Исследование работы кирпичного заполнения в зданиях с монолитным железобетонным каркасом, Азамжонов А, Абобакирова З, 618
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
GK va K Konferensiya 2022 2-TOM (3)
Anotatsiya: Maqolada farg‘ona shahrida joylashgan turli xajmiy-reja va konstruktiv yechimli maktabgacha ta‘lim muassasalari binolari joylashgan qurilish maydonlarining guruntlarining fizik- mexanik xususiyatlarini instrumental-hisoblash uslublari bilan tadqiq qilingan. Kalit so„zlar: dinamik, dinamik xarakteristika, seysmik, mobil muhandislik seysmometrik stansiya, xajmiy-reja, konstruktiv, seysmometr, mikroseysmik, bo‗ylama tebranish, ko‗ndalang tebranish, kuchaytirgich, tebranish davri, tebranish chastotasi, so‗nish koeffisiyenti, so‗nish logarifmik dekrementi Instumental - hisoblash uslubi. Instumental - hisoblash uslubi. Qurilish maydonlari gruntlarini fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlashning turli uslublari mavjud, muhandis -geologiya izlanishlar olib borish va hudud 707 qatlamlarini tarkibini o‗rganish, gruntlarni nusxalarini laboratoriya sharoitida fizik- mexanik hususiyatlarini, granulimetrik tarkibini aniqlash, akustik uslublar yordamida tadqiq qilish va b.lar. Ushbu keltirilganlardan farqliroq 53-son, 45-son va 4-son bolalar bog‗chalarining qurilish maydonlarini fizik-mexanik hususiyatlarini o‗rganishda Mobil muhandislik stansiyasidan foydalanildi. Ushbu paragrafda maydonlar gruntlarining xususiyatlarini o‗rganish uchun ishlatilgan uslubiyot va olingan instrumental-hisoblash natijalari hamda ularni tahlili keltirilgan. Ma‘lumki [1], gruntlarni elastiklik hususiyatlarini hisoblash yo‗li bilan aniqlash uchun gruntlarda bo‗ylama va ko‗ndalang to‗lqinlarni tarqalish tezliklari hamda gruntlarni tabiiy zichligi haqidagi ma‘lumotlar kerak bo‗ladi. Gruntlarda to‗lqinlarni tarqalish tezliklari va ularni tabiiy zichligini qurilish maydonlarida tabiiy sharoitda o‗tkazilgan instumental uslublar yordamida hamda laboratoriya sharoitida gruntlar nushalarini tadqiq qilish uslublari bilan aniqlash mumkin. Tabiiy sharoitda seysmometriya uslubi yordamida instrumental o‗lchashlar yo‗li bilan gruntlarda bo‗ylama va ko‗ndalang to‗lqinlarni tarqalish tezliklarini aniqlash uchun qurilish maydonida bir- biriga nisbatan ma‘lum bir masofada seysmik datchiklar o‗rnatiladi va o‗lchov nuqtalari shakllantiriladi. Ushbu o‗lchov nuqtalarida (O‗N) o‗rnatilgan seysmik datchiklar bir tipda va bir xil xarakteristikali bo‗lishlari kerak. Qurilish maydonida to‗lqinlar tarqalishi uchun birinchi o‗lchov nuqtasidan ma‘lum bir masofada ta‘sir kuchini hosil qilish kerak, misol uchun gruntga bosqon bilan urish, ma‘lum bir balanlikdan yuk tashlab yuborish, kichik quvvatli portlashlar tashkil qilish va h.o.lar. Ta‘sir kuchi hosil qilinganda qurilish maydonida turli o‗lchash nuqtalarida (O‗N1, O‗N2, O‗N3) o‗rnatilgan seysmodatchiklar ketma-ketlikda Mobil muhandislik stansiya yordamida bo‗ylama va ko‗ndalang to‗lqinlarning frontlarini kelish vaqtlari (t 1r , t 2r , t 3r ) va (t 1s , t 2s , t 3s ) qayd qilinadi. Mobil muhandislik stansiya yordamida qayd qilingan yozuvlardan o‗lchash nuqtalardagi to‗lqinlar frontlarini kelish vaqti farqidan (Δt=Δt i+1 - Δt i ) o‗lchash nuqtalari orasidagi masofani hisobga olgan holda bo‗ylama va ko‗ndalang to‗lqinlar tarqalish tezliklari aniqlanadi. So‗ngra to‗lqinlar tarqalish tezliklari yordamida hisoblash yo‗li bilan qurilish maydonining gruntini boshqa xarakteristikalari aniqlanadi. Quyidagi formula yordamida qurilish maydonidagi o‗lchash nuqtalari bo‗ylab to‗lqinlar frontini kelish vaqtidagi farqni hisobga olib, bo‗ylama va ko‗ndalang to‗lqinlarni tarqalish tezliklari aniqlaniladi: S r = L/ t p , S s = L/ t s . (1.1) 708 Bu yerda: S r i S s – bo‗ylama va ko‗ndalang to‗lqinlar tarqalish tezligi; L – o‗lchash nuqtalari orasidagi masofa; t p va t s – bo‗ylama va ko‗ndalang to‗lqinlar frontlari kelish vaqti. Tabiiy sharoitda o‗tkazilgan eksperimental tadqiqotlar asosida bo‗ylama va ko‗ndalang to‗lqinlar tezliklari, shuningdek gruntlar tebranishlarining so‗nish dekrementlari (α) va rezonans chastotalari (ω 0 ) aniqlaniladi. Instrumental tadqiqotlar natijalari asosida quyidagi formulalar [1] yordamida qurilish maydonining gruntini fizik-mexanik xususiyatlari hisoblaniladi: ), ( 2 / ) 2 ( = 2 2 2 2 s р s р C C C C (1.2) ), ( 2 / ) 4 3 ( 2 2 2 2 2 s р s р s г C C g C C C E (1.3) g С s сд / 2 , (1.4) , / ) 3 4 ( 2 2 g C C K s р (1.5) , / ) 2 ( 2 2 g C C s р . / g C G p г (1.6) Keltirilgan (1.2)- (1.6) formulalarda quyidagi belgilashlar ishlatilgan: g – og‗irlik kuchini tezlanishi; γ = 1,8 t/m 3 – gruntni xajmiy og‗irligi; – Puasson koeffisiyenti; Ye g – deformasiya moduli; σ sd – siljish moduli; K – xajmiy siqilish moduli; λ – Lame konstantasi; G g – akustik bikirlik. Qurilish maydonlarining gruntlarini xususiyatlari. Tabiiy sharoitda o‗tkazilgan eksperimental tadqiqotlari asosida umumta‘lim maktablarining qurilish maydonlari gruntlarini fizik-mexanik hususiyatlari aniqlandi. 1.1-rasmdagi sur‘atda 53-son MTM qurilish maydonida gruntga bosqon bilan urish natijasida hosil bo‗lgan tebranishlarini qayd qilish jarayoni ko‗rsatilgan. Grunt tebranishlarini qayd qilish vaqtida seysmik datchiklar 10 m oraliqda joylashtirildi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling