkinchisi oʻzgarmas tokli Pavlov elektr stansiyasi (quvvati 125 kVt), shaharni yoritish uchun ishlatilgan. 1913 y. Oʻzbekiston xududida umumiy kuvvati 3 MVt chamasida boʻlgan 6 ta kichik elektr stansiya boʻlgan, yillik elektr energiya ishlab chiqarish 3,3 mln. kVt/soatni tashkil qilgan. 1923 y. Toshkent sh. yaqinidagi Boʻzsuv kanalida GES qurilishi boshlandi, uning birinchi navbati (har birining kuvvati 1 MVt dan boʻlgan 2 ta gidroagregat) 1926 y. may oyida ishga tushirildi. Ayni paytda bu GES Toshkent shahridagi tramvay dizel elektr stansiyasi bilan bogʻlangan, 30 transformator punktiga ega boʻlgan, 6 kV kuchlanishli, oʻzgaruvchan tokli kabel tarmogʻi kurildi. Mana bu birlashish Oʻzbekiston energetika tizimi rivojlanishiga asos boʻldi.
Oʻzbekistonda issiqlik energetikasi 20-asr 20-y. larida dizel va mayda bugʻ turbinali elektr stansiyalar kurish yoʻnalishida rivojlandi. Dizel elektr stansiyalari umumiy maqsadlarda ham, paxta zavodlari, nasos stansiyalari, kanallar va issiqlik energiyasiga ehtiyoji boʻlgan boshqa korxonalar qoshida ham qurildi. Toshkent dizel elektr stansiyasi, Samarkand, Andijon, Koʻqon va respublikaning boshqa shaharlaridagi dizel elektr stansiyalari kengaytirildi; Buxoro, Samarkand sh.larida 5000 ot kuchi, Nukus, Urgench, Namanganda 1600 ot kuchi kuvvatiga ega boʻlgan yirik dizel elektr stansiyalari kurildi. Respublikadagi dastlabki bugʻ turbinali elektr stansiyalar Fargʻona va Kattaqoʻrgʻondagi yogʻ zavodlarida ishga tushirildi. Fargʻona yogʻ zavodining "Sharq tongi" issiqlik elektr markazi (IEM) umumiy maqsadlardagi elektr stansiyasi boʻlgan birinchi IEMdir.
30-y.larda Toshkent toʻqimachilik kombinati qoshida quvvati 12 MVt boʻlgan IEM kurildi. 30-y. larning ikkinchi yarmida Qizilqiya koʻmir koni negizida kuvvati 48 MVt boʻlgan Kuvasoy davlat issiklik elektr stsiyasi (DIES) kurilishi boshlandi, uning birinchi agregati 1939 y. oxirida ishga tushirildi. 1936 y. da Toshkent IEM kurilishi boshlanib, birinchi bloki 1939 y. da ishga tushirildi. 50-y. lar boshlarida Angren koʻmir koni negizida Olmaliq sh.dagi Oltintopgan kombinatida quvvati 24 MVt boʻlgan IEMni, Angren sh.da quvvati 200 MVt boʻlgan DIES ni loyihalashtirish va qurish boshlandi.
Angren DIES katta (50 MVt) quvvatli turbinalar oʻrnatilgan yuqori bosimli bugʻ koʻrsatkichlariga moʻljallab qurilgan birinchi elektr stansiya boʻldi. Ayni paytda koʻmirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalar ham (Qu-vasoy DIES, Toshkent va Fargʻona IEM) qurildi.
Hozirgi paytda Oʻzbekiston energetika tizimi, shu jumladan, issikdik energiyasi respublikasining sanoat, qishloq xoʻjaligi, kommunal xoʻjalik korxonalarini va aholisini energiya bilan taʼminlamoqda. Respublika hukumati tomonidan 1996 y. da Yevropa energetika hartiyasining Shartnomasi im-zolanib, mamlakatimizning undagi ishtiroki tasdiqlangan, Oʻzbekiston energetikasi uchun jahon iqtisodiyo-tiga yoʻl ochildi.
Oʻzbekiston I. e.ning keskin rivojlanishiga Buxoro va Shoʻrton tabiiy gaz konlarining topilishi va oʻzlashtirilishi muhim ahamiyatli boʻldi. Ular Toshkent, Navoiy, Taxiatosh va Sirdaryo DIES larining ishga kiritili-shiga imkon yaratib berdi.
Oʻzbekistonning yirik issiqlik stansiyalari ulushi umumiy elektr energiyani ishlab chiqarishda 85 foizni tashkil qiladi. OʻzR Vazirlar maqkamasi 2000 yil 27 dek. da tasdiklagan "2001 -—2010 y.larda Oʻzbekiston Respublikasi energetikasida ishlab chiqaruvchi quvvatlarni rivojlantirish va rekonstruksiya qilish darsturi"ga muvofiq Oʻrta Osiyodagi eng yirik Talimarjon DIES ining qurilishi tugatilishi, hamda respublikaning boshqa is-siqlik elektr stansiyalarida qayta texnik tiklash va qoʻshimcha quvvatlarni ishga kiritish koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston koʻp organik yoqilgʻi zaxiralariga ega. Respublikaning yoqilgʻi balansida koʻp issiklik elektr stansiyalari, issiqlik elektr markazlari va tuman qozonxonalari uchun hozirgi zamonda yoqilgʻining asosiy turi — tabiiy gazga alohida eʼtibor beriladi. Koʻmir sanoatini rivojlantirish — Angren konida qoʻngʻir koʻmirni koʻproq ishlab chiqarilishiga yoʻnaltirilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasi energetikasining ishlab chiqarish quvvatlarini 2001 — 2010 y. larda rivojlantirish va rekonstruksiya qilish dastu-ri" da xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va chet el firmalarining ishtiroki koʻzda tutilgan. Hoz. paytda Germaniyaning "Simens" firmasi Yevropa tiklanish va rivojlanish bankining krediti hisobiga Sirdaryo DIESning ikkita turbina blokini rekonstruksiya qilish loyihasini amalga oshirishga kirishdi. Shuningdek, xorijiy investitsiyalar Toshkent DIES va Navoiy DIES ni rekonstruksiya qilish loyihalarini hamda Toshkent shahrining elektr tarmoqlar xoʻjaligini rekonstruksiya qilish va kabel tar-moklarini zamonaviylashtirish loyihalarini amalga oshirish uchun ham jalb etiladi
Energetika — energiyaning har xil turlarini hosil qilish, ularni bir turdan ikkinchi turga oʻzgartirish, muayyan masofaga uzatish va yetkazib berish, ulardan barcha sohalarda foydalanishni hamda shular bilan bogʻliq nazariy va amaliy muammolarni hal qilishni oʻz ichiga olgan xalq xoʻjaligi, fan va texnika sohasi. Insoniyat taraqqiyotida kishilarning turli energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojlari ularni tabiiy manbalar — oʻtin, koʻmir, torf va boshqalar yoqilgʻilardan, shamol, suv oqimi energiyasi (mas, shamol va suv tegirmonlari) dan foydalanishga majbur qildi. Keyinchalik fan va texnika taraqqiyoti, fantexnika inqilobi tufayli 20-asrning 2-yarmidan boshlab asosan elektr energiyasiga ehtiyoj juda oshib ketdi. Ana shu omillar E.ni jadal rivojlantirishni taqozo qildi. Fan va texnika taraqqayoti energiya ishlab chiqarish va uni oʻzgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish, yangi samarali asbobuskunalar va texnologiyalarni yaratish, energiyani taqsimlashni markazlashtirish va boshqalar orqali ifodalanadi. E. fani tabiiy energiya resurslarining potensial energiyasini xalq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli va foydali energiya turlariga aylantirish hamda shu bilan bogʻliq ilmiytexnik muammolarni hal qilish masalalari bilan shugʻullanadi.
E.ning taraqqiyoti koʻp jihatdan mamlakat energiya rusurslari bilan qanchalik taʼminlanganligiga chambarchas bogʻliq. Koʻmir, neft, tabiiy gaz, torf, oʻtin, slanets, suv, elektr va yadro energiyasi, shamol va quyosh energiyasi E. resurslari hisoblanadi. E. resurslari yoqilgʻi (koʻmir, neft, gaz, yadro, torf, slanets, oʻtin) va yoqilgʻi boʻlmagan vositalar (suv, shamol, quyosh energiyasi va boshqalar) ga boʻlinadi. Yoqilgʻi bilan bogʻliq E. resurslari tiklanmaydigan, yoqilgʻi bilan bogʻliq boʻlmaganlari esa tiklanadigan resurslar hisoblanadi.
Jahon miqyosida turli yoqilgʻi E. resurslari miqdorini taqqoslash uchun shartli yoqilgʻi birligi (1 kg yoqilgʻi yonganda 7000 kkal issiqlik ajralishi) qabul qilingan. Jahondagi barcha yoqilgʻi resurslarining (yadro energiyasidan tashqari) potensial zaxiralari 25000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng . Uning 95% i yoqilgʻining qattiq turlariga toʻgʻri keladi. Yadro energiyasining asosiy manbai boʻlgan uran va toriyning zaxiralari dunyo okeani suvlaridagi zaxiralar bilan birga 69000 mlrd. t shartli yoqilgʻiga teng . Eng koʻp ishlatiladigan E.ning tabiiy resurslari (koʻmir, neft, gaz) jahon mamlakatlari boʻyicha notekis taqsimlangan. Shu jihatdan Oʻzbekistonning E. resurslarini hisobga olsak, mamlakat E.si xalq xoʻjaligining baza sohasi hisoblanadi. Oʻzbekiston E. tizimi xalq xoʻjaligi va aholining yoqilgʻi (koʻmir, gaz, neft), elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini toʻliq qondiradi va eksport ham qilinadi. Oʻzbekistonda 20 issiqlik elektr stansiyalari, 27 gidroelektr stansiya (GES) ishlab turibdi. Bularning umumiy oʻrnatilgan quvvati 11,5 mln. kVtsoat (yiliga 55 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniga ega), transformatorlarning umumiy quvvati 44850 MVA, elektr tarmoqlarining umumiy uz. 232 ming km, shu jumladan, yuqori quvvatli (500 kV li)lari 1660 km ni tashkil qiladi (2005).
E. xalqxoʻjaligining muhim tarmogʻi sifatida gidroenergetika va issiklik energetikasiga ajraladi. [[Gidroenergetika — E.ning suv resurslari energiyasidan foydalanishga doir boʻlimi. Suv resurslari energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus qurilgan inshootlar va jihozlar majmui — gidroelektr st-yalar (GES) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzbekenergo" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tizimida 26 GES ni birlashtirgan 7 ta GES kaskadlari hamda Farhod GES bor. Eng yirik GES lar: Chorvoq GES (quvvati 620,5 MVt), Xoʻjakent GES (165 MVt), Farhod GES (126 MVt), Gʻazalkent GES (120 MVt). Oʻzbekiston E. tizimidagi barcha GES larning umumiy belgilangan quvvati 1419 MVt. Mamlakat gidroenergetikasining istiqboldagi taraqqiyoti, asosan. kichik suv havzalari gidroresurslaridan foydalanish bilan bogʻliq (qarang [[Gidroenergetika).
Issiqlik E.si — E.ning issiqlikni issiqlik dvigatellari va boshqalar yordamida boshqa energiya turlari (mexanik energiya, elektr energiyasi) ga aylantirib beruvchi issiklik texnikasi boʻlimi. Issiqtik E.sida asosiy issiqlik va elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona issiklik elektr st-yalari (IES) hamda Davlat issiqlik elektr st-yasi (DIES) hisoblanadi. Yirik DIES lar: Sirdaryo DIES (3000 MVt), Toshkent DIES (1850 MVt), Tolimarjon DIES (loyiha boʻyicha 3200 MVt). Oʻzbekistonning issiqtik elektr st-yalari respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85% ini tashkil qiladi.
Oʻzbekistonning yoqilgʻi balansida gaz va koʻmirning salmogʻi katta (qarang Gaz sanoati, Issiqlik energetikasi), "Koʻmir" aksiyadorlik jamiyati ham "Oʻzbekenergo" tarkibiga kiradi.
Fanda E. muammolari bilan shugʻullanishda izchil i. t. ishlariga asoslangan holda E. taraqqiyotining qonuniyatlari, tabiiy anʼanalari va optimal yechimlari oʻrganiladi, E.ni optimal boshqarishning asoslari shakllantiriladi, E.ning kompleks muammolari, shu jumladan, uning atrof muhitga taʼsiri, yaʼni ekologiya masalalari, E.ga doir fan va texnika taraqqiyoti masalalari va boshqalar hal qilinadi. Oʻzbekistonda E. fanlarining rivojlanishi 20-asr 30- yillari oxiri va 40- yillariga toʻgʻri keladi. E.ga doir i. t. ishlari E.ning ustuvor kompleks masalalarini va amaliy muammolarini hal qilishga qaratildi. Elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish bilan bogʻliq masala — oʻzgaruvchan tokni oʻzgarmas tokka aylantirish nazariyasi, asinxron va sinxron mashinalarning magnit oqimlari oʻz-oʻzidan uygʻonishini taʼminlashni hisoblash usullari, elektron qurilmalaridagi shikastlanishning murakkab turlari nazariyasini rivojlantirish kabi ustuvor masalalar bilan shugʻullanildi, gidroelektr st-yalari quvvatini samarali taqsimlashni hal qilishga doir ishlar bajarildi. 40- yillar oxiri va 50- yillarda i. t. ishlari elektr st-yalari, elektr tizimi va jihozlari ishini yaxshilash, puxtaligini oshirish, samaradorligini koʻtarishga qaratildi (N. N. Shchedrin, H. F. Fozilov), elektr tizimlarini hisoblashning ixcham nazariyasi va usullari yaratildi (H. F. Fozilov, K. R. Allayev, T, X. Nosirov va boshqalar). Elektr tizimlari rejimini ifodalaydigan katta oʻlchamli chiziqlimas tenglamalarni yechish (S. S. Solihov), yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridan kichik quvvatlarni olish sxemalarini yaratish, hisoblash nazariyasi va usullarini ishlab chiqish (N. R.Gʻanixoʻjayev) masalalari tadqiq qilindi.

Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling