BIRINCHI QISM. TEXNIK TERMODINAMIKA
I – BOB. TEXNIK TERMODINAMIKA ASOSLARI
1-§. FANNING MAQSADI, VAZIFALARI VA ASOSIY TUSHUNCHALAR
Termodinamika - «issiqlik– kuch» degan ma’noni bildiradi. Termodinamika metodlari tabiatning universal qonuni – energiyaning saqlanish qonuniga asoslangan. Termodinamikaning mohiyati termodinamika qonunlarida ochib beriladi.
Fanni o’qitishdan maqsad talabalarda issiqlik mashinalari, qurilmalari va agregatlari yordamida issiqlik energiyasi hosil qilish, uni boshqa turdagi energiyaga aylantirib berish, taqsimlash uzatish usullarini nazariyasi va amaliy tomonlari, yoqilg’ilar yonish nazariyasi haqida fundamental bilimlarni, ularni muayyan sharoitlarga mos holda tanlash usullari bo’yicha yo’nalish profiliga mos bilim, ko’nikma va malakalar shakllantirish.
Fanning vazifasi talabalarga termodinamikaning asoslari– termodinamikaning I va II- qonunlari, issiqlik almashinish jarayonlari, yoqilg’i yonish asoslari, bug’ va gaz turbinalari va jarayonni amalga oshiruvchi mashina va agregatlar tuzilishi, ishlash printsiplarini o’rganishdan iborat.
Ma’lumki, termodinamika issiqlik effektlari bilan sodir bo‘ladigan turli xil jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishini o’rganuvchi, hamda u keng ma’noda energiya va uning xossalari haqidagi fandir.
Termodinamika moddalarning ichki tuzilishini emas, balki ularning turli xossalari orasidagi nisbatlarni o’rganish bilan shug‘ullanadi. Umuman olganda termodinamika quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) Fizikaviy termodinamika;
2) Kimyoviy termodinamika;
3) Texnik termodinamika.
Texnik termodinamika issiqlik va ishni o‘zaro bir – biriga aylanishini o’rga- nuvchi fan bo‘lib, uning asosiy vazifasi issiqlik dvigatellari nazariyasini, ya’ni issiqlik energetikasi qurilmalari nazariyasini asoslab berishdan iborat.
Ma’lumki, issiqlikdan foydalanishning ikki turi bor:
1) Energetikaviy foydalanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |