Paxta, jun kabi to’qimachilik mahsulotlarining ( pilik, lenta, xolst) uzunligi bo’yicha zichlik datchiklari.
Pnevmatik sezgichlar (12-rasm, d , e) paxta materiallaridan havo bosimi o’tishi qonuniga muvofiq ishlaydi.Mahsulot qalinligi ortsa, o’lchov kamerasidagi havo yo’li birmuncha to’silib, o’lchov kamerasidagi bosim ortadi.Paxta qalinligi kamayganda esa o’lchov kamerasidagi bosim kamayadi.
Kondensatorning elektr sig’imi o’zgarishiga asoslangan sezgich 13-rasmda ko’rsatilgan. Bu sezgichlarning o’lchov aniqligiga muhit temperaturasi, material namligi, tola turining o’zgarishi ta’sir qilishi ularning kamchiligi hisoblanadi.
Amalda lenta yoki xolstning elektr qarshiligini o’lchashga asoslangan fotoelektrik radiaktiv sezgichlar ul’tratovush to’lqinlar tezligining o’zgarishiga asoslangan sezgichlar qo’llaniladi.
Lenta qalinligi berilgan qiymptdan ortib ketsa, uni tovush yo’li bilan cho’zib tekislanadi va bu lenta tekislashning asosiy prinsipi hisoblanadi. Shu prinsipda ishlaydigan mehanik sezgichlar avtomatik sistemasining sxemasi 14-rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |