Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblari


Suyuqlik va gazsimon moddalar sarfini bosim farqlari


Download 0.88 Mb.
bet2/22
Sana14.12.2021
Hajmi0.88 Mb.
#181036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblar

1. Suyuqlik va gazsimon moddalar sarfini bosim farqlari

o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar bilan o’lchash
Ishlab chiqarishda hom ashyo va energiya sarfini to’g’ri normalash va ularning amalga oshirilishini doimo kontrol qilib turish ishlab chiqarishning samaradorligini oshiradigan asosiy yo’llardan biri hisoblanadi. Shu tufayli ishlab chiqarish ob’ektlarida (ish agregati, texnologik oqim liniyalari, sex va zavodda) ishlab chiqarish prosesslarining to’g’ri boshqarilishini ta’minlash uchun hom ashyo (suyuqlik va gazsimon moddalar, kislorod, suv, bug’, kimyoviy reaksiyalar komponentlari va boshqalar) miqdorini uzluksiz o’lchab, ularning sarfini hisoblash turish va shuningdek ishlab chiqarish mahsulotlari miqdorini ham o’lchab kontrol qilib turish ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak.

Modda sarfini o’lchash va miqdorini hisoblash usullari ko’p va turlicha.Ularni birinchi navbatda ob’ektning turlariga qarab harakterlash mumkin :

1) truba orqali o’tadigan suyuqlik va gazsimon moddalar miqdorini o’lchash usullari;

2) sochiluvchan moddalar (paxta va chigit) sarfini o’lchash usullari;

3) sanaladigan qattiq jismlar va narsalarni hisoblash usullari.

Ishlab chiqarishda sarf o’lchagichlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:

1. Bosim farqlari o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar;

2. Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar;

3. O’zgaruchan sathli sarf o’lchagichlar;

4. Induksion sarf o’lchagichlar.



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling