Issiqxona xo'jaliklarini tashkil qilish va yuritish” fanining predmeti, vazifalari va uslubi. Fanning predmeti


Download 16.24 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi16.24 Kb.
#1250240
1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy. predmeti, vazifalari va uslubi.

Fanning uslubi. Fan uslubi deyilganda, tadqiqot predmetinio'rganish yo'llarining majmuasi tushuniladi. Agar uslub, ya'ni usulvoqelikning obyektiv qonuniyatlarini ifodalasa, amaliyotga asoslansa,o'z obyektini uzluksiz davomiylikda o'rgansa va tajribalarni umumlashtirib borsa, u ilmiy hisoblanadi. Tadqiqotlarning eng muhim uslubi jarayonlarni o'zaro aloqadorIik va bog'liqlikda, qarama-qarshiliklar kurashi birligi orqali doimiytaraqqiyotda, miqdor o'zgarishlarining sifat o'zgarishlariga o'tishni o'rganadigan uslubi dialektik uslub hisoblanadi.IImiy bilish izchil bir necha bosqichlarni bosib o'tadi.
Bu bosqichlar:
masalaning qo'yilishi, ya'ni tadqiqot obyektini aniqlash, dalillarni to'plash, ularga baho berish va nazariy umumlashtirish, ilmiyg'oyalarni ilgari surish, gipotezalarni aniqlash, undan ilmiy asoslangan mulohazalarni saralash, qonuniyatlarni belgilash;
ilmiy xulosalarni amaliyotda sinab ko'rish;
qonuniyatlarni shakllantirish, ya'nibarqaror sabab oqibat aloqalarini belgilash;
nazariy asoslarni yaratishdan iborat. Tadqiqotlarda asosan ikki usuldan foydalanish mumkin bo'lib, ularbiri birisiz mavjud bo'lmaydi.
Induksiya usuli. Bunda alohida bir xii faktlardan umumlashtirishga, juz'iydan umumiy xulosalar chiqarishga tayaniladi.
Deduksiya usuli. Umumiy qoidalar va qonuniyatlardan kelib chiqib, nisbatan juz'iy xulosalar chiqariladi.
lssiqxona xo'jaliklarini tashkil qilish va yuritish» fani iqtisodiytadqiqotlarning majmua uslublaridan foydalanadi. Ular orasida quyidagi uslublar, ayniqsa keng qo’llaniladi.
Tahlil qilish- hodisaning har bir qismini alohida batafsil o'rganish,ular orasidagi bog'lanishlarni tadqiq qilish maqsadida ularni tarkibiyqismlarga ajratishdir. Tahlil qilish i1miy bilishning eng asosiy va ko'ptarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi ishlabchiqarish tarmog'idagi chuqur jarayonlarni va xususiyatlarni ko'rsatibberishdan iboratdir. Tahlil qilishning asosiy usuli - issiqxona xo'jaligining bir nechayil davomidagi ko'rsatkichlarini, issiqxonaning va teng tabiiy iqtisodiy sharoitlarda eng yaxshi natijalarga erishgan ilg'or xo'jaliklarninghisobot va ularning reja ma'lumotlarini dinamik ravishda taqqoslashdir. Ayrim omillar o'rtasidagi bog'lanishni va ularning o'zaro aloqalarini, muhim masalalami belgiJash zarur bo'lib, ularning hal qilinishi umuman muammo yechimini topishning muvaffaqiyatini oldindananiqlab beradi. Issiqxonaning faoJiyatini tahlil qilishda yillik va chorak hisobotlar, yig'ma hisobotlarga oid ma'lumotlar boshlang'ichma'lumotlar hisoblanadi. Tahlil qilish ishlab chiqarishning kamchiliklarini ochish, xo'jalikning moJiyaviy faoJiyatini yaxshilashning asosiyyo'lIarini belgilash imkonini beradi.

Download 16.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling