Issiqlik oʻtkazuvchanlik nima?


Download 117.74 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi117.74 Kb.
#1494667
  1   2   3
Bog'liq
lssiqlik o\'tkazuvchanlik hodisasi

Issiqlik oʻtkazuvchanlik nima?

Qishda hammom plitkasida yurish yoqimsiz, chunki u gilamga qaraganda ancha sovuqroq. Bu qiziq, chunki gilam va plitkalar odatda bir xil haroratda (yaʼni xona haroratida) boʻladi. Biz guvoh boʻlgan bu hodisa turli xil materiallar issiqlikni har xil tezlikda oʻtkazishi bilan izohlanadi. Plitka va toshlar gilam va matolarga qaraganda issiqlikni tezroq tashiydi, shuning uchun qishda plitka va toshlar sovuqroq tuyuladi, chunki ular issiqlikni oyogʻingizdan gilamga qaraganda tezroq oʻtkazadi. [Shoshmang, men tanamizga “sovuq” kiradi deb oʻylagandim.]

Umuman olganda, elektr tokining yaxshi oʻtkazgichlari (mis, alyuminiy, oltin va kumush kabi metallar) yaxshi issiqlik oʻtkazgichlari hamdir, shu bilan birga, elektr tokining izolyatorlari (yogʻoch, plastmassa va kauchuk) esa issiqlikning yomon oʻtkazgichlaridir. Quyidagi rasmda har xil haroratdagi ikki jismning molekulalari koʻrsatilgan. Issiq jismdagi molekulaning oʻrtacha kinetik energiyasi sovuqroq jismga nisbatan kattaroq. Agar ikkita molekula toʻqnashsa, issiq molekuladan sovuq molekulaga energiya uzatiladi. Barcha toʻqnashuvlarning yigʻindisi issiq tanadan sovuqroq tanaga issiqlik oqimini keltirib chiqaradi. Biz jismlar orasida issiqlikning bunday uzatilishini issiqlik oʻtkazuvchanlik deb ataymiz.

Surat: turli haroratdagi ikkita jismning molekulalari har xil oʻrtacha kinetik energiyaga ega. Taʼsir vaqtida yuzaga keladigan toʻqnashuvlar energiyani yuqori haroratli hududlardan past haroratli hududlarga oʻtkazishga moyildir. (Surat manbasi: Openstax College Physics)

Issiqlik oʻtkazuvchanlikning tezligi formulasi qanday?

Issiqlik oʻtkazuvchanlik tezligiga taʼsir qiluvchi toʻrtta omil (�kk, �AA, Δ�ΔTdelta, T, �dd) mavjud. Ushbu toʻrt omil (kattalik) quyidagi tenglamaga kiritilgan va u tajribalar bilan tasdiqlangan.

��=��Δ��tQ​=dkAΔTstart fraction, Q, divided by, t, end fraction, equals, start fraction, k, A, delta, T, divided by, d, end fraction


Download 117.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling