Issiqxona xo'jaliklarini tashkil qilish va yuritish” fanining predmeti, vazifalari va uslubi. Fanning predmeti


Download 16.24 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi16.24 Kb.
#1250240
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy. predmeti, vazifalari va uslubi.


1- Amaliy mashg’ulot. Fanni o’qitishdan maqsad. Issiqxonalarda sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishning hozirgi holati, istiqbollari hamda muammolari.
«Issiqxona xo'jaliklarini tashkil qilish va yuritish” fanining predmeti, vazifalari va uslubi.
Fanning predmeti. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi inson faoliyatining, pirovardda farovon va mazmunli hayot kechirishining obyektiv shartlaridan biridir. Shuning uchun qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish jahondagi barcha mamlakatlarda beqiyos ahamiyatga egadir. Qishloq xo'jaligi bir-biridan tabiiy omillar, ishlab chiqarishtexnologiyasi, zaruriy mashinalar majmuasi, mehnat va ish jarayoninitashkil etish bilan farqlanadigan qator tarmoqlardan iborat. Shuninguchun ishlab chiqarishni tashkil etishda turli fanlarning ilmiy-uslubiyasoslarini hisobga olish zarur.
Issiqxona xo'jaliklarini tashkil qilish va yuritish” fani bugungi kunda iqtisodiyotga oid boshqa fanlar bilan mustahkam aloqadagimustaqil fan darajasiga ko'tarildi.Qishloq xo'jaligining o'ziga xos jihatlaridan kelib chiqib, «Issiqxona xo'jaliklarini tashkil qilish va yuritish» faniga quyidagicha ta'rifberish mumkin.
Issiqxona xo'jaliklarini tashkil etish fani bu - issiqxona xo'jaligikorxonalari va agrosanoat tizimining boshqa sohasidagi tashkilotlarbilan o'zaro munosabatida samarali faoliyat ko'rsatish qonuniyatlari,tamoyi11arini, xo'jalikni yuritish tizimini oqilona tashkil etish va joriyetish qonuniyatlari hamda qoidalarini ochib beradigan, ilmiy asoslaydigan fandir.Demak, issiqxona xo'jaliklarini tashkil qilish va yuritish faniningpredmeti - bu issiqxona xo'jaligi korxonalarida ishlab chiqarishniilg'or tajribalar va ilmiy asosda tashkil etish masalalaridan iboratdir.
Issiqxona xo'jaliklarini tashkil qilish va yuritish fanining vazifalari - issiqxona xo'jaligiga doir tadqiqotlar, tajribalarni umumlashtirish asosida, mavjud qonuniyatlar va tamoyillarga muvofiq issiqxona xo'jaligi korxonalarining oqilona, eng samarali va maqbul tuzilishi bo'yicha i1miy qoidalar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdaniboratdir. Mamlakatda issiqxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etishningasosiy funksional vazifalari quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- issiqxona xo’jaligida ishlab chiqarish hajmlarini aniqlash, tashkiliyva ishlab chiqarish tizimlarini i1miy asoslash, issiqxona xo’jaligi ishlab chiqarishida foydalaniladigan yer maydonlarini tashkillashtirish,qanday ekinlar ekish maqbulligini aniqlash, mehnat va moddiy resurslami shakllantirish;
- issiqxona xo'jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni samaralitashkil qilish bo'yicha ilmiy asoslangan Yo'nalishlar va amaliy tadbirlarni tashkil etish;
- issiqxonalar faoliyati uchun bozor iqtisodiyoti sharoitlarida istiqbolli modellarni ishlab chiqish. Bu modellarning samaradorligimezonlari sifatida ishlab chiqarish hajmlarining o'sishi, xarajatlarningtejalishi, ijtimoiy sharoitlarning yaxshilanishini qarash mumkin;
- mavjud foydalaniladigan issiqxonalar maydonlari, suv resurslari, asosiy va aylanma vositalar, ishchi kuchi ishlab chiqarishning istiqboliga muvofiq kelishi, ishlab chiqarish kuchlarining o'sishi ishlab chiqarishning o'sishiga imkon yaratishi, resurslaming har bir turidan samarali foydalanish.
Ishlab chiqarish vositalarini shakllantirish va ulardan foydalanishda fanning dastlabki vazifasi ishlab chiqarishda asosiy va aylanmavositalar, texnologik tizim va jihozlar, texnik ta'minotni takomillashtirish, texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash, saqlash, bozor sharoitlarida fond ta'minotining shakl va usullarini tanlash bo'yicha ilmiyasoslangan tavsiyalar berish va tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.Mehnat resurslaridan oqilona foydalanish muammosi ularningshakllanish omillarini o'rganish, korxonaning ishlab chiqarish xo'jalikfaoliyatida bu resurslardan yuksak darajada foydalanishini ta'minlaydigan sharoitlarni tadqiq qilish ham bu fanning o'rganish doirasiga kiradi.Bu muammolar ishchi kuchidan foydalanishda mavsumiylikningmavjudligi, mehnatni va ish jarayonlarini tashkil qilishda issiqxonalarni shakllantirish ishlovchilarning yuksak samarali mehnatga moyilliginiqondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 16.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling