Issiqlik muhandisligi
Download 160.29 Kb.
|
Yakuniy nazorat javoblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 35.Nuriy issiqlik almashinuvi Nurli issiqlik almashinuvi
.34.Issiqlik uzatish
Issiqlik o’tkazuvchanlik – jismning yuqori haroratli qismidan past haroratli qismiga energiyaning molekulalar harakati tufayli uzatilishi orqali haroratlarning tenglashishi. Bunda modda siljishi ro’y bermaydi! Issiqlik uzatishning bunday turi nafaqat qattiq jismlar, balki suyuqlik va qazlar uchun ham o’rinli.Turli moddalarda issiqlik o’tkazuvchanlik turlicha.Metallarda issiqlik o’tkazuvjanlik eng yuqori, ammo turli metallarning issiqlik o’tkazuvchanligi turlichadir.Suyuqliklarda issiqlik o’tkazuvchanlik metallarga nisbatan kamroq, gazlarda esa suyuqliklarga nisbatan kamroq bo’ladi.Issiqlikni eng kam o’tkazuvchi – havodir.Issiqlikdan himoyalovchi materiallar molekulalar harakatini sekinlashtiradi. Quruq havoda molekulalar harakati juda sust bo’ladi. Shuning uchun ham qurulish materiallarini yaratishda asosiy talab– materialning g’ovakliklarida havo qoldirish hisoblanadi. Ular kattalashtirilganda quyidagicha ko’rinadi:PENOPLAST BAZALT MATO PENOOYNA . Issiqlik uzatish turlari. Konveksiya.Konveksiya – issiqlik uzatishning shunday turiki, bunda energiya moddaning siljishi(oqimi) orqali uzatiladi.Konveksiya suyuqlik va gazlarda kuzatiladi..Konveksiya.Majburiy konveksiya Tabiiy konveksiya Kunduzgi va tungi shabadaNurlanish – issiqlik uzatishning shunday turiki, bunda energiya elektromagnit to’lqinlar orqali uzatiladi. Nurlanish hatto vaakumda ham ro’y beradi. 35.Nuriy issiqlik almashinuvi Nurli issiqlik almashinuvi — jism ichki energiyasining nurlanish energiyasiga (fotonlar yoki elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga) aylanishi, nurlanish yoʻli bilan energiyaning fazoga uzatilishi yoki jismlarga yutilishi. Boshqa turdagi issiqlik almashinuvlaridan farqi shuki, bu hodisa issiqlik almashinadigan sirtlarni ajratib turuvchi moddiy muhitsiz ham sodir boʻlishi mumkin, chunki nur elektromagnit nurlanish natijasida tarqaladi. Shaffofmas jism sirtiga tushadigan nur energiyasining bir qismi jismga yutiladi, bir qismi esa undan kaytadi. temperaturasi mutlaq nolga teng boʻlmagan har qanday jism qizdirilsa, oʻzidan energiya (nur) chiqaradi. Bir xil temperaturadagi jism nur chiqarish qobiliyatining mutlaq qora jism nur chiqarish qobiliyatiga nisbati jismning mutlaq qoralik darajasi deyiladi. Barcha jismlar uchun mutlaq qoralik darajasi 1 dan kichik. Nurli issiqlik almashinuvi a. tizimidagi har qanday jism nurlar oqimini qayta-radi va xususiy nurlar oqimini chiqaradi. Jism sirtidan ketadigan energiyaning umumiy miqdoriga effektiv nurlanish oqimi deyiladi. Jism yutgan energiyaning bir qismi tizimga xususiy nurlanish sifatida qaytadi. Shuning uchun Nurli issiqlik almashinuvi a.ni yutilgan va xususiy nurlar oqimi ayirmasi deb qarash mumkin. Nurli issiqlik almashinuvi a. metallurgiya, yadro energetikasi, raketa texni-kasi, kimyo texnologiyasi, quritish texnikasi, geliotexnika va boshqa sohalarda qoʻllanadi Download 160.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling