Issiqxona mikroiqlimini avtomatik boshqarish loyihasini ishlab chiqish
Download 0.57 Mb.
|
Issiqxona mikroiqlimini avtomatik boshqarish loyihasini ishlab chiqish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish. Mavzuning dolzarbligi.
Issiqxona mikroiqlimini avtomatik boshqarish loyihasini ishlab chiqish Mundarija: Kirish. Birinchi bob 1.1.Issiqxona mikroiqlimini avtomatik boshqarish loyihasining ahamiyati va oʻrni 1.2.Issiqxona mikroiqlimini avtomatik boshqarish loyihasini ishlab chiqishning hozirgi vaziyatdagi holati va tahlili Ikkinchi bob 2.1.Issiqxona mikroiqlimini avtomatik boshqarish loyihasini ishlab chiqishning nazariy asoslari 2.2.Issiqxona mikroiqlimini avtomatik boshqarish loyihasini ishlab chiqishning tamoyillari va loyihasi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati Kirish. Mavzuning dolzarbligi. O’tgan asrning 60- yillari oxiri 70-yillari boshlarida O’zbеkistonda oynavand issiqxonalarni qurish jadal sur'atlarda olib borildi. Ularning na’munaviy loyihalari o’zgardi va konstruktsiyalari takomillashtirildi. Shu sababli rеspublikamizda turli loyihalar asosida qurilgan issiqxonalarni uchratish mumkin. Ayrim xo’jaliklarda 60-yillar oxiri, 70-yillar boshlanishida 810-78 raqamli na’munaviy loyiha asosida maydoni 3 ga bo’lgan angar issiqxonalaridan bloki qurilgan. Blokka har birining maydoni 3000 m bo’lgan angar tipidagi 9 issiqxonalar kirib va maydoni 1500 m bo’lgan ko’chat yеtishtirishga mo’ljallangan ikkita issiqxona, xo’jalik va yordamchi binolar, kеngligi 6 m bo’lgan yo’lak bilan blokka biriktirilgan. 1Xozirgi davrda gidroponika va plyonkali issiqxonalar maydoni yil sayin kеngayib bormoqda. Dala bog’lari va tomorqa uchastkasi egalari o’z uylari oldiga isitiladigan plyonkali issiqxonalar qurib, kuzqish-baxor faslida u yеrlarda sabzavot yеtishtirmoqdalar. Janubiy Korеya firmasi va frantsuzlarning "Rеshal" firmalari ustiga ikki va uch qavat yopqich yopiladigan katta o’lchamli plyonkali issiqxonalarni olib kеlmoqdalar. Bu issiqxonalarda zaruriyat bo’lganda kalorifеr yordamida isitish usuli qo’llaniladi. Ammo ushbu texnologiyalarning iqtisodiy ko’rsatkichlari, kapital xarajatlar va ekspluatatsiyasi jihatdan qimmatliligi bizning sharoitlarimizga to’g’ri kelmasligi asosiy to’siqlardan biri hisoblanadi. Yuqoridagilarni hisobga olgan xolda ushbu malakaviy bitiruv ishida issiqxonalarda xozirgi kunda rivojlanib kеlayotgan tomchilatib sug’orish tizimini qo’llab mineral o’g’itlar konsentratsiyasini va mikroiqlim ko’rsatkichlarini avtomatik boshqarish tizimini ishlab chiqish masalalarini ko’rib chiqish vazifalari qo’yildi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling