Issiqlik texnikasi fani uch bo'limdan iborat


Download 0.61 Mb.
bet1/4
Sana07.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1247817
  1   2   3   4
Bog'liq
HABUBAKIR issiqlik kursavoy







Kirish


Issiqlik texnikasi umumtexnik fundamental fanlardan biri bo'lib. texnikada issiqlikni hosil qilish usullarini, issiqlikni energiyaning boshqa turiga aylantirish usul larini, issiqlikni uzatish usullarini va issiqlik ishlatilishini o'rgatadi. Sanoatning metallurgiya, mashinasozlik. tog'-kon ishi va boshqa sohalarida issiqlik berish va uning ajralib chiqishi, issiqlik almashuvi, mashina, qurilmalarda sodir bo'Iadigan issiqlik jarayonlari hamda elektr energiya va issiqlikdan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Issiqlik texnikasi fani yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tarbivalab tayyorlashda asosiy o'rin tutadi. Bu fan talabalarni iimga qiziqtirish, qonunlar texnikada qo'llanilishi, termodinamik jarayonlarni hisoblash, issiqlik kuch qurihnalarining optimal holatlarini aniqlashga tayyorlashda yordam beradi.
Issiqlik texnikasi fani uch bo'limdan iborat:

  1. texnikaviy termodinamika;

  2. issiqlik uzatilishi;

  3. issiqlik energetik qurilmalari.

Termodinamika so'zi grekcha so'zdan olingan bo'lib «termos»— issiqlik.
«dinamikos» — kuch degan m a’noni bildiradi. Texnikaviy termodinamika issiqlik eflektlari bilan sodir bo'Iadigan turli jarayonlarda energiyaning bir turdan ikkinchi turga o'tishi, ya'ni issiqlikning ishga va ishning issiqlikka aylanishini o'rganadigan fan.
Texnikaviy term odinam ika fan sifatida V. Lomonosov (1746-y.) tom onidan energiyaning aylanish va saqlanish qonuni ochilishi tufayli yuzaga kelgan.
Issiqlik apparatlarini loyihalash va qurish uchun uning vazifasini, ishlash uslubini va u yerda bo'Iadigan issiqlik uzatish jarayonlarini bilish kerak. Issiqlik uch xil usulda: issiqlik o'tkazuvchanlik, konveksiya va nurlanish usulida uzatiladi. Har bir texnologik jarayonlarning bajarilishida issiqlik energetik qurilmalari qo'llaniladi.
Issiqlik energetik qurilmalari energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirib beradi. Issiqlik texnikasini o'rganish jarayonida aniq masalalarni hisoblash, ifodalarni keltirib chiqarish va ular orasidagi boglanishlarni aniqlashda matematika fanining o'rni kattadir. Jismlarni, hodisalar va jarayonlarni o'rganishda, tahlil qilishda fizika va kimyo fani buyicha bilimlar talab etiladi. Issiqlik texnikasi fanidan olingan bilimlar faqat fan-texnika taraqqiyoti uchun zarur bo‘libgina qolmay, balki ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish, mustaqil Respublikamiz ravnaqi uchun intellektual saviyasi keng, axloq-odobli barkamol insonni tarbiyalashga ham o ‘z hissasini qo'shadi.
Qonunni ishlab chiqish Prezidentning 2.12.2019 yildagi “Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korхonalarini moliyaviy
sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-4542-son qarorida nazarda tutilgan.
Issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

  • shaharlar va boshqa aholi punktlari issiqlik ta’minoti sхemalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • DXShni rivojlantirish;

  • qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish;

  • zamonaviy issiqlik tarmoqlarini joriy etish uslublari boʻyicha issiqlik energiyasini tashish paytidagi yoʻqotishlarni kamaytirish va boshqalar.

Qonun loyihasi hozirda mavjud boʻlmagan issiqlik ta’minoti sohasida munosabatlarni huquqiy tartibga solishning yagona tizimini yaratishga qaratilgan. Tizim iste’molchilarga sifatli issiqlik ta’minotini ishonchli va tejamkor yetkazib berishni, shuningdek sohadagi faoliyatning investitsiya jozibadorligini ta’minlashi kerak. Buning uchun qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

  • issiqlik ta’minoti sohasidagi har bir ishtirokchining – iste’molchilar, issiqlik ta’minoti tashkilotlari va davlat va mahalliy hokimiyat organlarining huquqlari va majburiyatlari;

  • shartnomalarda belgilangan parametrlar va ishlash rejimlariga qoʻyiladigan talablarga rioya qilish uchun tomonlarning javobgarligi;

  • energiya sotuvchilarga talablar, issiqlik energiyasi va elektr quvvati tanqisligi paydo boʻlishining oldini olish tartibi;

  • issiqlik ta’minoti tizimi barqarorligi, rentabelligini ta’minlash boʻyicha ishtirokchilarning huquqlari va majburiyatlari;

  • iste’molchilar va issiqlik ta’minoti tizimlari manfaatlari uchun issiqlik manbalari va issiqlik tarmoqlarining maqbul ish rejimini joriy etish;

  • koʻp kvartirali uylarga issiqlik yetkazib berish boʻyicha xususiyatlarni inobatga olgan holda issiqlik ta’minoti shartnomasining majburiy yozma shaklini joriy etish;

  • issiqlik ta’minotiga tariflarning tarkibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning shaffofligi;

  • iste’molchilar tomonidan issiqlik energiyasining yoʻqotilishini kamaytirishni ragʻbatlantirish;

  • uzoq muddatli shartnomalar tuzish va issiqlik ta’minoti bozorida barqarorlikka erishishga koʻmaklashuvchi uzoq muddatli tariflarni belgilash.

Qonun loyihasida aytilishicha, iste’molchilar boshqa issiqlik ta’minoti tashkilotlari bilan mustaqil ravishda shartnoma tuzishlari mumkin. Shu bilan birga normani qoldirishdi, unga asosan kollektiv issiqlik ta’minoti tizimida issiqlik energiyasi iste’molchisi хonaning bir qismini issiqlik ta’minoti tizimidan uzib qoʻyishga haqli emas.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling