Issiqlik o'tkazuvchanlik tenglamasi uchun koshi masalasi mundarija kirish


Korrekt qo’yilgan masala tushunchasi


Download 0.86 Mb.
bet7/15
Sana21.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1372285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
issiqlik o\'tkazuvchanlik tenglamasi uchun koshi masalasi kursssss

3. Korrekt qo’yilgan masala tushunchasi. Biz yuqorida ko’rdikki, matematik fizika masalalarining qo’yilishida ayrim funksiyalar (boshlang’ich, chegaraviy shartlar) ishtirok etadi: qo’yilgan masalaning yechimi tabiiy, shu funksiyalarga bog’liq bo’ladi. Bu funksiyalar, odatda, tajriba asosida aniqlanadi, Shuning uchun ham ularni absolyut aniq topish mumkin emas. Demak, boshlang’ich va chegaraviy shartlarda hamma vaqt biror xatolikning bo’lishi murakkabdir. Bu xatolik o’z navbatida yechimga ham ta’sir qiladi. Boshlang’ich va chegaraviy masalalarni tekshirishda, yechimning mavjudligi va yagonaligidan tashqari boshlang’ich va chegaraviy shartlarda qo’yilgan xatolikning yechimga qanday ta’sir qilishini aniqlash ham muhim ahamiyatga egadir.
Bu fikrni aniqroq bayon qilish uchun tekshirilayotgan masalani M orqali belgilab olamiz. Har qanday M masalaning mohiyati berilgan funksiyalarga asosan uning yechimini topishdan iboratdir, bu yerda va - metrikalari va bo’lgan qandaydir metrik fazolar.Bu fazolar masalaning qo’yilishi bilan aniqlanadi. M masalaning yechimi tushunchasi aniqlangan bo’lib, har bir elementga yagona u = R( yechim mos kelsin.
Agar ixtiyoriy uchun shunday ( sonni ko’rsatish mumkin bo’lib, tengsizlikdan tengsizlik kelib chiqsa, M masala ( ) fazolar juftida turg’un masala deyiladi.
Bunda =R( ), , , i = 1,2, … masalaning yechimi berilgan shartlar (boshlang’ich va chegaraviy shartlar, tenglamaning koeffisientilari, ozod hadi va h.k.)ga uzluksiz bog’liq bo’ladi.
Agar tekshirilayotgan M masala uchun ushbu
1) ixtiyoriy uchun yechim mavjud;
2) u yechim yagona;
3) masala ( ) fazolar juftligida turg’un shartlar bajarilsa, M masala ( ) fazolar juftligida korrekt (to’g’ri) qo’yilgan yoki to’g’ridan – to’g’ri korrekt masala deyiladi.
Xulosa
Ushbu bobda matematik fizikaning asosiy tenglamalari haqida ma’lumot berilgan bo’lib, matematik fizika tenglamalaridagi asosiy tushunchalardan korrektlik masalasi o’rganilgan. Dastlab asosiy matematik fizika tenglamalaridan to’lqin tenglamasi, issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi, stasionar tenglamalar keltirib chiqarilgan, bu tenglamalarga qo’yiladigan masalalar o’rganilgan.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling