Issiqxona ko`sak qurtiga qarshi brakon entomofoglarini qo`llash
Download 454.51 Kb.
|
Issiqxona ko`sak qurtiga qarshi brakon entomofoglarini qo`llash
Nihoyat, O‘rta Osiyoning barcha sug‘oriladigan tumanlarida ko‘sak qurti no‘xat, pomidor, tamaki va makkajo‘xori ekinlariga har yili anchagina zarar yetkazishi qayd qilingan. Ko‘sak qurti O‘rta Osiyo, Kavkaz, Kavkazorti, Yevropaning janubiy yarmi, Xitoy va Hindi-Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrika, Shimoliy Amerikaning janubiy yarmi, Janubiy Amerika va Avstraliyaning sharqiy qismida uchraydi.
Ko‘sak qurti kapalagining uzunligi 12–18 mm, qanotlari yozilganda qulochi 3–4 sm keladi. Oldingi qanotlari sarg‘ishkulrang tusda bo‘lib, ba’zan qizg‘ish-qo‘ng‘ir yoki pushti, yoxud ko‘kish rangda tovlanib turadi. Oldingi qanotlarida qoramtir rangli yoyiq naqsh bor, oldingi qanotlarining uchidan ichkariroqda unchalik ko‘zga tashlanib turmaydigan belbog‘cha va qanotlarining o‘rtasida ikkita dog‘ bor. Bu dog‘lardan biri to‘q kulrang, buyrak ko‘rinishida, ikkinchisi kichikroq, kulrang tusda, yumaloq shaklda va markazi qoramtir rangda bo‘ladi. Keyingi qanotlarining rangi oldingilariga nisbatan ochroq, ularning uch tomonidagi bir qismi qoramtirroq bo‘ladi. Keyingi qanotlarining o‘rtasida bitta qoramtir nishona bor.
Download 454.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling