Issiqlik texnikasi fani uch bo‘limdan iborat


Download 15.28 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.28 Kb.
#1582474
Bog'liq
Kirish


KIRISH
Issiqlik texnikasi umumtexnik fundamental fanlardan biri bo'lib, texnikada issiqlikni hosil qilish usullarini, issiqlikni energiyaning boshqa turiga aylantirish usullarini, issiqlikni uzatish usullarini va issiqlik ishlatilishini o ‘rgatadi. Sanoatning metallurgiya, mashinasozlik, tog‘-kon ishi va boshqa sohalarida issiqlik berish va uning ajralib chiqishi, issiqlik almashuvi, mashina, qurilmalarda sodir b o ‘ladigan issiqlik jarayonlari hamda elektr energiya va issiqlikdan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Issiqlik texnikasi fani yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tarbiyalab tayyorlashda asosiy o ‘rin tutadi. Bu fan talabalarni ilmga qiziqtirish, qonunlar texnikada qo‘llanilishi, termodinamik jarayonlarni hisoblash, issiqlik kuch qurilmalarining optimal holatlarini aniqlashga tayyorlashda yordam beradi.
Issiqlik texnikasi fani uch bo‘limdan iborat:
1) texnikaviy termodinamika;
2) issiqlik uzatilishi;
3) issiqlik energetik qurilmalari.
Termodinamika so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo'lib «termos»— issiqlik, «dinamikos» — kuch degan m a’noni bildiradi. Texnikaviy termodinamika issiqlik effektlari bilan sodir bo‘ladigan turli jarayonlarda energiyaning birturdan ikkinchi turga o ‘tishi, ya’ni issiqlikning ishga va ishning issiqlikka aylanishini o‘rganadigan fan.
Issiqlik texnikasini o'rganish jarayonida aniq masalalarni hisoblash, ifodalarni keltirib chiqarish va ular orasidagi bog‘lanishlarni aniqlashda matematika fanining o ‘rni kattadir. Jismlarni, hodisalar va jarayonlarni o ‘rganishda, tahlil qilishda fizika va kimyo fani bo‘yicha bilimlar talab etiladi. Issiqlik texnikasi fanidan olingan bilimlar faqat fan-texnika taraqqiyoti uchun zarurbo‘libgina qolmay, balki ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, mustaqil Respublikamiz ravnaqi uchun intellektual saviyasi keng, axloq-odobli barkamol insonni tarbiyalashga ham o ‘z hissasini qo'shadi.
Download 15.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling