Issiqlik o’tkazmaydigan materiallar
Sharsimon devor orqali issiqlik uzatish
Download 1 Mb.
|
ISSIQLIK O’TKAZMAYDIGAN MATERIALLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.5.Qovurg‘asimon devor orqali issiqlik uzatish
4.4. Sharsimon devor orqali issiqlik uzatishStatsionar tartibda va chegara shartlarining uchinchi turida quyidagilar ma’lum bo‘lsin: sharning ichki diametri d1, tashqi diametri d2, shar ichidagi issiq manba temperaturasi t1 va sovuq manba temperaturasi t2, issiq muhitdan shar ichki sirtiga issiqlik berish koeffitsienti 1 va sharning tashqi sirtidan atrof muhitga issiqlik berish koeffitsienti 2 bo‘lsin. Statsionar holda barcha izotermik sirtlar uchun issiqlik oqimi o‘zgrmas bo‘ladi: Bu tenglamalarni temperaturalar farqiga nisbatan yechib va hadma-had qo‘shib issiqlik oqimini qiymatini topamiz: yoki (58) Bu yerda ksh sharsimon devorning issiqlik uzatish koeffitsienti bo‘lib, uning birligi, Vt/grad (59) ksh ga teskari bo‘lgan bo‘lgan kattalikka sharsimon devorning termik qarshiligi deb aytiladi: (60) 4.5.Qovurg‘asimon devor orqali issiqlik uzatishAgar devorning bir tomoni issiqlik berish koeffitsenti yuqori bo‘lgan suyuqlik bilan yuvib turilsa, ikkinchi tomoni esa issiqlik berish koeffitsenti kichik bo‘lgan gaz bilan yuvib turilsa, u holda issiqlik berishning termik qarshiliklarini tekislash uchun qovurg‘asimon sirtlar qo‘llaniladi. Devorni qovurg‘alash uning issiqlik almashininish yuzasini orttiradi va natijada issiqlik uzatishining termik qarshiligi kamayib, issiqlik oqimi ortadi. 10-rasm 10-rasmda qovurg‘asimon devor orqali issiqlik uzatilishining sxemasi tasvirlangan. Bu devorning silliq tomoni yueasi S1, qovurg‘asimon tomonining yuzasi S2, devorni yuvib o‘tayotgan suyuqliklar temperaturasi t`c va t``c (t`c > t``c) issiqlik berish koeffitsentlari 1 va 2 (2<<1), devor sirti temperaturalari t2 va t1, devorning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsenti va qalinligi bo‘lsin. Bu devor orqali issiqlik uzatishni quyidagi tenglamalar bilan ifodalanishi mumkin. Q=1S1(t`c - t1): Q = Yuqoridagi tenglamalarni temperatura o‘zgarishlariga nisbatan yechib va xadma-xad qo‘shib quyidagiga ega bo‘lamiz: bu yerda Kp- qovurg‘asimon devorning issiqlik uzatish koeffitsenti issiqlik oqimining zichligi devorning silliq sirti birligi q1 ga va qovurg‘asimon sirti birligi q2 ga nisbatan aniqlanadi. bu yerda k1- qovurg‘asimon devorning silliq sirtiga nisbatan olingan issiqlik uzatish koeffitsenti: va (64) bu yerda k2 devorning qovurg‘asimon sirtiga nisbatan olingan issiqlik uzatish koeffitsenti: S2/ S1 nisbatga qovurg‘alanish koeffitsenti deyiladi. Yuqoridagi formulalarni taqriban keltirib chiqardik, chunki ularni keltirib chiqarishda t2 va 2 larni qovurg‘asimon sirt bo‘ylab o‘zgarmas deb oldik. Aslida qovurg‘aning cho‘qqi qismi asosiga qaraganda sovuqroq bo‘ladi va demak, 2 qovurg‘asimon sirt bo‘ylab turlicha bo‘ladi. Tashqi tomoni qovurg‘alangan quvur uchun (64) formulani quyidagicha yozish mumkin: qt=kt(t1-t2) (65) va (66) bu yerda d1 - quvurning ichki diametri; d2 – quvurning tashqi diametri. Qovurg‘asimon sirtlar issiqlik berishni jadallashtirish maqsadida texnikada keng qo‘llaniladi. Masalan, isitish asboblarining asosan tashqi sirtlari qovurg‘alanadi, chunki devordan havoga issiqlik berish koeffitsenti (2=12-60Vt/(m2K)) issiq suvdan devorga issiqlik berish koeffitsenti (2=2500-6000Vt/(m2K)) dan ancha kichik. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling