Issiqlik va elektr energiya iste’molchilari
Download 158.07 Kb.
|
EET
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlik va elektr energiya iste’molchilari Issiqlik energetikasi
- Elektr energiya sanoati
Issiqlik va elektr energiya iste’molchilari Issiqlik energetikasi Issiqlik energetikasi - issiqlik texnikasi tarmogʻi, issiqlikni, asosan, mexanik va elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan energetika. Issiqlikni mexanik energiyaga aylantirishda asosiy qismi issiqlik dvigatelidan iborat boʻlgan issiqlik qurilmalari qoʻllaniladi. Bu qurilmalarda hosil qilingan mexanik energiya turli xil ish mashinalari (metall kesish stanoklari, konveyerlar va b.) ni yoki elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr mexanik generatorlarni ishga tushiradi. Issiqlikni elektr-mexanik generatorlarsiz ham, yaʼni energiyani toʻgʻridan toʻgʻri aylantirish qurilmalarida , magnito elektrodinamik generatorlar, termoelektr generatorlarda ham elektr energiyasiga aylantirish mumkin. Zamonaviy Issiqlik energetikaning asosi umumiy elektr energiyasi miqdorining koʻp qismini ishlab chiqaruvchi muqim (statsionar) bugʻ turbinali issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi. Magistral gaz quvurlarini energiya bilan taʼminlash va tigʻiz payt (pik) nagruzkalarni qoplash uchun gaz turbinali elektr stansiyalari ishlatiladi. Elektr energiya sanoati Elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni iste'molchilarga uzatish tarmoqlaridan iborat. Ushbu tarmoq mamlakat yoki iqtisodiy rayon miqyosida sanoatni joylashtirishga muhim taʻsir koʻrsatadi. Bu taʻsir ikki yoʻnalishda sodir boʻladi. Birinchi yoʻnalish elektr energiyani katta masofaga uzatishdan iborat. Bu esa mamlakatning barcha xududlarida sanoatni rivojlantirishga imkon beradi. Ikkinchi yoʻnalish moʻl-koʻl va arzon elektr energiyasi ishlab chiqaradigan xududlarda energiyani koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlarini joylashtirishdan iborat. Elektr energiyasini koʻp talab qiladigan sanoat tarmoqlariga titan, alyuminiy, magniy, sintetik tola, sintetik kauchuk, sintetik ammiak ishlab chiqarish kiradi. Bir tonna titan ishlab chiqarish uchun 60 ming kVt/soat, magniy uchun 26 ming kVt/soat, alyuminiy ishlab chiqarish uchun esa 20 ming kVt/soat elektr energiyasi sarf boʻladi. Demak, ishlab chiqarilgan maxsulot tan narxining asosiy qismini energetika harajatlari tashkil qilsa, bunday ishlab chiqarish koʻp energiya talab qiladigan ishlab chiqarish deb ataladi. Elektr energiyasini kamroq talab qiladigan tarmoqlarga qora metallurgiya (elektrometallurgiyadan tashqari), soda va qogʻoz ishlab chiqarish, mashinasozlik, mebel, fanera va toʻqimachilik sanoati kiradi. Elektr energiyasi sanoatini joylashtirishda quyidagi omillar hisobga olinadi: a) yoqilgʻi va gidroenergetika resurslari; b) ishlab chiqarishdagi va elektr energiyani uzatishdagi texnika taraqqiyoti; v) isteʻmolchining joylashishi. Download 158.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling